Microsoft Word ihyo ulimdan sung ziyouz com doc


«(Alloh) aytdi: «(Jahannamda) xor bo‘lingiz va Menga so‘z qotmangiz!»



Yüklə 256,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/54
tarix27.04.2023
ölçüsü256,61 Kb.
#103860
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   54
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. O\'limdan keyin...

«(Alloh) aytdi: «(Jahannamda) xor bo‘lingiz va Menga so‘z qotmangiz!» 
(Mo‘minlar, 108-oyat). 
Chinqirasan, ingraysan, yordam so‘rab baqirasan, nafasing bo‘g‘zingga tikiladi. Ha, 
hali oldingda mana shunday xatarlar turibdi. Ajabo, bugun aqling u xatarlar xususida 
o‘ylarmikan, ularni tasdiqlarmikan? Agar ishonmasang, bilki, joying abadiy 
jahayanamdir. Yo‘q, sen bu muqarrar vo-qelikka ishonasan, uni tasdiqlaysan-u, ammo 
negadir g‘ofillik og‘ushidasan, erta uchun xozirlik ko‘rishda sustkashlik qilyapsan. Bu 
ziyon va tug‘yondan boshqa narsa emas. 
Alloh taologa to‘la itoat qilish va gunohlarni tark etish bilan u Zotning roziligi yo‘lida 
harakat qilmasang, iymoning foyda beradimi?! Agar oldingda Sirot va undan o‘tish 
daxshatidan boshqa birorta qo‘rqinch bo‘lmaganida ham mana shu daxshatning o‘zi 
(umrbod) qo‘rqishingga kifoyadir. 
Allohning rasuli deydilar: «Sirot jahannam uzra quriladi. Payg‘ambarlar ichida men 
birinchi bo‘lib ummatlarim bilan undan o‘taman. U Kun payg‘ambaralardan boshqa hech 
kim gapirmaydi. U Kun payg‘ambarlarning duosi: «Allohim salomat qil, Allohim salomat 
qil» degan so‘zlar bo‘ladi. Jahannamda sa’don o‘simligining tikoniga o‘xshash changaklar 
bor. Sa’donning tikonini ko‘rganmisizlar? 
— Ha, ko‘rganmiz, ey Allohning rasuli, deyishdi. 
— Changaklar sa’donning tikoniga o‘xshaydi, biroq bu changaklar juda katta, 


Ihyou ulumid-din. O’limdan so’ng. Imom G’azzoliy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
20
ularning sanog‘ini bir Alloh biladi. Odamlar u changaklarga amallari bilan ilinadilar, 
kimdir halokatga yuz tutsa, kimdir etlari shilinib, si-lynib, keyin najot topadi» 
(muttafaqun alayh). 
Abu Said Xudriy Payg‘ambar alayhissalomning shunday deganlarini rivoyat qiladilar: 
«Odamlar usti tikonu changaklarga to‘la jahannam ko‘prigidan o‘tishar ekan, o‘ng va 
chap tomonlaridan changaklarga ilinadilar. Ko‘prikiing ik-kala tarafida turgan farishtalar: 
«Allohim, salomat qil, Allohim, salomat qil» deyishadi tinimsiz. Kimdir ko‘prikdan 
chaqmoq kabi o‘tsa, kimdir shamol kabi o‘tadi. Kimdir chopqir ot kabi, kimdir yugurib 
o‘tadi. Kimdir yurib o‘tsa, kimdir emaklaydi, yana kimdir sudraladi. Axli do‘zax esa na 
o‘ladi, na yashaydi. Kimlardir gunohlariga ko‘ra jazolanadi, kuydiriladi, ko‘mirga 
aylanadi, so‘ngra shafoatga izn yeriladi» (muttafaqun alayh). 
Ibn Mas’ud roziyallohu anhu Payg‘ambar alayhissalomning shunday deganlarini 
rivoyat qiladi: «Alloh taolo avvallaru oxirgilarni ma’lum Kunda shak-shubxasiz 
mahsharga to‘playdi. Ular samoga ko‘zlarini tikkan holda qirk yil hukmni kutib 
turishadi.Keyin mo‘minlarga: «Boshlaringizni ko‘taring» deyiladi. Boshlarini ko‘tarishadi. 
Bas, ularga amallariga yarasha nur ato qilinadi. Kimgadir ulkan tog‘ barobar nur beriladi 
va bu nur uning oldida yuradi. Kimdir bundan kichikroq, kimdir xurmo daraxticha, kimdir 
undan ham ozroq nurga ega bo‘ladi. Hatto oxirgi kishiga be-rilgan nur oyog‘ining bosh 
barmog‘i kadar yergagina yetadi, shu darajada xira yorug‘lik taratadiki, goh yenadi, goh 
o‘chadi. Nur taralib, oyoq osti ko‘ringan paytda yuradi, o‘chganida to‘xtab qoladi». 
So‘ngra ularning nurlari miqdoriga ko‘ra Sirotdan o‘tishlari zikr qilinadi: «Kimdir ko‘z 
ochib yumguncha,kimdir chaqmoq kabi, kimdir bulut kabi, kimdir uchar yul-duz kabi, 
kimdir uchqur ot kabi, kimdir chopqir kishi kabi o‘tadi. Nuri oyog‘ining bosh barmog‘i 
qadar yerni yoritgan kishi yuzlari, qo‘llari, oyoqlari bilan sudralib, emaklaydi. Bitta qo‘lini 
oldinga tashlaydi, ikkinchisi orqaga tortadi, bitta oyog‘ini yerdan uzsa, narigisi osilib 
qoladi. Hatto olov uning yonlarigacha keladi. 
Bu xatarlardan qutulgach, ko‘prik ustida turib, deydi: «Allohga hamd bo‘lsin, hech 
kimga bermagan ne’matini menga ato etdi, jahannamni ko‘rganimdan so‘ng undan najot 
berdi». 
Keyin uni jannat eshigi oldidagi ko‘lga olib kelib, cho‘miltirishadi» (Ibn Adiy va Hokim 
rivoyati). 
Anas ibn Molik aytadi: «Payg‘ambar alayhissalomning shunday deganlarini eshitdim: 
«Sirot qilich kabi o‘tkir, qildek ingichkadir. Farishtalar mo‘min va mo‘minalarni 
qutqaradilar. Jabroil alayhissalom mening belim (kamarim) dan tutadi, men: ey Rabbim, 
salomat qil, salomat qil, deyman. U Kunda toyib ketuvchi erkaklar va toyib ketuvchi 
ayollar ko‘p bo‘ladi» (Bayhaqiy rivoyati). 
Ey inson! Fursating g‘animat. Sirot xaqida, uning daxshat va qo‘rqinchi xususida 
o‘yla. Chunki Qiyomat kuni dahshatlaridan eng omon kishi bu dunyoda u hakda ko‘p 
o‘ylagan kishidir. Negaki, Alloh bir bandada ikkita ko‘rkuvni jamlamaydi. Kimki Qiyomat 
kuni dahshatlaridan bu dunyoda qo‘rqsa, oxiragda u dahshatlardan omon bo‘ladi. 
Lekin bu o‘rinda Qiyomat daxshatlarini eishtgan paytda qalblar erib, ko‘zlardan 
yoshlar kuyulib, hech qancha o‘tmasdan, qayg‘ular unutilib, o‘yin-kulguga beriladigan 
ayollarga xos yengil-yelpi ko‘rqinch nazarda gutilmayapti. Bu qanaqasiga qo‘rqinch 
bo‘lishi mumkin?! Axir, ko‘rqkan narsadan qochiladi, kimki bir narsaga yetishni umid 
qilsa, uni izlaydi. Alloh taologa gunoh qiljtsdan to‘sadigan va U Zotga toat qilishga 
undaydigan xavfgina, faqat shu xavf seni qutqaradi. 
Ayollarning yengil-elpi qo‘rkuvidan ham yengilrog‘i ahmoqlarning qo‘rquvidir. 
Kdchonki ular Qiyomat daxshatlarini eshitsa, tillari darhol panoh tilashga shoshiladi: 
«Allohdan yordam so‘rayman, Alloh bizni panohingga ol, Allohim salomat qil...» deydi-


Ihyou ulumid-din. O’limdan so’ng. Imom G’azzoliy 

Yüklə 256,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin