Me’mor” romanida kasb-hunar leksikasining lisoniy tadqiqi va ta’limi


Leksemaning ifoda (tashqi) tomoni



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə24/36
tarix12.05.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#111944
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   36
Sirojiddiт dissertatsiya oxirgi-5

Leksemaning ifoda (tashqi) tomoni deganda quyidagilar nazarda tutiladi:
1. Leksema tarkibidagi tovushlar: maktab leksemasi m, a, k, t, a, b tovushlaridan iborat.
2. Leksema tarkibidagi harflar: maktab- leksemasi m, a, k, t, a, b harflaridan iborat.
3. Leksema tarkibidagi bo‘g‘inlar: maktab- leksemasi mak-tab kabi ikki bo‘g‘indan iborat.
4. Leksema tarkibidagi ma’lum bir unli tovushga tushadigan urg‘u: maktb.
Xulosa shuki, leksemaning inson sezgi a’zolari yordamida sezish mumkin bo‘lgan tomonlari uning ifoda (moddiy) tomoni deb yuritiladi. Ilmiy adabiyotlarda bu nomema deb ham yuritiladi.35
Leksemaning mazmun (ichki) tomoni deganda quyidagilar nazarda tutiladi:
1. Leksema ifodalagan lug‘aviy ma’no, ya’ni leksemaning borliqdagi shaxs (odam), narsa (kitob), belgi (yomon), rang (yashil), hajm (katta), miqdor (olti), harakat (yugur) kabi tushunchalarni nomlashi.
2. Leksema orqali ifodalangan uslubiy belgi: ona (uslubiy betaraf), volida (uslubiy xoslangan).
3. Leksema orqali ifodalangan hissiy-ta’siriy bo‘yoq: chehra (ijobiy bo‘yoq), bashara (salbiy bo‘yoq).
Ba’zi ilmiy adabiyotlarda lug‘aviy ma’no denonotativ ma’no36, uslubiy belgi va hissiy-ta’siriy bo‘yoqlar esa birgalikda konnotativ ma’no37 ham deyiladi.
Leksemaning lug‘aviy ma’nosi quyidagicha shakllanadi: inson o‘z sezgi a’zolari orqali borliqdagi narsa, hodisa, belgi, harakat va boshqalar haqida tushuncha hosil qiladi. Bu tushuncha inson ongida muhrlanib qoladi. Xuddi shu tushunchaga atab qo‘yilgan nom ham inson ongida saqlanib qoladi va natijada nom va tushuncha o‘rtasida mustahkam aloqa yuzaga keladi.
Semasiologiya fanida leksemaning lug‘aviy ma’nosi semema atamasi bilan ham beriladi. Semema ham o‘z navbatida qismlarga bo‘linadi. Bu qismlar semalar deb ataladi. Har bir sema tushunchaning turli belgilarini aks ettiradi. Masalan, quyosh leksemasining lug‘aviy ma’nosini, ya’ni sememasini quyidagi semalar tashkil etadi: 1) yulduz; 2) issiqlik tarqatuvchi osmon jismi; 3) yorug‘lik tarqatuvchi osmon jismi; 4) bir qancha sayyoralarni o‘ziga birlashtirgan tizim markazi; 5) Yer sayyorasidagi hayot manbasi; Bu ro‘yxatni o‘z bilimimizga tayangan holda yana davom ettirish mumkin.
Semalar ma’no xususiyatlariga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin