Mavzuga oid o'rgatuvchi nazorat testlar: Qanday 2 kasallik tug`ruqdan keyingi septik infektsiyaning 1- bosqichiga taalluqlidir?



Yüklə 20.91 Kb.
tarix16.02.2017
ölçüsü20.91 Kb.
Mavzuga oid o'rgatuvchi nazorat testlar:

1. Qanday 2 kasallik tug`ruqdan keyingi septik infektsiyaning 1- bosqichiga taalluqlidir?

  1. Tug`ruqdan keyingi yara.

  2. Endometrit.

2. Qanday 5 kasallik tug`ruqdan keyingi septik infektsiyaning 2- bosqichiga taalluqlidir?

  1. Metrit.

  2. Parametrit.

  3. Salpingooforit.

  4. Pelvioperitonit.

  5. Tromboflebit.

3. Qanday 4 kasallik tug`ruqdan keyingi septik infektsiyaning 3- bosqichiga taalluqlidir?

  1. Tarqalgan peritonit.

  2. Endotoksinli septik shok.

  3. Anaerob gazli infektsiya.

  4. Jadallashayotgan tromboflebit.

4. Qanday 2 kasallik tug`ruqdan keyingi septik infektsiyaning 4- bosqichiga taalluqlidir?

  1. Metastazsiz sepsis.

  2. Metastazli sepsis.

5. Tug`ruqdan keyingi endometritning 5 ta simptomini sanab o'ting:

  1. Bachadon subinvolyutsiyasi.

  2. Tana haroratining oshishi.

  3. Qorin pastidagi og`riqlar.

  4. Tomir urishining tezlashishi.

  5. Sel-yiringli loxiyalar.

6. YUqori xavf guruhiga kiruvchi 5 ta guruhdagi homiladorlar va yangi tug`ilgan chaqaloqlarda septik kasalliklarni ko'rsating:

  1. Homiladorlik- surunkali infektsiya o'chog`i.

  2. Operatsiyadan keyingi homiladorlar va anamnezida septik kasalliklar.

  3. Ko'psuvlik va homiladorlik.

  4. Uzoq suvsizlik davri.

  5. Homiladorlik genital infektsiya bilan.

7. Tug`ruqdan keyingi septik kasalliklarni Sazonov - Bartels bo'yicha 4 ta bosqichini ko'rsating va ta`rif bering:

  1. I- bosqich– tug`ruqdan keyingi yoki endometriyda mahalliy infektsiya

  2. II- bosqich – infektsion - yallig`lanish jarayonining paydo bo'lishi va boshqa a`zolarga tarqalishi.

  3. III- bosqich – infektsiya og`irligiga qarab tarqalishi.

  4. IV- bosqich – tarqalgan infektsiya.

8.Tug`ruqdan keyingi septik infektsiyaning rivojlanishida 5 ta sababini ayting:

  1. Uzoq tug`ruq.

  2. 12 soat va bundan ko'p suvsizlik akusherlik jarrohliklari

  3. Tug`ruq yo'llarining jarohatlari.

  4. Surunkali infektsion kasalliklar.

9. Tug`ruqdan keyingi septik kasalliklar rivojlanishida 5 ta infektsiya kirish yo'lini sanang

  1. Oraliq jarohatlari.

  2. Qin devorlarining jarohati.

  3. Bachadon bo'ynining jarohati.

  4. Bachadon devorining jarohati tug`ruq va akusherlik operatsiyalaridan so'ng.

  5. Yo'ldosh maydonchasi.

10. Tug`ruqdan keyingi septik kasalliklarni chaqiradigan 5 ta mikroorganizmni ko'rsating.

  1. Anaerob infektsiya.

  2. Enterokokklar.

  3. Stafilokokk.

  4. Streptokokk.

  5. Yiringli tayoqcha.

11. Tug`ruqdan keyingi infektsiyaning 3 ta tarqalish yo'lini ayting

  1. Limfogen.

  2. Gematogen.

  3. Intrakanalikulyar.

12. Tug`ruqdan keyingi yara bo'lgan bemorlarning asosiy 3 ta shikoyatini ko'rsating.

  1. Jarohatlangan sohada qichishish sezish.

  2. Subfebril temperatura.

  3. Yiringli ajralma.

  4. YAra sohasida nekrotik to'qima shishi.

13. Boshlanayotgan mastitda bemorlarning 5 ta asosiy shikoyatini ayting.

  1. Qaltirash.

  2. YUqori temperatura.

  3. Holsizlanish.

  4. Bosh og`rig`i.

  5. Ko'krak-bo'yin sohasidagi og`riq.

15. Boshlanayotgan mastitda 4 ta ko'rinarli belgilar.

  1. Jarohatlangan teri sohasining qizarishi.

  2. Ko'krak bezlarining kattalashishi.

  3. Bezda qattiqlashgan qismlar aniqlanadi.

  4. Palpatsiyada og`riqliligi.

16. Mastit bosqichlarini sanang:

  1. Seroz (boshlanayotgan mastit).

  2. Infiltratli mastit.

  3. Yiringli mastit.

17. Mastitni davolash tamoyillari:

  1. Antibakterial terapiya flora sezgirligi bilan.

  2. Immunomodulyator dorilar.

  3. Dezintoksikatsion terapiya.

  4. Antigistamin dorilar.



18. Mastitni davolash tamoyillari:

  1. Antigistamin dorilar.

  2. Mastit bosqichlarida fizoterapevtik.

  3. Mahalliy davo: seroz – infiltrativ mastitda yog`li - malhamli kompress.

  4. Yiringli mastitda operativ davo.


19. Pelvioperitonitning asosiy simptomini sanang

  1. Taxikardiya.

  2. Qorinning pastki qismidagi shish va og`riq.

  3. Ko'ngil aynishi, qayt qilish.

20. Pelvioperitonitning asosiy simptomini sanang

  1. Tana temperaturasining yuqoriligi.

  2. Qaltirash.

  3. Qorin pastida og`riq.


21. Tarqalgan peritonitga xos 7 ta xarakterli belgilar ayting:

  1. Ichak falaji.

  2. Tilning qurishi.

  3. Haroratning oshishi.

  4. Leykotsitoz.

  5. SHetkin – Blyumberg simptomi musbat.

  6. Qayt qilish.

  7. Hidli suyuq va kam miqdordagi axlat.

22. Peritonitda qorin bo'shlig`i a`zolarini rentgenologik tekshirish:

  1. CHok sohasidagi shish.

  2. Ichak devorlarining qalinlashishi.

  3. Dinamik ichaklar tutilishida suyuqlikning o'z miqdorida bo'lishi.

23. Kesarcha kesish operatsiyasi o'tkazilgan infektsiyalangan qorin bo'shlig`ining 3ta mexanizmini ko'rsating:

  1. Uzoq suvsizlik davrida endometritda xorioamnionit operatsiyasi vaqtida qorin bo'shlig`ining infektsiyalanishi.

  2. Ichak devorlarining toksinlar, bakteriyalar ta`siridagi falaji.

  3. Infektsiyalangan qorinda bachadon choklarining nosozligi.

24. Peritonitda qon tahlildagi o'zgarishlar:

  1. Leykotsitoz o'sishi (oshishi).

  2. Leykotsitar formulaning surilishi.

25. Akusherlik peritonitining xirurgik peritonitdan farqi.

  1. Ichak falajining to'lqinsimon kechishi.

  2. Intoksikatsiya belgilarining erta paydo bo'lishi ( 2 – 3kun).

  3. Birinchi kuni qorin devorlarining ta`sirchanlik belgilari yo'qligi, 5 – 6 kuni bu begilarning namoyon bo'lishi.

26. Peritonitda kesarcha kesish operatsiyasidan so'ng bemorlarni boshqarish nimadan iborat?

  1. Peritonit turlariga ko'ra.

  2. Og`ir- engil kechishiga ko'ra.

  3. konservativ davoning samaradorligiga ko'ra.

27. Peritonitda operativ davoga ko'rsatma

  1. Konservativ davoning samarasizligi.

  2. Doimiy ichak falaji.

  3. Ichakning paralitik o'tkazuvchanligi.

  4. Qorin bo'shlig`idagi ekssudat.

  5. Intoksikatsiya belgilarining birdan oshishi.

28. Peritonitda operativ davo:

  1. Bachadon ekstirpatsiyasi bachadon naylari bilan.

  2. Qorin bo'shlig`i va pastki qismidagi yon cho'ntaklarini drenajlash.

  3. Tarqalgan peritonitda qorinning yuqori qismini drenajlash.

  4. Oshqozon - ichak yo'lining dekompresiyasi.

29. Peritonitda jadal kompleks terapiya.

  1. Infuzion - transfuzion terapiya.

  2. Mikrotsirkulyatsiya muvozanatinining buzilishi.

  3. DVS - sindromning oldini olish.

  4. Antibakterial terapiya o'tkazish, 2 – 3 ta antibiotiklar bilan flora sezgirligi aniqlangan holda .

  5. Immunoterapiya.

  6. Umumiy quvvatni oshiruvchi davo.

30. Peritonit profilaktikasi.

  1. Kesarcha kesishga ma`lum ko'rsatmalar va qarama - qarshi ko'rsatmalar.

  2. Kesarcha kesish operatsiyasi usulining zamonaviyligi.

  3. Tug`ruqni ratsional boshqarish.

  4. Genital va ekstragenital infektsiya o'choqlarini davolash.

  5. Ayollarni sog`lomlashtirish.

Каталог: syllabus -> Электрон%20модул%20Акушер45 -> ЭМ%20Акушерлик -> ЭМ%204%20davolash%20fak%20UZB
ЭМ%204%20davolash%20fak%20UZB -> Akusherlik qon ketishi
ЭМ%204%20davolash%20fak%20UZB -> Bachadon yirtilishi tasnifi
ЭМ%204%20davolash%20fak%20UZB -> Kesar kesish
ЭМ%204%20davolash%20fak%20UZB -> Homilani noto’g’ri joylashish-bunda homila bachadon o’qiga nisbatan notog’ri joylashadi
ЭМ%204%20davolash%20fak%20UZB -> 1. Yo’ldoshning oldinda kelishining qanday 3 turi bor?
ЭМ%204%20davolash%20fak%20UZB -> # Tug’ruq payti bachadon yirtilish sabablari
ЭМ%204%20davolash%20fak%20UZB -> 1. Neyrogumoral nazariya: ichki a`zolar va ichki sekretsiya bezlari faoliyatini buzilganligi natijasida moddalar almashinuvining neyrogumoral boshqarilishi ham izdan chiqadi, oqibatda qondagi oqsil, mikroelementlar, elektrolitlar
ЭМ%204%20davolash%20fak%20UZB -> Keys tug’ruq keying vaginal qon ketishda umumiy amaliyot shifokorining taktikasi qanday ekanligi muammosini hal qiladi Pedogogik annotatsiya
ЭМ%204%20davolash%20fak%20UZB -> I кейс «Muddatdanoldingitug’ruq» Kirish
ЭМ%204%20davolash%20fak%20UZB -> 1. Pielonefritda infektsiyaning o’tish yo’llari


Поделитесь с Вашими друзьями:


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2019
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə