Microsoft Word chingiz aytmatov birinchi muallim lotin ziyouz com doc



Yüklə 183,21 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/30
tarix13.02.2023
ölçüsü183,21 Kb.
#84129
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
chingiz aytmatov birinchi muallim qissa



Chingiz Aytmatov. Birinchi muallim (qissa) 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
1
Chingiz AYTMATOV 
BIRINCHI MUALLIM 
Qissa 
 
 
Zaynab tarjimasi 
Bu suratni hali tamom qilganim yo‘q. Qanday chiqishini hozircha aytish qiyin. Har kuni ilk 
saharda turib, xomaki etyudlarimni yana ikki-uch marta ko‘zdan kechirarkanman, tong sukunatida u 
yoq-bu yoqqa asta-asta yurib o‘yga cho‘maman. Yo‘q, hali ko‘nglimdagini topganimcha yo‘q, yana 
tag‘in ko‘p ishi bor. Bu surat hali ko‘ngildagi bir tilak, qalbimni hayajonga solgan orzu-umid, xolos... 
Hali tamomlanmagan asar to‘g‘risida oldindan jar solishni o‘zim ham azaldan yoqtirmasdim. Bu 
baxillikdan emas. Beshikdagi chaqaloqning kim bo‘lib voyaga yetishini qayoqdan bilib bo‘ladi deysiz? 
Lekin bu safar o‘zingiz ko‘rib turibsiz, shu odatimdan voz kechib, xom-xatala asarimni o‘rtaga tashlab, 
undan gap ochmoqchiman... Indamay yurishga hech ilojim yo‘q. Rostini aytsam, bir o‘zim yolg‘izlik 
qilib qoldim, bezovta qilib, es-hushimni o‘zimga band etgan bu voqea yuragimga sig‘may, quchog‘im 
ham yetmay turibdi. 
Bo‘lgan voqeani aynan tasvirlab, xalqni undan bahramand qilsam, degan umidim bor. Istar 
edimki, ko‘pchilik ham fikr-mulohazalarini o‘rtaga tashlasa... Bu asar xalq damidan chiqqan olovdek 
bo‘lsa-yu, unga o‘z qoningizdan qon, kuchingizdan kuch qo‘shib bersangiz, shu vajdan bu voqeani 
sizlarga bayon etishni o‘z burchim deb bilaman... 
 
* * * 
Ovulimiz Oq-Jar tog‘ining etagida, katta soy sharqirab oqib turgan keng tekislikda; undan 
pastroqda – Qora toqqacha yastangan adir bo‘ylab cho‘zilgan temir yo‘lning ikki tomoni qozoq 
dalasi... 
Ovulimiz ustidagi tepalikda ikki katta terak bo‘lardi; men buni bolalik chogimdanoq bilardim. Bu 
qo‘shterak hali ham bor. Qachon qaramang, ovulga qaysi tomondan kirmang, hammadan burun 
tepalikda bir-biri bilan yonma-yon turgan o‘sha baland teraklar ko‘zga chalinadi. 
Bilmadim, nima uchundir, bolaligimdanmi yoki kasbim rassomlik bo‘lganidanmi, haytovur, har 
gal stantsiyadan tushib, tepalikdan o‘tib, ovulimizga qarab yo‘l olganimda, qo‘shteraklar joyida 
turganmikin, deb sabrsizlik bilan beixtiyor shu tomonga qarayman. Teraklar naqadar katta bo‘lsa ham, 
uzoqdan shuncha dargumonu, lekin ularning surati ko‘z oldimga kelib turaverardi. Tezroq ovulga 
yetib, ertaroq tepalikka chiqsam, qo‘shterakka egilib salom bersam, ularning shovillashini to‘yib-to‘yib 
eshitsam, deb yuragim orziqardi. 
Ko‘cha-ko‘yda nima ko‘p – daraxt ko‘p, lekin bu teraklar o‘zi boshqa bir olam, qandaydir 
xosiyatli, tili borday. Kun-tun yaproqlari dirillab, chayqalgan uchlari bir-biri bilan o‘pishib, o‘zini 
ming ko‘yga solib shovillaydi. Goh sohilga kelib urilgan erka to‘lqinday eshitilar-eshitilmas 
guvillashib qo‘yadi, goh jim o‘ylanib qolib, sog‘ina-sog‘ina yuragi qon bo‘lganday, allanimalarni eslab 
xo‘rsinib, yulqingan shamol bulut haydab, yomg‘ir haydab, butoqlarini egib yuborganda, teraklar bir-
biridan madad olib: sindirib bo‘psan, deganday battar o‘jarlik qilib, zarda bilan to‘lg‘anib qo‘yishadi. 
Ho‘ ancha keyin esim kirib ulg‘ayganimda, men bu teraklarning sir-asroridan voqif bo‘ldim. To‘rt 
tomoni ochiq baland tepada turishganidan, bular doimo shamol o‘qiga to‘g‘ri kelib havoning har bir 
o‘yiniga javob qaytarib turishgan. Tinmay shovullab, ming ohangda ovoz chiqarib turishlari ham 


Chingiz Aytmatov. Birinchi muallim (qissa) 

Yüklə 183,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin