Mikroorganizmlar fiziologiyasi


Mikroorganizmlarning azot bilan oziqlanishi



Yüklə 25,6 Kb.
səhifə6/12
tarix14.03.2022
ölçüsü25,6 Kb.
#53735
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Mikroorganizmlar fiziologiyasi-fayllar.org

Mikroorganizmlarning azot bilan oziqlanishi

Azot elementiga munosabatiga ko`ra, mikroorganizmlar turli gruppalarga bo`linadi. Ba`zilari oqsil va peptonlarni o`zlashtirsa, boshqalari nitratlarni, uchinchilari ammiakni, turtinchilari atmosfera azotini o`zlashtiradi.

Oqsil va peptonlar proteoliz (parchalanish) va dezaminlanishdan so`ng o`zlashtirilsa, aminokislotalarning tuliq aralashmasi

bevosita parchalanadi, ba`zi vakillari nitratlarni, ko`pchiligi ammiakni o`zlashtiradi.

Patogen mikroorganizmlarni ham aminokislotalarda o`stirish mumkin. Hayvonlar singari bakteriyalar ham o`zi sintez qila

olmaydigan aminokislotalarni talab qiladi, lekin hayvonlarning ko`pchiligi 8—10 ta aminokislota talab qilsa, bakteriyalarning ayrimlari 2—3 ta, ba`zilari esa 17 taga yaqin aminokislotani talab qiladi. Ayniqsa patogen, sut kislota hosil qiluvchi va chirituvchi bakteriyalar uchun aminokislotalar nihoyatda zarur. Zamburug`lar , turushlar va aktinomitsetlar ozig`ida aminokislotalar bo`lsa, ular tez o`sadi, mabodo, aminokislotalar bo`lmasa, ularni o`zi sintezlay oladi.

N.D.Ierusalimskiy (1963) aminokislota sintezlovchilarni aminoavtotroflar, sintezlay olmaydiganlarni aminogeterotroflar deb atagan. Mikroorganizmlar uchun zarur bo`lgan aminokislotalar ro`yhatini aminogramma deb ta`riflagan.

Mikroorganizmlarning normal o`sishi uchun V vitaminlar gruppasiga kiradigan va suvda eriydigan moddalar zarur. Ba`zilari, nuklein kislotalar yoki fermentlar tarkibiga kiradigan komponentlardir. Ba`zi mikroorganizmlar o`zi vitamin

sintezlaydi, ularni Shopfer (1938) auksotroflar deb atagan. Geteroauksotroflar vitamin sintezlay olmaydi.

Bakteriyalarning uglevodorodlarni o`zlashtirishi. V.O.Tauson 1925 yildan boshlab to 1935 yilgacha uglevodorodlarni oksidlovchi bakteriyalar va zamburug`lar ustida ish olib boradi va ularni ikki gruppaga: aeroblar va anaeroblarga ajratadi. U parafinlarning Asp. flavus tomonidan parchalanishini va oraliq mahsulot — murakkab efirlar hosil bo`lishini kuzatgan.

Keyinchalik u ochiq zanjirli uglevodorodlarni oksidlovchi formalarni ham topgan. Toluol, benzol, ksilolni parchalovchi

turlarni aniqlagan. Ba`zilari faqat toluolni parchalasa, boshqalari 2 xalqali (definil, naftalinni), uchinchilari uch xalqali (fenantren va antratsen) uglevodorodlarni parchalaydi. Tauson neft, terpinlar va smolalarning oksidlanishini ham aniqlagan. Uning bu ishlari geterotrof mikroorganizmlarda moddalar almashinuvi jarayoni nihoyatda xilma-xil ekanligini kursatadi.

Yashil va qirmizi rang bakteriyalarda fotosintez. Barcha yashil o`simliklarning eng muhim hususiyatlaridan biri quyosh nurlari yordamida СO2 va Н2O dan organik modda hosil qilish, ya`ni fotosintez jarayonidir. Uni tubandagi tenglama bilan

ifodalash mumkin:

6СО2 + 6Н2О → С6Н12О6 + 6О2

Fotosintez jarayonida yorug`lik energiyasi yutiladi va organik moddada tuplanadi, atrofga esa kislorod ajralib chiqadi.

Tuban organizmlardan ko`k-yashil va bir hujayrali yashil suvo`tlarda ham fotosintez jarayoni boradi, Ayniqsa xlorella

muhim ahamiyatga ega. Yuksak o`simliklardan farq qilib, yashil bakteriyalar (Chlorobium, Pelodictyon), ko`k-yashil suvo`tlar xlorofillni qorong`ida hosil qiladi. Rus olimi Artari (1899, 1913) aniqlashicha, ko`pchilik yashil suvo`tlar va lishayniklar tanasidan ajratib olingan suvo`tlar agar-agarda yaxshi o`sadi (ya`ni oziqda glyukoza, pepton, mineral tuzlar bo`lganda). Bu esa V.N.Lyubimenko va A.I.Oparinning fikrini tasdiqlaydi, ya`ni ular geterotrof oziqlanish avtotrofdan oldin kelib chiqadi deganlar. Yashil bakteriyalar va yuksak o`simliklardagi xlorofill, turli nurni yutadi. Yuksak o`simliklardagi xlorofill qizil va ko`k-binafsha nurni yutsa, bakteriyalardagi xlorofill olti xil rangli nurni yutadi.

Qirmizi rang bakteriyalardagi xlorofill o`simliklardagi «a» xlorofilldan farq qiladi, o`simlik xlorofilidagi birinchi pirol xalqada vinil gruppa, ya`ni СН2 bo`lsa, bakterioxlorofillda СН2, ya`ni


Yüklə 25,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin