111- xamshira guruhi Djurasheva Juldiz


TUG‘RUQ BLOKI Tug‘ruq xonalari (zallari)



Yüklə 1,11 Mb.
səhifə14/14
tarix02.01.2022
ölçüsü1,11 Mb.
#39103
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
AKUSHERLIK VA GENEKALOGIYADA HAMSHIRALIK ISHI FANIGA KIRISH AKUSHERLIK VA GENEKALOGIK YORDAM KO’RSATISH MUOSSALARDA TIBBIYOT HAMSHIRASINING O’RNI

TUG‘RUQ BLOKI

Tug‘ruq xonalari (zallari)

Tug‘ruq zalida xodimlar aseptika va antiseptika qoidalariga rioya qilgan holda ishlaydilar. Tug‘ruq zallari yaxshi tabiiy va sun’iy 24 yorug‘likka ega bo‘lishi, havo harorati 26 darajadan kam bo‘lmasligi (albatta, termometr bo‘lishi kerak), eshiklari yopiq bo‘lishi kerak.

Tug‘ruq blokida quyidagi xonalar bo‘lishini nazarda tutish kerak:

a) tuvaklarni yuvish va dezinfeksiyalash, kleyonkalarni yuvish,dezinfeksiyalash va quritish xonasi;

b) yo‘ldoshni vaqtinchalik saqlash uchun muzlatgich turadigan xona.

Individual tug‘ruq zalida kushetka, tug‘adigan ayol va tug‘ruq qabul qilish uchun krovatlar sterillangan bikslar qo‘yiladigan o‘rindiq, asboblar uchun stol, dori-darmonlar va tibbiy asboblar uchun javonlar, aylanadigan taburet, 1–2 ta stul, ko‘chma reflektor, extiyot yoritgichlar, tomchilab quyish uchun shtativlar. Barcha inventar oson ishlov beriladigan narsa bilan qoplangan bo‘lishi lozim. Elektr so‘rg‘ich, narkoz apparati, chiqindi materiallarni yig‘ish uchun 2 ta emallangan tog‘ora, qattiq inventar va jihozlarga ishlov berish uchun dezinfeksiyalovchi eritma solingan qopqoq bilan yopilgan emallangan raqamli idish, suv o‘tkazmaydigan materialdan qilingan fartuklar ham bo‘lmog‘i lozim.Dezinfeksiyalash uchun steril vetosh bir marta ishlatiladi, so‘ngra u yuviladi, quritiladi va sterilizatsiya bo‘limiga topshiriladi. Og‘riqsizlantirish va reanimatsiya yordami ko‘rsatish uchun zarur barcha vositalar, veneseksiya, o‘mrov osti vena qon tomiri punksiyasi, spinal, epidural va peridural og‘riqsizlantirish uchun steril to‘plamlar alohida saqlanishi kerak.


Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin