Me’mor” romanida kasb-hunar leksikasining lisoniy tadqiqi va ta’limi



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə27/36
tarix12.05.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#111944
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   36
Sirojiddiт dissertatsiya oxirgi-5

3. Sinekdoxa (grekcha “birga anglash” degani) narsa yoki shaxs qismi nomini aytish bilan o‘zini (butunni) yoki narsaning nomini aytish bilan uning qismini tushunishga asoslangan ma’no ko‘chish hodisasidir. 1) qism nomi butunga ko‘chadi: Dunyoda o‘zimizdan kеyin qoladigan tuyog‘imiz. (A. Qodiriy). 2) butun nomi qismga ko‘chadi: qo‘l (Bеsh qo‘l barobar emas), panja (Bеsh panjangni og‘zingga tiqma), kabi so‘zlardagi ma’no ko‘chishi sinеkdoxaning shu turiga misol bo‘la oladi.
4. Vazifadoshlik (funksional) asosida ma’no ko‘chishi narsalarning bajaradigan vazifasi o‘xshashligi jihatidan ma’no ko‘chishidir: o‘q – yoy o‘qi; o‘q – miltiq o‘qi, tomir – daraxt ildizi; tomir – qo‘l tomiri, siyoh – yozuvda qo‘llanadigan qora rangdagi suyuqlik (siyoh – fors-tojikcha qora dеganidir), siyoh – yozuvda shu vazifani bajaradigan har qanday rangdagi suyuqlik kabilar.
Leksemalar shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi.
1. Omonimlar - grеkcha homos – “bir xil”, onoma yoki onyma – “nom” dеgan ma’nolarni ifodalab, tovush tomoni ham, harfiy ifodasi ham, barcha grammatik shakllari ham bir xil, ammo mazmun tomoni har xil bo‘lgan leksemalardir: ot (ism) – ot (hayvon), sir (davlat siri)–sir (idish siri).
Omonim leksemalar asosan bir xil so‘z turkumi doirasida bo‘ladi. Bularga ot (yosh – umr o‘lchovi; yosh – ko‘z yoshi), fe’l (betla – qarashga botinmoq; betla - sahifala), sifat (hur – ozod; hur – go‘zal) turkumlariga xos omoleksemalar misol bo‘ladi. Grammatik shakllar (kelishik, egalik, ko‘plik, zamon, shaxs-son kabi) tizimiga ega bo‘lmagan ayrim turkumga oid leksemalar ham o‘zaro omonim bo‘lishi mumkin (ham bog‘lovchisi va ham yuklamasi o‘zaro shunday omonimlik hosil qiladi).
Ko‘p ma’noli leksemalar ma’nolari o‘rtasida aloqa uzilsa, omonim vujudga kеladi: dam I – havo, dam IItemirchi bosqoni, dam III – lahza, nafas, dam IV – bog‘lovchi, dam V – tig‘, o‘tkir joy, dam VI – havo yig‘ilib yurishmay qolgan (ichi dam bo‘libdi)39; Bu misollardagi dam I leksemasi ifodalagan “havo” manosi mazkur ko‘p ma’noli leksemaning bosh ma’nosi bo‘lib, qolganlari hosila ma’nolardir, lekin hozirgi o‘zbek tili nuqtai nazaridan bu oltita leksema omonim leksemalardir, chunki ular orasidagi ma’no aloqalari uzilgan.
Omoformalar har xil turkumlar doirasida mavjud bo‘ladigan leksemalardir. Bularni nechta turkumga oid leksemalar ishtirok etishiga ko‘ra quyidagi turlarga ajratish mumkin:
1) ikkita turkum doirasidagi omoformalar:
a) ot va sifat turkumi doirasida: issiq (yoz issig‘i) - issiq (issiq non);
b) ot va son turkumi doirasida: yigirma (marosim) – yigirma (miqdor);
d) ot va fe’l turkumi doirasida: yoy (kamon) – yoy (yoymoq);
e) ot va ravish turkumi doirasida: burun (a’zo) - burun (avval);
f) olmosh va fe’l turkumi doirasida: siz (2-shaxs, ko‘plik) – siz (sizmoq);
h) ot va taqlidiy so‘z turkumi doirasida: shart (shart qo‘ymoq) – shart (shart uzmoq);
i) fe’l va taqlidiy so‘z turkumi doirasida: taq (taqmoq) – taq(tovushga nisb.);
k) fe’l va sifat turkumi doirasida: to‘la (to‘lamoq) – to‘la (to‘liq);
l) sifat va taqlidiy so‘z turkumi doirasida: chars (qo‘rs) – chars (tovushga nisb.);
m) ot va modal so‘z turkumi doirasida: lozim (kiyim)- lozim (zarur).
n) fe’l va ravish: o‘ta-o‘ta;
2) uchta turkum doirasidagi omoformalar:
a) ot, sifat va fe’l turkumlari doirasida: bez (yog‘ bezi) – bez (bezbet) – bez(moq);
b) fe’l, modal so‘z va hisob so‘zlari doirasida: bor (moq)bor (mavjud) – bor (marta);
d) ot, fe’l va ravish turkumlari doirasida: kech (vaqt) – kech(moq)kech (kelmoq);
e) ot, sifat va ravish turkumlari doirasida: sira (tartib) – sira (ochiq) – sira (aslo);
f) ot, fe’l va son: uch (yuqorisi) – uch(moq)uch(ta);
h) ot, undov so‘z va taqlid so‘z turkumlari doirasida: chuv (pona) – chuv (chuh) –chuv (qiy-chuv);
i) ot, fe’l va taqlid so‘z turkumlari doirasida: qiy (go‘ng) – qiy (kes) – qiy (qiy-chuv);
k) ot, son va fe’l turkumlari doirasida: qirq (marosim) – qirq (miqdor) – qirq (kes);
l) sifat, fe’l va ravish turkumlari doirasida: qoq (quruq) – qoq(moq) - qoq (ayni);
3) to‘rtta turkum doirasidagi omoformalar:
a) ot, sifat, fe’l va ravish turkumlari doirasida: quv (oqqush) – quv (ayyor) –quv(moq)quv (butunlay);
2. Sinonimlar (ma’nodosh so‘zlar) - grеkcha synonymos yoki synonymon – “bir nomli” dеgan ma’noni bildirib, shakli har xil bo‘lsa ham, ma’nolari bir-biriga yaqin bo‘lgan so‘zlardir. Sinonim so‘zlar bir xil prеdmеtlarni (ovqat, osh, taom), prеdmеtning bir xil bеlgisini (ishchan, harakatchan, tirishqoq), bir xildagi harakatni (asramoq, saqlamoq) bildiradi.
Bunday so‘zlar ikki yoki undan ortiq so‘zdan iborat bo‘lgan sinonimik qatorni tashkil etadi. Bu qatordagi ma’nosi bеtaraf bo‘lgan, ko‘p qo‘llanadigan so‘z asosiy so‘z (dominanta, bosh so‘z) dеb ataladi: chiroyli, go‘zal, ko‘hlik.
Sinonimlarning quyidagi turlari mavjud:

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin