yetguncha hayotdan) bahramand etdik. 149. Endi, (ey, Muhammad, Makka kofirlaridan) so'rang-chi, qizlar (farishtalar) Parvardigoringizniki- yu, o'g'illar ularnikimi?! 150. Yoki Biz farishtalarni ularning guvohliklarida qiz qilib yaratibmizmi?! 151. Ogoh bo'lingizkim, ular yolg'onchiliklari tufayli aytadilar: 152. "Alloh farzandli". Ular, albatta, yolg'onchidirlar! 153. (Alloh) o'g'illarni qo'yib, qizlarni tanlagan emishmi?! 154. (Ey, Makka ahli,) sizlarga nima bo'ldi?! Qanday (nohaq hukm chiqarmoqdasizlar-a?! 155. Axir eslatma olmaysizlarmi?! 156. Yoki sizlar uchun (Allohning farzandi haqida) biror aniq hujjat bormi?! 157. Bas, agar rostgo'y bo'lsangizlar, kitobingizni keltiringlar-chi?! 158. (Mushriklar) U bilan jinlar (farishtalar) o'rtasida nasab (ota-bolalik bor, deb gumon) qildilar. Holbuki, jinlar (farishtalar) ularning Alloh azobiga hozir qilinuvchi ekanlarini bilganlar. 159. Alloh ularning ("farzandi bor", deb) sifatlashlaridan pokdir.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
306
160. Illo, Allohning ixlosli bandalarigina (Allohni to'g'ri sifatlaydilar). 161. (Ey, Makka ahli,) shak-shubha yo'qki, sizlar ham, sig'inayotgan butlaringiz ham 162. (Alloh)ga qarshi fitnaga soluvchi (alday oluvchi) emasdirsizlar, 163. illo, Allohning taqdirida do'zaxga kiruvchi bo'lgan kimsalarnigina (alday olursizlar). 164. (Farishtalar dedilar): "Bizlarning har birimiz uchun (osmonlarda) aniqki, ma'lum bir maqom