Mavzu. Tayyor mahsulot va uning sotilishini hisobga olish



Yüklə 47,9 Kb.
səhifə5/7
tarix01.06.2023
ölçüsü47,9 Kb.
#121522
1   2   3   4   5   6   7
Mavzu. Tayyor mahsulot va uning sotilishini hisobga olish

15.3.3-jadval
«Asosiy (operatsion) faoliyatning daromadlarini hisobga oluvchi schyotlar» korrespondensiyasi (9000)

D-t







Kt

Korrespondentlanuvchi schyotlar

Schyotlarning krediti

Schyotlarning debeti

4010, 4110-

4010, 4110-


9910-



Kreditga sotilgan tovarlarning qaytarilishi (debet 9040)
Sotilishidan va narxidan berilgan chegirmalar
(debet 9050)
Oy oxirida sotishdan olingan sof tushumning hisobdan chiqarilishi

Yuklab jo’natilgan mahsulot, bajarilgan ish va xizmatlar uchun to’lanadigan summa
Mahsulot, ish va xizmatlar naqd pulga sotilganda
Qisqa va uzoq muddatli investitsiya tarzida boshqa tashkilotlarga o’tkazib berilgan mahsulotlar summasiga
O’z kapital qurilishi uchun ko’rsatilgan xizmatlar summasiga
Ichki xo’jalik ehtiyojlari uchun sarflangan mahsulot va ko’rsatilgan xizmatlar summasiga
Mehnat haqi yuzasidan xodimlarga berilgan mahsulot va xizmatlar summasiga
Mahsulot bilan to’langan dividendlar summasiga
Hisobot davri oxirida 9040 va 9050 – schyotlarining yopilishi

- 4010,
4110


- 5010,
5020
- 5810,
0610
- 0890
-0810 - 0890,
2320, 2510, 9410 - 9450

- 6710
- 6610


- 9900


Yuklab jo’natilgan va sotilgan mahsulotlarning turlari bo’yicha sintetik hisobi 11- jurnal–orderida yuritiladi. Bu jurnal- order 2810, 9410, 9010, 9020, 9030, 9210, 9220, 4010 - schyotlarning kredit oborotlarini va 9010, 9020, 9030 - schyotlarining analitik ma’lumotlarini yozish uchun tayinlangan. 11 - jurnal–order 15 va 16 - qaydnomalarning analitik ma’lumotlariga asosan to’ldiriladi. Quyida 11- jurnal–orderining shakli keltiriladi.


11 – jurnal-order


So’m hisobida

Schyotlar krediti
Schyotlar debeti

2810

9410

9010

9020

6410

Jami

2810 «Yuklangan tovarlar»

432800













432800

4010 «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar»




2832

440108







442940

5010 «Milliy valutadagi pul mablag’lari»







9600

565300

160972

735872

jami

432800

2832

449708

565300

160972

161612

Yuklab jo’natilgan mahsulotlar hajmidagi yil boshidan jamlanuvchi oborotlari haqiqiy tannarxni taqdim etilgan schyotlar summasiga bo’lgan foiz nisbatini hisoblash uchun foydalaniladi. Bu nisbat 100% dan kam bo’lishi kerak, chunki u korxonaning mahsulot sotishdan tushgan tushumidagi haqiqiy xarajatlar ulushini ko’rsatadi. Qolgan qismi foyda ulushini ko’rsatadi. Korxona bo’yicha foiz nisbati 82,0 (2520000 x 100 : 3068000).


Demak, sotishdan tushgan tushumning qariyb 18% ini foyda tashkil etadi. Ushbu ko’rsatkich nafaqat reja bajarilishini tahlil qilishda, balki oy oxiriga qolgan yuklab jo’natilgan mahsulotlar, bajarilgan ish va xizmatlarning haqiqiy tannarxini hisoblashda katta ahamiyatga ega. Buning uchun barcha schyotlar bo’yicha oy oxiriga to’lanmagan sotish qiymatidagi summani foiz nisbatiga ko’paytiriladi. Koxonada haqiqiy tannarx bo’yicha qoldiq 90692 so’mga teng (110600 x 82,0 : 100).
11-jurnal–orderning analitik ma’lumotlari bo’yicha foyda summasiga buxgalteriyada 15 - jurnal–orderga yozish uchun quyidagi korrespondentlanuvchi schyotlarni ko’rsatib ma’lumotnoma tuzadi: Dt 9010, 9020, 9030- schyotlar, Kt 9910 «Yakuniy moliyaviy natija» schyoti.
Xaridorga mahsulot yuklab jo’natishdan oldin ulardan mahsulot qiymatining eng kamida 15 % bo’nak to’lovlari tariqasida qabul qilinishi lozim.2[31]
Olingan bo’naklarning sintetik hisobi 6310 «Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo’naklar» schyotida yuritiladi. Bu schyot moddiy qiymatliklarni yetkazib berish uchun yoki bajarilgan ishlar uchun olingan avanslar bo’yicha, shuningdek buyurtmachilar uchun bajarilgan qisman tayyor bo’lgan mahsulot va ishlarni to’lash bo’yicha olib boriladigan hisob – kitoblar to’g’risidagi axborotni umumlashtirish uchun tayinlangan.
Olingan bo’naklar summasi, shuningdek qisman tayyor bo’lgan ishlar va xizmatlar uchun olingan to’lanmalar, pul mablag’larini hisobga oladigan schyotlar (5010, 5110, 5210) ning debeti va 6310 «Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo’naklar» schyotining kreditida aks ettiriladi.
To’la tayyor buyumlar, materiallar va bajarilgan ishlar uchun mol oluvchi (buyurtmachi)larga schyotlar taqdim etilganda, ushlab qolinadigan olingan bo’nak summalari va qisman tayyor bo’lgan mahsulot va ishlar bo’yicha olingan to’lanmalar 6310-schyotning debetida va 4010 «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» schyotining kreditida aks ettiriladi. 6310 - schyot bo’yicha analitik hisob har bir kreditor bo’yicha yuritiladi.

Yüklə 47,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin