Mavzu: tanlov savdolari



Yüklə 5,15 Mb.
səhifə1/5
tarix21.10.2023
ölçüsü5,15 Mb.
#158467
  1   2   3   4   5
7-Mavzu Tanlov savdolari

MAVZU: TANLOV SAVDOLARI

  • REJA:
  • 1. Tanlov tushunchasi va uni o‘tkazish mezonlari
  • 2. Tanlov o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish
  • 3. Tanlovda ishtirok etish tartibi
  • 4. Tanlov ishtirokchilarining takliflarini ko‘rib chiqish va baholash
  • 5. Tanlov natijalari bo‘yicha shartnoma tuzish va uni bajarish tartibi
  • Tanlov savdolari orqali xarid qilish tartib-taomillarining huquqiy asoslari
  • - O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-aprelda qabul qilingan “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va o‘tkazish tartibini belgilaydi.
  • - O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 15-maydagi 185-son buyrug‘iga asosan “Xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom asosida amalga oshiriladi.
  • TANLOV TUSHUNCHASI
  • Tanlov - deganda shartnomani bajarish bo‘yicha eng yaxshi shartlarni taklif qilgan ishtirokchi g‘olib deb topiladigan xarid qilish tartib-taomilini amalga oshirishning turi tushuniladi.
  • Davlat xaridi to‘g‘risidagi axborot davlat buyurtmachisi tomonidan maxsus axborot portaliga tanlov o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e’lonni va tanlov hujjatlarini joylashtirish orqali cheklanmagan doiradagi shaxslarga ma’lum qilinadi.
  • Portalda joylashtiriladigan reja-jadval quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi kerak:
  • - xarid predmeti;
  • - xarid o‘tkaziladigan oy;
  • - buyurtmachining nomi va manzili;
  • - xarid predmetini moliyalashtirish
  • manbalari;
  • - tovarlarni yetkazib berish, ishlarni
  • bajarish va xizmatlarni ko‘rsatish joyi
  • (manzili), muddatlari va shartlari.

Tanlov vositasidagi davlat xaridi quyidagi shartlar bir vaqtning o‘zida bajarilgan taqdirda amalga oshiriladi:

  • tovarning (ishning, xizmatning) batafsil va aniq ta’rifini ta’riflash imkoniyati mavjud;
  • g‘olibni aniqlash mezonlari tovar (ish, xizmat) davlat xaridining nafaqat pul ifodasiga, balki miqdoriy va sifat bahosiga ham ega bo‘ladi.
  • Korporativ buyurtmachilar tomonidan quyidagi hollarda tanlov orqali xaridlar amalga oshiriladi:
  • tovar qiymati bir shartnoma bo‘yicha bazaviy hisoblash miqdorining 5000 baravaridan 25000 baravarigacha bo‘lgan miqdorni;
  • xizmatlarning, ishlarning qiymati bir shartnoma bo‘yicha bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravaridan 25000 baravarigacha bo‘lgan miqdorni tashkil etganda.

Yüklə 5,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin