Microsoft Word chingiz aytmatov birinchi muallim lotin ziyouz com doc



Yüklə 183,21 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/30
tarix13.02.2023
ölçüsü183,21 Kb.
#84129
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   30
chingiz aytmatov birinchi muallim qissa

www.ziyouz.com kutubxonasi 
8
deganday bosh silkib qo‘ydik. Duyshen uyalganimizni sezdi-da, bizga dalda berganday jilmayib gap 
qotdi: 
– Qoplaringiz o‘zingizdan ham katta-ya! Kelganinglar yaxshi bo‘pti qizlar, bu maktabni sizlarga 
atab ochyapman. Maktabinglar ham taxt bo‘lib qoldi. Hozirgina bir burchakka pechkaday qilib o‘choq 
ham qurib qo‘ydim, ana, ko‘rdinglarmi, tomdan mo‘risi ham chiqib turibdi! Endi qishga o‘tin 
g‘amlasak bo‘lgani, o‘tindan g‘am yemasak ham bo‘ladi, dalada nima ko‘p – quvray ko‘p. Yerga qalin 
poxol to‘shaymiz-da, ana undan keyin o‘qishimizni boshlab yuboramiz. Qalay, o‘qishga havasinglar 
bormi, maktabga qatnab turasizlarmi? 
Dugonalarim orasida yoshi kattasi men edim, shu sababdan javob berishga botinib: 
– Kelinoyim yuborsa, qatnab turaman, - dedim. 
– Nega yubormas ekan, uyga qamab, ustingdan qulf solib qo‘yarmidi? Isming nima? 
– Oltinoy, - dedim, etagimning yirtig‘idan ko‘rinib turgan tizzamni kaftim bilan bekitib. 
– Oltinoy – isming ham o‘zingga mos, chiroyli ekan. – U erkalatganday jilmayib qo‘ygan edi, 
dilim ham iliganday bo‘ldi. – Oltinoy, esli qiz ko‘rinasan, boshqa bolalarni ham o‘zingga ergashtirib, 
maktabda o‘qiymiz, deb olib kelgin, xo‘pmi? 
– Xo‘p, amaki. 
– Meni og‘ay denglar. Maktabni ko‘rasizlarmi? Tortinmasdan kirib ko‘raveringlar. 
– Yo‘q, biz uyga ketamiz, - deb uyalinqirab javob berdik. 
– Mayli bo‘lmasa, uy-uyinglarga boringlar, bira-to‘la o‘qishga kelganda ko‘rarsizlar. Men 
qorong‘i tushguncha borib yana bir oz yantoq o‘rib kela qolay. 
Duyshen o‘roq, arqonlarni olib dalaga qarab ketdi. U ketgandan keyin biz ham qoplarimizni 
orqalab ovul tomon jo‘nab qoldik. To‘satdan kallamga bir fikr keldi: 
– Hoy, qizlar, - deb dugonalarimni to‘xtatdim.– Kelinglar, tezagimizni maktabga to‘kib ketamiz, 
har qalay qishga yarab qolar. 
– Uyga quruq boramizmi? Aqlingni yeganmisan?! 
– Borib yana terib kelamiz-da. 
– Be, kech bo‘lib qoldi, uyda toza so‘kish eshitamiz. 
Shunday deyishdi-da, o‘rtoqlarim menga qaramasdan, qoplarni ko‘tarishib jo‘nab qolishdi. 
Men o‘shanda nima vajdan shunday qilganimga hali ham tuzukkina aqlim yetmay yuradi. Qizlar 
gapimga kirmaganlaridan izza bo‘lib orim keldimi yoki go‘daklik chog‘imdan men sho‘rlik biron 
shirin so‘z eshitmay bir umr dakki yeb, ko‘z yoshim ham qurib qolganidanmi, ko‘rmagan, bilmagan bir 
odam yuragimni ilitib: «Es-hushli qiz ekansan», deb erkalatib aytgan ikki og‘iz shirin so‘zi meni eritib 
yubordimi... 
Qismatim, toleim, hayotimning butun achchiq-chuchuklari, azob-uqubatlari mana shu bir qop 
tezakdan boshlanganini yaxshi bilaman, bunga imonim komil. Bunday deyishimning boisi shuki, o‘sha 
kuni bu qilmishimning oxiri nima bo‘ladi, deb o‘ylab-netib o‘tirmay, umrimda birinchi marta yurak 
yutib ko‘nglim tortgan ishga tavakkal qadam qo‘ydim. 
O‘rtoqlarim meni tashlab ketishgandan keyin yugurib Duyshenning maktabiga qaytib bordim, 
qopdagi tezakni eshik tagiga to‘kdim-da, tezak terish uchun g‘izillab yana adirga tushib ketdim. 
Kattakon bir ishni qoyil qilib qo‘ygandayo, yuragim dukillab, sevinchim ichimga sig‘may ketdi. 
Kuch-g‘ayratim jo‘sh urib, to‘g‘ri kelgan tomonga chopqillab ketaveribman. Baxtiyorligimdan quyosh 
ham xabardoru, u ham quvonchimga sherikday, qushday parvoz qilib ketishimdan uning ko‘ngli 
ochilganini o‘zim ham bilardim. Nega deganda, hozirgina savob ish qilgan edim-da! 
Quyosh tepalar ustiga yaqin kelib qolgan edi-yu, lekin, nazarimda, nigohimga to‘yib olgisi 
kelganday, hali-beri botgisi yo‘q edi. Quyosh yo‘limga poyondoz solib, oyoqlarim ostidagi kuz 
tuprog‘ini to‘q qizil, pushti va och qizil nur bilan bezab turardi. Gir atrofimda kapalakchalar lip-lip etib 
olovday yonadi. Ming yamoq kamzulimning kumush rang tugmalarida quyosh olovday yonib turadi. 
O‘zim g‘izillab chopib ketyapmanu, yer, osmon, shamolga qarab: meni ko‘rib qo‘yinglar! 


Chingiz Aytmatov. Birinchi muallim (qissa) 

Yüklə 183,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin