Mavzu: Yangi alifbo Reja


Analitik bosqich (o’qish)



Yüklə 56 Kb.
səhifə3/3
tarix11.03.2023
ölçüsü56 Kb.
#87362
1   2   3
Yangi alifbo

1. Analitik bosqich (o’qish). Savod o’rgatish jarayoniga to’g’ri keladi. Unda
bolalarda so’zlarni bo’g’inlab o’qish malakasi shakllantiriladi.
2. Sintetik bosqich (o’qish). Bu bosqichda so’zni sidirg’a o’qish malakasi
shakllantiriladi. Bunda so’zni ko’rish bilan uning tovush tomoni idrok qilinadi.
So’zning talaffuzi bilan ma’nosini anglash mos keladi. Sidirg’a o’qishga asosan
o’quvchilar 3-sinfda o’tadilar.
3. Avtomatlashgan o’qish. Bu o’qishda o’quvchi-kitobxon so’zning bosh qismiga
qarab o’qib ketaveradi. O’qishning keyingi yillariga to’g’ri keladi. 4-sinfda ba’zi
o’quvchilar o’qishi avtomatlashadi.
O’qish darslari shunday tashkil qilinishi kerakki, mazmunini tahlil qilish yaxshi
o’qish malakalarini takomillashtirishga yo’naltirilsin.
YAxshi o’qish malakasining sifatlaridan biri to’g’ri o’qishdir. To’g’ri o’qishga bir
nechta metodist olimlar ta’rif berganlar:
K.Qosimova: to’g’ri o’qish xato qilmasdan, yanglishmasdan o’qishdir. SHu ta’rifni
kengaytirib: to’g’ri o’qish so’zning tovush-harf tarkibini, grammatik shaklini
buzmasdan, so’zdagi biror tovush yoki bo’g’inni tushirib qoldirmasdan, ortiqcha
tovush yoki bo’g’in qo’shmasdan, harflarning o’rnini almashtirmasdan, so’zning
urg’usiga rioya qilib o’qish to’g’ri o’qishdir.
M.Odilova, T.Ashrapova: “Adabiy talaffuz normalariga qo’yilgan barcha talablar
to’g’ri o’qish ko’nikmasiga ham taalluqlidir”, deyishadi. Demak, ularning fikricha,
materialni adabiy talaffuz normalariga rioya qilgan holda o’qish to’g’ri
o’qish deyiladi.
Rus metodisti YAkovleva: “To’g’ri o’qish bu materialni tovush tomonidan xatosiz
va bir tekisda ravon nusxa ko’chirishdir”.
Har 3 ta ta’rifning mohiyati bir xil. YA’ni to’g’ri o’qish so’zning tovush tarkibini
grammatik shaklini buzmasdan, adabiy-orfoepik talaffuz normalari asosida
o’qishdir. Boshlang’ich sinf o’quvchilari to’g’ri talaffuz bilan matn ma’nosini
puxta sintez qilishga qiynaladilar. O’qish ko’nikmalarini takomillashtirish uchun
asar ustida ishlashni o’qitish bilan birga amalga oshirish zarur.
O’qish jarayonida xatolar turli sabablarga ko’ra kelib chiqadi:
1.So’zni talaffuz qilish bilan uning ma’nosini tushunish o’rtasida puxta sintez
bo’lmagani uchun, ya’ni bola oldin so’zni tovush tomonini ko’radi, uni talaffuz
qilishga harakat qiladi va ma’nosini e’tibordan chetda qoldiradi.
2.So’zlar ko’p bo’g’inli (murakkab bo’g’in tuzilishidagi so’zlarni o’qishda), ya’ni
so’zning tovush tarkibi murakkabligi uchun tez o’qiyman deb xatoga yo’l
qo’yadilar.
3.To’g’ri o’qish yorug’likka, matn shriftiga, bolaning ko’ruv sezgisiga ham
bog’liq.
To’g’ri o’qishni ta’minlash uchun o’qituvchi quyidagilarga rioya qilishi kerak:
1. Matnni o’qishdan avval o’qilishi qiyin, tuzilishi murakkab so’zlarni, birikma va
gaplarni aniqlashi, ular ustida ishlash usullarini belgilab olishi lozim.
2. Ma’nosi tushunarsiz so’zlarni aniqlashi.
3. Matnni yaxshi, o’rta, yomon o’qiydigan o’quvchilarga o’qitiladigan qismni
oldindan belgilab chiqishi.
4. O’qituvchi yoki sinf o’quvchilarining nazorati ostida o’qishni doimiy mashq
qildirishi.
5. Xato qilishi mumkin bo’lgan o’rinni belgilab olishi.
Xato o’qishni bartaraf etish:
1. Tuzilishi murakkab so’zlarni xattaxtaga yoki kartonga bo’g’inlarga bo’lib
yozish, oldin o’quvchilarga ularni bo’g’inlab, so’ng sidirg’a o’qishni mashq
qildirish.
2. So’z ma’nolarining sinonimini, antonimini keltirib yoki gap ichida qo’llab
tushuntirishi.
3. Xatcho’pdan foydalanish. Xatcho’p diqqati tarqoq bolaga, ko’ruv sezgisi past
o’quvchiga juda foydali.
4. Xato o’qishi mumkin bo’lgan o’rindan o’quvchini ogohlantirish.
5. Kesma harf va kesma bo’g’indan foydalanish.
6. To’g’ri o’qish uchun sharoit yaratish.
7. SHivirlab va ichda o’qishdan foydalanish
O’quvchilar yo’l qo’yadigan xatolar 2 xil:
1. So’z ma’nosini noto’g’ri anglashga olib keluvchi xatolar (urg’uni noto’g’ri
qo’yib o’qish tufayli).
2. So’zlarni o’qib olishga xalal beradigan xatolar.
Xatoni quyidagicha to’g’rilash usulidan foydalaniladi:
1.So’z oxiridagi qo’shimchani noto’g’ri o’qisa, o’qishdan to’xtamasdan to’g’rilash.
2.O’qish paytida gapning mazmuni buzilib ketsa, o’qib bo’lgach qaytadan o’qitish
yo’li bilan to’g’rilash.
Savol va topshiriqlar:
O’qish turlarini ayting.
O’qish darslarining ta’lim-tarbiyaviyahamiyati nima?
YAxshi o’qish malakasi sifatlarini ayting.
o’qish malakalaring rivojlanishida yaxshi o’qish malakasi sifatlari o’rnini ayting.
Tayanch iboralar: o’qish, tez, to’g’ri, ongli, ifodali o’qish, analitik (bo’g’inlab),
sintetik (sidirg’a), avtomatlashgan (birdaniga bir nechta so’zni ko’rish) o’qish, so’z
ma’nosi, izohli o’qish, ichdan, ovoz chiqarib o’qish, tanlab o’qish.
Yüklə 56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin