Mikroorganizmlar fiziologiyasi



Yüklə 25,6 Kb.
səhifə7/12
tarix14.03.2022
ölçüsü25,6 Kb.
#53735
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Mikroorganizmlar fiziologiyasi-fayllar.org

metil gruppa bor.

Bundan tashqari, bakterioxlorofill molekulasida ikki atom vodorod ortiqcha, nurlarning yutilish maksimumi yashil va

qirmizi rang bakteriyalarda 800—890 nm oralig`ida. Qirmizi bakteriyalarning karotinoidlari 400—600 nm orasidagi nurni yutib, uni bakterioxlorofillga o`tkazadi. Ulardagi xlorofill granalarda joylashadi va faqat elektron mikroskopda ko`rinadi.

Bir hujayrali suvo`tlar kulturasi. Bir hujayrali suvo`tlardan Chlorella avlodiga mansub Chl. ellipsoidea, Chl. vulgaris.



Chl. pyrenoides va boshqa bir hujayrali suvo`tlardan diatom va ko`k yashil suvo`tlar keyingi vaqtlarda ko`p miqdorda Yaponiyada o`stirilmokda. Ular hosil qilgan biomassada ko`p miqdorda oqsil, yog`lar va vitaminlar uchraydi, shuning uchun ular

hayvonlar uchun foydali oziq sifatida o`stiriladi. Masalan, xlorella yorug`lik energiyasini 24% o`zlashtirib, 1m2 yuzada 1 kunda 70 g quruq modda hosil qiladi. 1 gektardan 700 kg dan, Amerika Kushma Shtatlarida 1m2 da 110 kg dan hosil olingan. O`zbekiston Fanlar akademiyasi mikrobiologiya institutining olimlari 1 gektar suv yuzasidan 30 tonnaga yaqin quruq xlorella olishga muvaffaq buldilar.

Xlorella hosil qiladigan biomassada 50% oqsil va ko`p miqdorda S vitamin bo`ladi. Quritilganida esa vitamin miqdori kamaydi. Xlorelladan olingan oqsil tarkibida juda oz miqdorda bo`lsa ham metionin aminokislotasi uchraydi, 5—6% yog bo`ladi. Agar o`stirish sharoiti o`zgartirilsa, unda yog miqdori ortishi mumkin, oziq muhitida azot kam bo`lsa, xlorella sekin o`sadi, oqsil miqdori kamayadi, yog miqdori esa ko`payadi.

Tajribalarning birida Chl. pyrenoides normal usulda oziqlantirilganda, biomassada 88,2% oqsil va 5,2% yog hosil bo`lgan. Azot yetishmaganda 7,3% oqsil va 83,2% yog hosil bo`lgan. Xlorella mahsus ochiq yoki yopiqsistemalarda CO2 bilan boyitilgan

havoda va oziq tuzlari yetarli bo`lgan sharoitda o`stiriladi. Azot manbai sifatida KNO3 yoki (NH4)2SO4 to`zi beriladi. Ayniqsa mochevina yaxshi o`g`it hisoblanadi. Xlorella o`stirilayotgan hovuzlarda temir tuzlari chukmaga o`tib qolmasligi va xlorella hujayralarida fotosintez jarayoni yaxshi borishi uchun, hovuzlardagi suyuqlik muntazam ravishda aralashtirib turiladi. Xlorella kosmik kemalarda o`stirilsa, kosmonavtlarni kislorod bilan muntazam ta`minlab turadi.


Yüklə 25,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin