Mavzu. Tayyor mahsulot va uning sotilishini hisobga olish



Yüklə 47,9 Kb.
səhifə4/7
tarix01.06.2023
ölçüsü47,9 Kb.
#121522
1   2   3   4   5   6   7
Mavzu. Tayyor mahsulot va uning sotilishini hisobga olish

15.3.1-jadval
so’m




Debet-lanuvchi
schyot

Kreditlanuvchi va
debetlanuvchi schyotlar

Jami




joriy oy uchun qaydnoma bo’yicha

o’tgan oy uchun qaydnoma bo’yicha

5110 -

4010 -


2810-schyotning kreditidan (mahsulot sotish bo’yicha oborot shaklida aks ettirilmagan summa) quyidagi schyotlarning debetiga:
«Hisob-kitob schyoti»
9010-schyotning kreditidan quyidagi schyotlarning debetiga:
«Xaridorlar va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar»

9600
726272







Jami

735872




B. Mahsulotni qaytarilishi bilan bog’liq bo’lgan taqdim etilgan summalarni kamaytirish tartibidagi hisobdan chiqarishlar.


D. Hisob guruhlari bo’yicha to’lanmagan va hisobdan chiqarilmaganlar.
15.3.2-jadval
so’m

Hisob guruhlari

Tayyor mahsulot uchun

Transport xarajatlari

To’lanmadi:







Joriy oy uchun qaydnoma bo’yicha

110600

1380

Oldingi oy uchun qaydnoma bo’yicha







Shu jumladan:







Mahsulot xaridorning mas’uliyatli saqlashida qolganligi uchun hisobdan chiqarilmadi:







Joriy oy uchun qaydnoma bo’yicha







Oldingi oy uchun qaydnoma bo’yicha







Joriy oy uchun 3 – jadval bo’yicha jami 847852

Qaydnomaning III- bo’limi taqdim etilgan schyotlar bo’yicha umumiy summasini ko’rsatib oy oxirida to’ldiriladi va u uch qismdan iboratdir:


A- to’lanishi va hisobdan chiqarilishi; B- mahsulot qaytarilganligi uchun hisobdan chiqarilishi; D- to’lanmagan, hisobdan chiqarilmagan. Bu bo’lim 2810 va 9010 schyotlarning kredit oborotlarini II- jurnal -orderida to’liq aks ettirilganligi va 2810 schyot bo’yicha keyingi oyga qolgan qoldiqni to’g’ri hisoblab chiqilganini nazorati uchun xizmat qiladi.
Mahsulot sotish bilan bog’liq bo’lgan xo’jalik operatsiyalarining majmui sotish jarayoni deyiladi. Mahsulot sotish jarayonini rejalashtirish korxonani buyurtma bilan ta’minlashdan boshlanadi. Unga binoan ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish asosi bo’lgan nomenklatura bo’yicha reja tuziladi. Buyurtmalarda mahsulotlarning assortimenti, yuklab jo’natish muddati, miqdori va sifati, narxi, hisoblashish shakllari ko’rsatilgan bo’lib buyurtmachi va mol yuboruvchilar bilan kelishib olinadi.
Mahsulot uchun pul xaridorlardan hisob – kitob schyotiga kelib tushgan sanada sotildi deb hisoblanadi (kassa usuli) yoki yuklab jo’natilgan, topshirilgan mahsulotlar, bajarilgan ishlar, xizmatlar uchun hujjatlar bankka topshirilgan sanada sotildi deb hisoblanadi (hisoblash usuli). Ikkala usulda ham sotilgan mahsulot (ish, xizmatlar) 9010 «Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar», 9020 «Tovarlarni sotishdan daromadlar», 9030 «Ishlar bajarilgan va xizmatlar ko’rsatishdan daromadlar» schyotlarida hisobga olinadi. Sotilgan tovarlarni qaytarilishi va xaridor va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar 9040 «Sotilgan tovarlarning qaytishi» va 9050 «Xaridorlar va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar» - schyotlarida hisobga olinadi. Bu schyotlarning xususiyatlari shundan iboratki, ularning debeti va kreditida bir hajmda (miqdorda) gi sotilgan mahsulot (ish, xizmat) lar bir xil summada aks ettiriladi.
9010, 9020 va 9030 schyotlarning kreditida 4010 «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» schyoti bilan korrespondentlashgan holda mahsulot (ish va xizmat) lar sotishdan tushadigan sof tushum aks ettiriladi. Bu schyotlarda xaridorlarga jo’natilgan mahsulot (ish va xizmat) lar bo’yicha hisoblangan aksiz solig’i va QQS summalari aks ettirilmaydi, balki quyidagi provodka bilan 4010 «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» schyotida aks ettiriladi:
Dt 4010 «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» jo’natilgan mahsulotlar uchun, aksiz solig’i va QQS summasi qo’shilgan holda, xaridorlardan olinadigan jami summaga.
Kt 6410 «Budjetga to’lovlar bo’yicha qarz (turlari bo’yicha)» hisoblangan aksiz soliђi va QQS summasiga.
Kt 9010 «Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar» mahsulot sotishdan tushadigan sof tushumga.
9010, 9020 va 9030 schyotlarning kreditida aks ettirilgan summa oy oxirida 9910 «Yakuniy moliyaviy natija» schyoti bilan korrespondentlangan holda yopiladi.
Hisoblash usulida, ya’ni mahsulotni topshirish (yuklab jo’natish), ish va xizmatlarni bajarish fakti sotildi deb hisoblanganda 4010 «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» schyoti qo’llaniladi. Bu schyot aktiv bo’lib, uning saldosi buyurtmachiga topshirilgan mahsulotlar, ishlar, xizmatlarning to’lanmagan sotish qiymatini ko’rsatadi; debet oboroti hisobot oyida topshirilgan mahsulot, bajarilgan ish va xizmatlarning sotish qiymatini, kredit oboroti esa hisobot oyida xaridorlar tomonidan to’langan summani ko’rsatadi. Quyida mahsulot sotish operatsiyalarini schyotlarda aks ettirish sxemasi keltiriladi.

Yüklə 47,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin