111- xamshira guruhi Djurasheva Juldiz



Yüklə 1,11 Mb.
səhifə1/14
tarix02.01.2022
ölçüsü1,11 Mb.
#39103
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
AKUSHERLIK VA GENEKALOGIYADA HAMSHIRALIK ISHI FANIGA KIRISH AKUSHERLIK VA GENEKALOGIK YORDAM KO’RSATISH MUOSSALARDA TIBBIYOT HAMSHIRASINING O’RNI

AKUSHERLIK VA GINEKOLOGIYADA HAMSHIRALIK ISHI FANIGA KIRISH AKUSHERLIK VA GINEKOLOGIK YORDAM KO’RSATISH MUASSALARDA TIBBIYOT HAMSHIRASINING O’RNI

111- Xamshira guruhi

Djurasheva Juldiz

Akusherlik

  • Akusherlik – klinik tibbiyotning bir sohasi. Homiladorlik, tug‘ruq vaqtida va tug‘ruqdan keyin (chilla davrida) ayol organizmida sodir bo‘ladigan fiziologik va patologik jarayonlarni o‘rganadi. Asosiy vazifasi: tug‘ruqqa yordam berish, homiladorlik kasalliklari (mas, toksikozlar)da tug‘ruq, tug‘ruqdan keyin (tug‘ruq vaqtidagi shikastlar, qon ketishi va boshqalar) yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlarning oldini olish, aso-ratlar paydo bo‘lganda esa ayolga, homila va yangi tug‘ilgan chaqaloqqa tibbiy yordam ko‘rsatishning eng maqbul usullarini ishlab chiqishdan iborat. Bu vazifani kasalxonalar, tug‘ruqxonalar yoki qishloq vrachlik punktlarida akusher-vrach yoki akusherka bajaradi. A.– tibbiyotning qad. sohalaridan biri. Tibbiyotga oid qad. kitoblarda (mas, "Ayurveda") tug‘ruqqa yordam berishning ayrim usullari kel-tirilgan. Abu Ali Ibn Sino o‘zining "Tib qonunlari" asarida xotin-qizlar gigiyenasi va kasalliklariga, jumladan A. ka alohida bob ajratgan. Ilmiy A. 17–18-asrlardan boshlab anatomiya, em-briologiya, fiziologiya va klinik tibbiyot sohasidagi yutuqlar bilan bog‘liq holda rivojlanmoqda. A. bilan ginekologiya bir butun fandir. 19-asrda efir va xloro-formdan og‘riqsizlantirish maqsadida foydalanish, infeksiyaning tarqalish yo‘llari va unga karshi kurash usullarining kashf etilishi A.ning taraqqiy etishiga turtki bo‘ldi. A.da jarroxlik usullari keng qo‘llanila boshlandi. 20-asrda kimyo, fiziologiya, bakteriologiya va boshqa nazariy fanlar yutuqlarining A.da joriy etilishi A.ning bir qancha masalalarini, mas, homiladorlik fi-ziologiyasi va diyetetikasi, tug‘ruqni og‘riqsizlantirish, homiladorlarda ke-chadigan ayrim kasalliklar, toksikozlar, anemiya va boshqalarni chuqurroq anglash imkonini berdi. Oʻzbekiston Respublikasi da A. ijtimoiy masala darajasiga ko‘tarilib, ona va bolalikni muhofaza qiladigan juda ko‘p muassa-salar ishlab turibdi. A. oliy va o‘rta tibbiyot o‘quv yurtlarida fan sifatida o‘qitiladi.

Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin