Microsoft Word quran uz abd mansur ziyouz com doc



Yüklə 1,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə574/743
tarix26.03.2023
ölçüsü1,61 Mb.
#90069
1   ...   570   571   572   573   574   575   576   577   ...   743
Qur\'oni karim ma\'nolari tarjimasi. Abdulaziz Mansur

kelgan edi.
 
18. (U ularga degan edi): "Sizlar menga Allohning bandalarini (Isroil qavmini) topshiringlar! Albatta, 
men sizlar uchun ishonchli payg'ambardirman.  
19. Allohga kibr qilmanglar! Men sizlarga (payg'ambar ekanimga) aniq hujjat (mo''jiza) keltirurman.
 
20. Men Rabbim va Rabbingizdan meni toshbo'ron qilishlaringizdan panoh so'radim.
 
21. Agar menga imon keltirmasangizlar, u holda mendan chetlaningizlar!" 
 
22. Bas, u Parvardigoriga: "Ular jinoyatchi qavmdir", - deb duo qildi.
 
23. Bas, (Musoga vahiy bo'ldiki:) "Bandalarim (Isroil avlodi) bilan birga tunda yo'lga chiqqin! Albatta, 
sizlarning izingizga tushilur.
 
24. Dengizni sokin qo'yavergin. Ular g'arq qilinuvchi qo'shindir".
 
25-26. Ular qanchadan-qancha bog'larni, chashmalarni, ekinzorlarni va so'lim joylarni qoldirib (g'arq 
bo'lib) ketdilar.
 
27. Yana (qanchadan-qancha) o'zlari bahramand bo'lgan ne'matlarni (qoldirib ketdilar).
 
28. Mana shunday. Biz u (ne'matlar)ni boshqa qavmga meros qilib berdik.
 
29. Bas, ularga osmon ham, Yer ham (aza tutib) "yig'lagani" yo'q va ularga (tavba qilish uchun) muhlat 
ham berilmadi.
 
30. Darhaqiqat, Biz Isroil avlodiga xor qiluvchi azobdan najot berdik, 
 
31. Fir'avndan. U, haqiqatan, mutakabbir va haddan oshuvchilardan edi.
 
32. Darhaqiqat, Biz ularni (Isroil avlodini) bilgan holimizda olamlar (odamlar)dan tanlagan edik.
 
33. Yana ularga mo''jizalardan zimnida aniq sinov borlarini ato etdik.
 
34. Albatta, ana ular aytadilar: 
 
35. "O'lim faqat birinchi o'limimizdir va bizlar qayta tiriluvchi emasmiz.

Yüklə 1,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   570   571   572   573   574   575   576   577   ...   743




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin