Microsoft Word chingiz aytmatov birinchi muallim lotin ziyouz com doc



Yüklə 183,21 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/30
tarix13.02.2023
ölçüsü183,21 Kb.
#84129
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
chingiz aytmatov birinchi muallim qissa

www.ziyouz.com kutubxonasi 
5
o‘ksiganday bo‘ldi, teraklarga dard-alam bilan tikilib qarab qoldi. Shu paytda ko‘pni ko‘rgan bu 
o‘qimishli ayol, qani endi bir zamonlar o‘tib ketgan o‘n sakkiz yoshim qaytib kelsaydi, deb ko‘nglidan 
o‘tkazgan qizil ro‘mol, qirmizi yuzini eslagan qadimgi qirg‘iz ayollariga o‘xshab ketdi. 
Teraklarga tikilib u yana bir narsa aytgisi keldi-yu, lekin niyatidan qaytdi shekilli, indamay turdi-
da, birdan qo‘lida ushlab turgan ko‘zoynagini taqib oldi. 
– Moskva poezdi bu yerdan soat o‘n birda o‘tadi shekilli? - deb so‘radi. 
– Ha, opa, o‘n birda o‘tadi. 
– Unday bo‘lsa, hozir yo‘lga chiqishim kerak ekan. 
– Nega birdan ketadigan bo‘lib qoldingiz? Bir-ikki kun turaman deb va’da bergan edingiz-ku? 
Hali javob ham berishmas. 
– Zarur ishlarim bor. Hozir ketmasam bo‘lmaydi. Ovuldoshlarning hammasi yopirilib, ketmaysiz, 
xafa bo‘lamiz, - deyishlariga qaramay, tayyor ovqatga ham turmay, Oltinoy Sulaymonova uzr so‘radi-
da, oxiri yo‘lga chiqadigan bo‘ldi. 
Kun botib, qosh qorayganda, ovuldoshlari o‘pkalaganday bo‘lib uni mashinaga o‘tqazib jo‘natib 
yuborishdi. Men Oltinoy Sulaymonovani stantsiyaga kuzatib bordim. 
Oltinoy Sulaymonova nima vajdan to‘satdan yo‘lga otlanib qoldiykin? Shunday ulug‘ ayyom 
kunida ovuldoshlarini ham xafa qilib qo‘ydi. Yaxshi ish bo‘lmadi. Ikki-uch yo‘la sababini so‘ray deb 
og‘iz juftladimu, lekin qattiq tegarmikin deb qo‘rqdim. Hozirgi holatida savolimga biron javob 
bermasligiga ko‘zim yetib turgandi. Yo‘l bo‘yi Oltinoy Sulaymonova bir og‘iz ham gapirmadi, qattiq 
o‘yga botib, yuzidan g‘amginlik arimadi. 
Stantsiyaga kelib, poezdga tushar oldida yurak yutib undan so‘radim: 
– Opa, xafa ko‘rinasiz, ko‘nglingizga qattiq tegadigan biron gap o‘tdimi? 
– Yo‘g‘-e! Ko‘nglingizga unday gap kelmasin! Kimdan xafa bo‘lardim? O‘zimdan xafa bo‘lsam 
bo‘ladi. G‘aflatda qolgan ekanman... Qaytanga mendan har qancha domongir bo‘lsanglar ham kamlik 
qiladi. 
Shu bilan Oltinoy Sulaymonova Moskvaga jo‘nab ketdi. Men shaharga qaytib kelgach, dastlabki 
kunlarning birida o‘ylamagan-kutmagan yerda Oltinoy Sulaymonovadan xat oldim. Moskvada 
mo‘ljalidan ziyodroq turib qolishidan darak bergan xatida bunday deb yozgandi: 
«Qadrdon inim, shoshilinch zarur ishlarim bo‘lsa ham hammasini yig‘ishtirib qo‘yib, shu xatni 
yozmaslikka ilojim bo‘lmadi. Agar shu xatda yozganlarim sizni qiziqtirsa, shu hikoyatimni xaloyiqqa 
yetkazish ustida o‘ylab-mulohaza qilib ko‘rsangiz deb iltimos qilaman. Bu faqat bizning 
ovuldoshlarimizga emas, hammaga, ayniqsa yoshlarga ibrat bo‘lar, deb o‘ylayman. Men ko‘p xayol 
ko‘chalariga kirib chiqdim, oxiri shu fikrga keldim. Bu – mening shuncha zamonlardan buyon 
yuragimda asrab kelgan sirim. Qancha ko‘p odam bu sirdan voqif bo‘lsa, o‘zimni shunchalik baxtiyor 
deb bilaman, vijdon azobidan shuncha ko‘proq xalos bo‘laman. Meni uyatga qo‘yarmikanman deb 
xijolat ham bo‘lmang. Hech narsani yashirmay, ochiq yozing...» 
Bir necha kun shu xat ta’siri ostida yurib, oxiri qissani Oltinoy Sulaymonova tilidan hikoya 
qilishga qaror berdim. 
* * * 
... Bu voqea 1924 yili yuz bergandi. Ha, xuddi o‘sha yili... 
Hozirgi kolxozimiz yerlari u vaqtlarda o‘troq kambag‘al-jataqchilar ovuli edi. U vaqtlarda o‘n 
to‘rt yoshli yetim qizcha edim, amakimning qo‘lida turardim. 
O‘sha yili kuzda chorvadorlar toqqa qishlovga ko‘chib ketgandan keyin ovulimizda askar shineli 
kiygan bir yigit paydo bo‘lib qoldi. Shineli esimda qolganining vaji shuki, u negadir qora movutdan 
tikilgan edi. El-yurtdan ovloqdagi tog‘ pinjiga kirib olgan kichkina qirg‘iz ovulida bu katta bir voqea 
bo‘ldi. 


Chingiz Aytmatov. Birinchi muallim (qissa) 

Yüklə 183,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin