2. O‘zbekiston Respublikasining BMTga aʼzo bo‘lishi hamda jahon
hamjamiyatidagi o‘rni va nufuzining ortib borishi.
1992-yil 2-martda O‘zbekiston xalqaro munosabatlarning to-la huquqli
subʼyekti sifatida Birlashgan Millatlar Tashkilotiga aʼzo bo‘lib dunyo miqyosida
tan olindi. Bu voqea Respublikaning mustaqil davlat sifatida xalqaro hamjamiyatda
munosib o‘rin olishida ham katta ahamiyatga ega bo‘ldi. 1993-yil fevral oyiga
181
kelib Toshkentda BMT vakolatxonasi ochildi. Xolid Malik BMTning
O‘zbekistondagi vakili etib tayinlandi.
O‘zbekiston BMTning to‘laqonli aʼzosi sifatida Birlashgan Millatlar
Tashkilotining yig‘ilishlarida ishtirok etishi bilan o‘zining xalqaro hamjamiyatga
kirish jarayonini davom ettirdi. O‘zbekiston rahbariyatining dunyodagi global
muammolarga jahon miqyosida eʼtiborini qaratishi O‘zbekistonning tashqi
siyosatda tutgan aniq o‘rnini belgilab berdi. Chunonchi, 1993-yil Birlashgan
Millatlar Tashkiloti Bosh Аssambleyasining 48-sessiyasidagi maʼruzasida
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.А.Karimovning ilgari surgan
birinchi xalqaro tashabbusi O‘zbekistonning xalqaro miqyosdagi adolatparvar
siyosatidan darak berdi.
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.А.Karimov 1995-yil
BMTning ellik yilligi munosabati bilan Bosh Аssambleyaning maxsus tantanali
yig‘ilishida so‘zlagan nutqida ham asosiy eʼtiborni bu tashkilotning faoliyatini
yanada kengaytirish bilan bir qatorda yana mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlik,
ekstremizm, terrorizm, narkobiznesga qarshi kurash masalalariga qaratdi. Prezident
muayyan “olovli nuqtalar” deb atalayotgan mintaqalarda birgalashib harakat qilib,
tinchlik va barqarorlikka erishish lozimligi haqidagi aniq takliflarni kiritdi va
O‘zbekiston “ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatmaslikni taʼminlash bo‘yicha
kerakli xalqaro kafolatlarni qabul qilishni, yadro sinovlarini butunlay to‘xtatish
haqidagi shartnomaning tezda tuzilishi tarafdori” ekanligini ham ko‘rsatib o‘tdi.
Ushbu yig‘ilishda Orol dengizi qurishi bilan bog‘liq bo‘lgan global
muammo ham ko‘tarildi. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti
I.А.Karimov “Orol dengizining qurishi bilan bog‘liq ekologik fojia, butun yer
yuzini qamrab oladigan biosfera, o‘nlab million kishilarning hayot sharoitlari,
salomatligi, nasliga halokatli taʼsir ko‘rsatuvchi global muammo” ekanligini
ko‘rsatib, bugungi kunda BMTning tashkilotchilik faoliyatisiz bu muammoni hal
etish mumkin emasligini ham asoslab berdi.
1995-yil 16-sentabrda Toshkentda BMTning Markaziy Osiyoda xavfsizlik
va hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan seminar-kengashi ish boshladi.
Dunyoning ko‘p davlatlari ishtirok etgan bu seminarda O‘zbekiston rahbarining
so‘zlagan nutqi bosh hujjat sifatida qabul qilindi.
Xalqaro
munosabatlar
ravnaqi
mamlakatimizda
xavfsizlik
va
barqarorlikning, aholi turmush darajasini yuksaltirishning o‘ziga xos kafolati
ekanligi hech kimga sir emas. Shu bois ham O‘zbekiston rahbariyatining tashqi
siyosatda mintaqaviy barqarorlikni saqlab qolish maqsadida ilgari surgan
tashabbuslari ko‘pgina davlatlar va BMT tomonidan doimo tasdiqlanib kelindi.
BMT Bosh Аssambleyasining sessiyalarida, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik
Tashkiloti sammitidagi yig‘ilishlarda O‘zbekiston prezidentining kiritgan aniq
tashabbuslari, mintaqa xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan taklifi, BMT
boshchiligidagi “6+2” guruhining tuzilishiga asos bo‘lgan edi (O‘zbekiston, XXR,
Rossiya, Eron, Pokiston, Tojikiston, kuzatuvchi sifatida BMT, Birlashgan front va
“Tolibon” harakati). Ushbu guruhning 1999-yil iyul oyida Toshkentda o‘tkazgan
uchrashuvi muhim xalqaro voqea bo‘ldiki, bu uchrashuv mintaqaning o‘zida bo‘lib
182
o‘tdi. Uchrashuvning yakuni sifatida 19-iyul kuni “Аfg‘onistondagi mojarolarni
tinch yo‘l bilan hal qilishning asosiy prinsiplari to‘g‘risidagi” tarixiy hujjat
imzolandi. Ushbu hujjat BMTning rasmiy hujjati sifatida tarqatildi.
2017-yilda Shavkat Mirziyoyevning ilk bor O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti sifatida BMT Bosh assambleyasining 72-sessiyasida nutq so‘zladi.
Mazkur nutq O‘zbekistondagi islohotlar, demokratiya, inson huquqlari, xalqaro
xavfsizlik, mintaqaviy hamkorlik, ekologiya va umuman, 2017-2021-yillarda
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha
Harakatlar strategiyasini amalga oshirish masalalarini qamrab oldi va BMTning
Barqaror rivojlanish maqsadlari bilan hamohang bo‘ldi.
Shuningdek, Prezident o‘z nutqida Аfg‘onistonda tinchlik o‘rnatish, Orol
fojiasi, yoshlar taʼlim-tarbiyasi, maʼrifat, diniy bag‘rikenglik masalalariga alohida
to‘xtaldi. Prezident Sh.M.Mirziyoyev tomonidan “Maʼrifat va diniy bag‘rikenglik”
tamoyilini xalqaro tashkilot tomonidan qabul qilinishi to‘g‘risidagi taklif davlat
rahbarlari va delegatsiyalari o‘rtasida yuksak eʼtirofga sazovor bo‘ldi. Ushbu
tamoyil 50 dan ziyod davlatning qo‘llab-quvvatlashi natijasida 2018-yil 12-dekabr
kuni BMT tomonidan qabul qilindi. BMT Bosh kotibi А.Guterrish bilan
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017-yil 10-iyunda
Samarqand shahridagi uchrashuvi va keyingi bir qator uchrashuvlar xalqaro nufuzli
tashkilotning O‘zbekistonning jahonda tinchlik va barqarorlik, hamjihatlik va
hamkorlik aloqalarini rivojlantirishdagi saʼy-harakatiga berilgan yuqori bahosidan
darak beradi.
BMT Bosh assambleyasining 72-sessiyasida ko‘tarilgan masalalarning
yechimini topish amaliy jihatdan qo‘llab-quvvatlanib, bu jarayon 2017-yil 4-6-
dekabr kunlari Аfg‘oniston Prezidentining mamlakatimizga qilgan rasmiy tashrifi
doirasida o‘z aksini topdi. Muzokaralar yakuni bo‘yicha siyosiy, savdo-iqtisodiy
va madaniy-gumanitar sohalarga oid qator hujjatlar imzolandi. O‘zbekiston tomoni
Аfg‘onistonda tinchlik va barqarorlikni o‘rnatish yo‘lida eʼtiborga molik
tashabbuslar bilan chiqdi. Xususan, Prezident Sh.M.Mirziyoyev tashabbusi bilan
2018-yilning 26-27-mart kunlari “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik
va mintaqaviy sheriklik” mavzuida Аfg‘oniston bo‘yicha yuqori darajadagi
Toshkent xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu anjumanda 20 dan ortiq
davlatlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar delegatsiyalari ishtirok etdi. So‘nggi yillarda
Markaziy Osiyoni Hind okeani bilan bog‘laydigan Trans-afg‘on transport yo‘lagini
barpo etish borasida dastlabki amaliy qadamlar tashlandi. Bu loyihaning ro‘yobga
chiqarilishi butun mintaqada barqarorlik va iqtisodiy o‘sishni taʼminlashga beqiyos
xizmat qiladi.
2018-yil 12-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi
bilan BMT Bosh Аssambleyasining maxsus “Maʼrifiy va diniy bag‘rikenglik”
rezolyutsiyasi qabul qilindi.
Uning asosiy maqsadi barchaning taʼlim olish huquqini taʼminlash,
savodsizlik va jaholatga barham berish hamda jamiyatda bag‘rikenglik va o‘zaro
hurmatni qaror toptirish, diniy erkinlikni taʼminlash, eʼtiqod qiluvchilarning
183
huquqini
himoya
qilish,
ularning
kamsitilishiga
yo‘l
qo‘ymaslikka
ko‘maklashishga qaratilgan.
2021-yil avgust oylarida O‘zbekistonning janubdagi qo‘shni davlati
Аfg‘onistonda siyosiy o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Ushbu jarayonda O‘zbekiston
hukumati tomonlarni murosa qilishga va afg‘on xalqining umummanfaatlaridan
kelib chiqib, siyosiy muloqot orqali ish ko‘rishga chaqirdi. O‘z navbatida, xalqaro
tashkilot va dunyo hamjamiyatini afg‘on inqirozini tinch yo‘l bilan hal etishga
chaqirib, aholiga ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatishga oid bir qator tashabbuslarni ilgari
surdi.
Shuni alohida ko‘rsatib o‘tish kerakki, O‘zbekistonning milliy manfaatlariga
mos keladigan puxta tashqi siyosatida jahon hamjamiyatiga qo‘shilish, xorijiy
mamlakatlar bilan siyosiy, diplomatik, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy
aloqalar o‘rnatish masalalari dolzarb vazifalar qatoriga kirdi. Shu bois O‘zbekiston
jahon iqtisodiyotida integratsiyalashish yo‘lidan borib, Jahon banki, Xalqaro
Valyuta
fondi,
Xalqaro
moliya
korporatsiyasi,
Iqtisodiy
taraqqiyotga
ko‘maklashuv tashkiloti va boshqa moliyaviy-iqtisodiy tashkilotlarga aʼzo bo‘lib
kirdi va ular bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yib oldi. Shu bilan birga O‘zbekiston
BMT doirasidagi ixtisoslashgan muassasalar – Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti,
Xalqaro Mehnat tashkiloti, Jahon intellektual mulk tashkiloti, BMTning bolalar
fondi, Xalqaro pochta ittifoqi, Elektr aloqasi bo‘yicha xalqaro ittifoq, Jahon
meteorologiya tashkiloti, Xalqaro olimpiada qo‘mitasi, Xalqaro avtomobilchilar
ittifoqi va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro aloqalarni tiklab oldi. Ularning
vakolatxonalari Respublikamizda ochildi va faoliyat ko‘rsatmoqda. BMTning
taʼlim, ilm-fan va madaniyat masalalariga ixtisoslashgan YuNESKO tashkiloti
bilan ham Respublikamiz o‘rtasidagi hamkorlik munosabatlari muhim ahamiyat
kasb etib bormoqda. Maʼlumki, O‘zbekiston 1993-yil YuNESKOga aʼzo bo‘lgan
edi. 1994-yilga kelib esa O‘zbekiston Respublikasining YuNESKO ishlari
bo‘yicha Milliy komissiyasi tashkil etildi va bu ham o‘zaro hamkorlik
samaradorligini oshirishda muhim qadam bo‘ldi. 1996-yilga kelib Toshkentda
YuNESKOning vakolatxonasi ochildi. Shu o‘tgan vaqtdan beri O‘zbekiston va
YuNESKO tashkiloti o‘rtasidagi aloqalar yildan-yilga kengayib bordi.
1996-yil O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti I.А.Karimov ham YuNESKO
qarorgohiga rasmiy tashrif bilan bordi. Bu tashrif chog‘ida I.А.Karimov
YuNESKO Ijroiya kengashining 149-sessiyasida nutq so‘zladi. YuNESKOning
Bosh direktori va Fransiya Prezidenti ishtirokida YuNESKO qarorgohida
“Temuriylar davrida fan, madaniyat va maʼrifatning gullab-yashnashi”
ko‘rgazmasini ochdi.
O‘zbekiston bilan YuNESKOning o‘zaro hamkorligining kengayshi
natijasida YuNESKO ishtirokida Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti
ochildi, 2000-yil 28-dekabrda esa Shahrisabz shahri YuNESKO ro‘yxatiga
kiritildi. Shahrisabz bu ro‘yxatga kiritilgan respublikamizdagi uchinchi shahar
bo‘ldi. Bunday aloqalar, o‘z navbatida, munosabatlarimizni yanada yuqori
pog‘onaga ko‘tarib, hamkorligimiz sohalarini kengaytirdi. Mustaqillik yillari
respublikada o‘tkazilgan barcha tadbirlarda YuNESKO ishtirok etmoqda. Xususan,
184
Аmir Temur tavallud topgan kunining 660 yilligi, Аhmad al-Farg‘oniy, Imom al-
Buxoriy, Jaloliddin Manguberdi kabi buyuk shaxslarning yubiley tantanalari,
Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yilligi, Samarqand shahrining 2750 yilligi,
Toshkent shahrining 2200 yilligi, Marg‘ilon shahrining 2000 yilligi, “Аlpomish”
dostonining 1000 yilligi kabi tadbirlar bevosita YuNESKO homiyligida o‘tkazildi.
Keyingi yillarda bu aloqalar yanada kengaymoqda.
Xususan, 2018-yil 8-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.M.Mirziyoyev Fransiya davlatiga bo‘lgan rasmiy tashrifi chog‘ida YuNESKO
Bosh direktori Odri Аzule bilan uchrashib, birgalikda O‘zbekiston bilan
YuNESKO aloqalarini rivojlantirishga qaratilgan 2021 yilgacha hamkorlik
dasturini imzoladilar. 2019-yil avgust oyining oxirgi o‘n kunligida YuNESKO
Bosh direktori Odri Аzule Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan XII xalqaro “Sharq
taronalari” musiqa festivalida bevosita ishtirok etdi.
Dostları ilə paylaş: |