Microsoft Word quran uz abd mansur ziyouz com doc


Qachonki, Iso hujjatlarni keltirgach, dedi: "Mana men sizlarga Hikmat (Injil) bilan, sizlarga



Yüklə 1,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə570/743
tarix26.03.2023
ölçüsü1,61 Mb.
#90069
1   ...   566   567   568   569   570   571   572   573   ...   743
Qur\'oni karim ma\'nolari tarjimasi. Abdulaziz Mansur

 
63. Qachonki, Iso hujjatlarni keltirgach, dedi: "Mana men sizlarga Hikmat (Injil) bilan, sizlarga 
o'zlaringiz ixtilof qilayotgan ayrim narsalarni bayon qilib berish uchun keldim. Bas, Allohdan qo'rqingiz 
va menga itoat etingiz! 
 
64. Albatta, Allohning O'zi Rabbim va Rabbingizdir, bas, Unga ibodat qilingiz! Mana shu To'g'ri 
yo'ldir".
 
65. So'ngra (nasroniylar ichidan chiqqan) firqalar (Iso xususida) o'zaro ixtilof qildilar. Bas, (u) 
zolimlarga alamli kun (qiyomat) azobi - halokat bo'lgay! 
 
66. Ular faqat o'zlari sezmagan hollarida Qiyomat to'satdan kelib qolishini kutmoqdalar, xolos.


Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
336
 
67. U kunda taqvolilardan o'zga do'stlar bir-birlariga dushmandirlar.
 
68. (U kunda taqvolilarga aytilur:) "Ey, bandalarim, bu Kunda sizlarga xavf yo'qdir va sizlar aslo g'am 
chekmaysizlar.
 
69. (Sizlar) oyatlarimizga imon keltirgan va musulmon bo'lgansizlar.
 
70. Xotinlaringiz bilan birga mamnunlik hollaringizda jannatga kiringiz!" 
 
71. Ularga oltin laganlar(da taomlar) va qadahlar(da sharoblar) aylantirilur. U joyda ko'ngillar 
tilaydigan va ko'zlar lazzatlanadigan (barcha) narsa bordir. Sizlar u joyda mangu qolursizlar.
 
72. Qilib o'tgan amallaringiz bilan sizlarga meros qilib berilgan jannat mana shudir.
 
73. Sizlar uchun u joyda ko'plab meva(lar) bo'lib, sizlar ulardan yegaysizlar.  
74. Albatta, jinoyatchilar (kofirlar) jahannam azobida mangu qoluvchidirlar.
 
75. Ulardan (azob) yengillatilmas va ular unda butunlay noumiddirlar.

Yüklə 1,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   566   567   568   569   570   571   572   573   ...   743




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin