Mavzu: soʻz turkumlarini o’qitishda interfaol metodlarni qo’llash



Yüklə 364,5 Kb.
səhifə2/3
tarix29.12.2022
ölçüsü364,5 Kb.
#78116
1   2   3
Mavzu So z turkumlari Reja So’z turkumlari haqida ma’lumot

1. So’z turkumlari haqida ma’lumot
Soʻz turkumlari — tildagi soʻzlarning ularda umumiy kategorial maʼnoning (maye. otlarda predmetlik, feʼllarda harakatholat), grammatik kategoriyalar yagona tizimining , oʻziga xos soʻz oʻzgarish, shakl va soʻz yasalish tiplarining , sintaktik vazifalar umumiyligining mavjudligiga qarab ajratiladigan guruxlari (Baʼzi adabiyotlarda "soʻzlarning leksikgrammatik kategoriyalari" deb ham ataladi). Demak, soʻzlarni guruhlarga, turkumlarga ajratishda asosan ularning sintaktik, morfologik va maʼnoviy (semantik) xususiyatlarining oʻxshashligi hisobga olinadi. St. avvalo 2 asosiy guruhga boʻlinadi: mustaqil Soʻz turkumlari va mustaqil boʻlmaganS. t. Birinchi guruhga oʻzbek tilida mustaqil soʻzlar, ikkinchi guruhga esa yordamchi soʻzlar, undovlar, tatslid soʻzlar va modal soʻzlar kiradi. Mustaqil soʻzlar lugʻaviy maʼnoga ega, nominativ vazifa bajaradigan, yaʼni predmet, hodisa, belgi, harakat kabilarni ataydigan yoki unga ishora qiladigan va gapning mustaqil boʻlagi vazifasida kela oladigan soʻzlardir.
Soʻzlar jumlada egallagan pozitsiyalariga koʻra ham tasnif qilinishi mumkin. Gapda bir xil sintaktik pozitsiyada tura oladigan yoki bir xil sintaktik vazifa bajara oladigan soʻzlar bir Soʻz turkumlariga kiritiladi. Bunda sintaktik vazifalarning yigʻindisigina emas, balki ushbu vazifalardan har birining muayyan St. ga xoslik darajasi ham muhimdir. Bu vazifalar birlamchi va ikkilamchi turlarga boʻlinadi. Mas, oʻzbek tilida, boshqa bir qancha tillarda boʻlganidek, ot va feʼl turkumidagi soʻzlar oʻrni bilan ega vazifasida ham, kesim vazifasida ham kela oladi, lekin feʼl uchun kesimlik vazifasi birlamchi, egalik vazifasi ikkilamchi hisoblanadi. Xuddi, shuningdek, otlar uchun egalik vazifasi birlamchi, kesimlik vazifasi esa ikkilamchi hisoblanadi.
Har bir soʻz turkumi oʻziga xos grammatik kategoriyalar toʻplami bilan ajralib turadi. Bu kategoriyalar (mas, otlardagi kelishik, egalik, son; sifatlardagi daraja; feʼllardagi shaxsson, mayl, nisbat va boshqalar) har bir Soʻz turkumlari dagi aksariyat suzlarga tegishli buladiki, bu narsa suzlarni turkumlarga ajratishning morfologik mezoni sanaladi.
Hozirgi maktab grammatikalaridagi St. tizimi, yaʼni suzlarni turkumlariga ajratish qad. davrlarga borib taqaladi. Mil. av. 4-a.da Aristotel St.ni 7 ga, mil. av. 5-a.da hind tilshunoslari Yaska, Panini 4 ga boʻlganlar. Keyinroq, mil. av. 2—1-a.larda aleksandriyalik filologlar Frakiyalik Dionisiy, Apolloniy Diskol, rimlik Varronlar aralash morfologik, semantik va sintaktik asoslarda 8 ga (otism, feʼl, ravish, sifatdosh, artikl, olmosh, kumakchi, bogʻlovchi) boʻlganlar. Bunda ismlar oʻz navbatida ot, sifat va son guruhlarini qamrab olgan. Soʻz turkumlarining bu tizimi maʼlum darajada arab grammatik anʼanalariga ham taʼsir koʻrsatgan: arablar ham feʼldan boshqa mustaqil suzlarni "ism" termini bilan ataydilar. Keyingi davrlarda (urta asrlar va 19—20-a.larda) yevropa va rus tilshunosligida bu borada bir qancha tasniflar amalga oshirilgan bulsada, ular koʻpincha aleksandriyaliklar tasnifiga tayangan holda bajarilgan. Turli tillarda St. soni va ayrim turkumlarning hajmi turlichadir. Mas, St. soni hozirgi rus tilida koʻpincha 10 ta deb, oʻzbek tilida esa 10—12 ta deb (turli darsliklar) kursatiladi. Bular 6 ta mustakdl (ot, sifat, son, olmosh, ravish va feʼl), 3 ta yordamchi (koʻmakchi, bogʻlovchi, yuklama) va 3 ta alohida (undovlar, taklid soʻzlar, modal suzlar) St. dir. St. sonining barkarorlashmaganligi kelgusida bu sohada yangi izlanishlar olib borish zarurligini kursatadi.
So‘z turkumlari tasnifi
So‘zlarning lug‘aviy va grammatik ma’no jihatdan o‘xshashligiga ko‘ra ayrim leksik - grammatik guruhlariga ajratilish so‘z turkumlari deyiladi. So‘zlarni turkumlarga ajratishda ularning grammatik ma’no-lari bilan bir qatorda, lug‘aviy ma’nosi ham asosiy belgilardan hisob-lanadi. Ham grammatik, ham leksik ma’nolarga ega bo‘lib, gapda mustaqil sintaktik bo‘lak sifatida ishtirok etadigan so‘zlar mustaqil so‘zlar deyiladi. Mustaqil so‘zlarga: ot, sifat, son, olmosh, fe’l, ravish kiradi.
Shuni ham ta’kidlash joizki, tilimizdagi ba’zi mustaqil so‘zlar ham nutq jarayonida o‘zining mustaqil lug‘aviy ma’nosini yo‘qotib, gram-matik ma’no ifodalashga xoslangan holda, yordamchi so‘z vazifasiga o‘tishi mumkin. Bu hodisa tilshunoslikda grammatikalizatsiya deb yuritiladi. Masalan: ko‘rib qolmoq, bilib olmoq, xafta ichi kabi birikmalardagi qol, ol, ich so‘zlari o‘zining mustaqil lug‘aviy ma’nosni yo‘qotgan holda yordamchi so‘z sifatida qo‘llangan.
Mustaqil leksik ma’noga ega bo‘lmaydigan, gap bo‘lagi vazifasini bajara olmaydigan, biroq so‘z va gaplarni o‘zaro bog‘lash yoki ularga qo‘shimcha ma’no nozikligi kiritish (yuklash) uchun xizmat qiladigan so‘zlar yordamchi so‘zlar deyiladi. Yordamchi so‘zlar umumiy vazifalarga ko‘ra uch turli bo‘ladi:1) ko‘makchi; 2) bog‘lovchi; 3) yuklama.
Undov, taqlid va modal so‘zlar esa, yordamchi so‘zlarning alohida guruhini tashkil etadi. Chunki undov va taqlid so‘zlar gap bo‘lagi sifatida ham, mustaqil so‘z-gap sifatida ham qo‘llanadi. Ayni paytda mustaqil so‘zlarning yasalishida ham ishtirok eta oladi. Biroq bu so‘zlar harakat va hodisaning atamasi bo‘la olmasligi, ya’ni lug‘aviy ma’no ifoda eta olmasligi bilan yordamchi so‘zlarga o‘xshashdir. Shuning uchun ham undov, taqlid, modal so‘zlarning har biri o‘ziga xos xususiyatlari bilan alohida - alohida turkumni tashkil etadi.
Ko‘rinadiki, so‘zlarni turkumlarga ajratishda, birinchidan, lug‘aviy ma’no, ikkinchidan, morfologik shakl, uchinchidan, biror sintaktik vazifa bajarish xususiyati, to‘rtinchidan, qo‘llanish qurshovi (distributsiyasi) e’tiboridan kelib chiqiladi. Shunga ko‘ra so‘zlarning hozirgi o‘zbek tilidagi turkumlari: 1) ot, sifat, son, olmosh, fe’l, ravish kabi mustaqil so‘zlar; 2) ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklama kabi yordamchi so‘zlar; 3) modal so‘zlar, taqlid so‘zlar, undov so‘zlar kabi alohida yordamchi so‘zlar guruhidan iborat..


BUKLET




So’z Turkumlari


Leksema ham serqirra mohiyatli lisoniy birlik, uning tasnifida bu jihat asosiy diqqat markazida turishi lozim. Chunki leksemaning har bir qirrasi alohida bir tasnifga asos bo‗ladi. Uning har biri o‗z o‗rnida ahamiyatli. So‗z turkumlarida leksika va grammatika, lison va nutq, til va borliq munosabatlari shunday qorishadiki, bu murakkab holat ularni tasniflashni murakkablashtiradi. So‗z leksika uchun ham, grammatika uchun ham asosiy va zaruriy birlik. Modomiki, so‗z turkumlari o‗zida u yoki bu belgisiga ko‗ra ajratilgan so‗z guruhlari ekan, guruhga ajratishga doir muammolarni leksika, morfologiya va sintaksis bilan shug‗ullanuvchi tadqiqotchilar o‗zlaricha hal etadi. Bundagi ilmiy 16 bahslar, avvalo, turkumlarga ajratish mezonlari, ajratiluvchi guruhlar soni va ularning tarkibi masalasi. Boshqacha aytganda, tilshunosligimizda asosiy e‘tibor so‗z turkumlari tasnifiga qaratilib, boshqa bir muhim masala – so‗z turkumlarining o‗zaro munosabati, ularning kesishuv nuqtalari, yaqinlashuvi va uzoqlashuvi ko‗pincha nazardan chetda qoladi. So‗z turkumi soni va tarkibini aniqlashda dunyo tilshunosligida bo‗lgani kabi, o‗zbek tilshunosligida ham, so‗zlarning semantik, morfologik va sintaktik xususiyatini inobatga olish keng tarqalgan. Biroq amaliyotda so‗z turkumlarini ajratishda, asosan, ularning semantik xossasiga tayanish urf bo‗lgan. Ayrim tilshunoslar tomonidan tasnifda ma‘noviy belgi bosh va yagona asos sifatida qaraladi. Ba‘zilar esa mezon sifatida mazkur uch belgini tan olgani holda so‗zlarni ma‘noviy va sintaktik belgilari asosidagina guruhlashadi. So‗z turkumlarining birbiriga o‗tishi, leksik va leksik-grammatik omonimiya masalasi esa bunda har xil qarama-qarshilik va ikkilanishlar yuzaga kelishiga sabab bo‗ladi. So‗z guruhlariaro munosabatlarning ochilishi u yoki bu belgi asosida so‗z turkumining muayyan turini ajratishga, tasnifini berishga olib keladi. Shuning uchun mantiqiy qarama-qarshilikdan qochish maqsadida formal mantiqning borliq hodisasini tasniflashga qo‗yadigan asosiy talabidan biri bo‗lgan «tasnifni faqat bir mezon asosida amalga oshirish, tasnifning ikki belgisini bir paytning o„zida qo„llab, ularni qorishtirmaslik» qoidasiga qat‘iy rioya qilish lozim. Shunday qilib, so‗zlar semantik, morfologik va sintaktik belgisi asosida tasnif qilinishi maqsadga muvofiq. Bu uch belgi har bir so‗zda dialektik birlikni tashkil etadimi, degan savol tug‗ilishi tabiiy. Boshqacha aytganda, ma‘lum bir semantikada ma‘lum bir morfologik belgi va sintaktik xususiyat mujassamlashganmi? Masalan, predmetni ifodalovchi so‗z (ya‘ni predmetlik ma‘nosi) son, kelishik, egalik ma‘nolariga, shuningdek, subyekt, obyekt vazifalariga egami? Dalillar shuni ko‗rsatadiki, ular subyekt, obyekt vazifalarida keladi. Shu bilan birgalikda, atributiv vazifada kelib, predmetning belgisini (tilla uzuk, qum soat), belgining belgisini (tovushdan tez, yovdan xavfli) bildiradi. Belgi 17 ma‘noli so‗z egalik, kelishik affikslarini olishi, gapda subyekt, obyekt vazifalarida kelishi mumkin (Olmaning qizili pishdi, gullarning oqidan terdi kabi.) Semantik-morfologik-sintaktik belgilar birligi asosida tasniflash tarafdorlari bunda yo omonimiya, yo substantivatsiya (otlashish) hodisasini ko‗radilar. Chunki bu so‗zlarda belgi ham, predmetlik ham mushtarak. So‗zlarning bayon etilgan semantik xususiyatlari, ya‘ni «belgilik» va «predmetlik» ma‘nosining birligi shuni ko‗rsatadiki, so‗zlarning egalik, kelishik, kesimlik affikslari hamda ma‘lum bir sintaktik vazifa bilan to‗g‗ridan-to‗g‗ri aloqasi yo‗q. Takror bo‗lsa-da, aytish joizki, egalik, kelishik, kesimlik affikslari, shuningdek, gapda ma‘lum bir sintaktik vazifa bajarish biror so‗z turkumi uchun xususiylashmagan. To‗g‗ri, ayrim so‗zlar faqat predmetni bildirsa-da, belgi ifodalamaydi (masalan, atoqli otlar), ba‘zilari esa predmetga ishora qilmasdan, faqat belgi, miqdor (masalan, [ko‘p], [oz], [bir], [ikki]) ifodalashi mumkin. Bu yuqoridagi fikrga monelik qila olmaydi. Chunki ular juda oz miqdorda bo‗lib, ular «predmetlik va belgilik mushtarakligi maydoni»ning chekkasidan o‗rin oladi. Chegaradan o‗rin egallovchi bunday so‗zlar tasnifda, albatta, qiyinchilik tug‗diradi. Shu boisdan ular sun‘iy ravishda u yoki bu turkumga kiritib yuboriladi. Holbuki, bunday birliklarning o‗rni ajratilayotgan so‗z turkumlarining sarhadida. Shu boisdan tilshunos L.V.Sherba shunday yozadi: «Faqat guruhlar markazidagi birliklar aniq. So‗z turkumlari chegarasidagi oraliq birliklar esa hamisha u yoq-bu yoqqa tebranib turadi. Ana shu noaniq, xira va tebranib turuvchi holat tilshunosning diqqatini ko‗proq o‗ziga jalb etmog‗i lozim»[16]. Agar so‗zda semantik, morfologik va sintaktik belgi butunlikni tashkil etmas ekan, bunda ular tasnif asosi bo‗lib xizmat qila olmaydi. Zero ziddiyatsiz bo‗lish, guruhlash faqat bir asosda amalga oshiriladi. Shuning uchun ayrim manbalarda, darslik va qo‗llanmalarda mualliflar so‗zlarni uch belgi birligi asosida tasnif qilishib, asosan, ulardan biriga yetakchi, asosiy mezon sifatida tayanishadi, shu bilan birgalikda, bir tasnifning o‗zida tasnif asosini bir necha marta almashtirishadi. Deylik, o‗zbek tilidagi so‗zlar tasnifida morfologik belgi yetakchilik qiladi. Shu boisdan taqlidlar mustaqil so‗zlarning barcha belgilariga 18 ega bo‗lsa-da, morfologik o‗zgarmas so‗z bo‗lganligi uchun nomustaqil so‗zlar sirasiga kiritib yuborilgan. Yoki gap bo‗laklari sintaktik belgi asosida tasnif etiladi, biroq an‘anaviy yondashuvda ergash gapli qo‗shma gaplar bo‗linishida tasnif sintaktik belgi asosida boshlanib, semantik belgi bilan yakunlanadi. Ta‘kidlash kerakki, qayd qilingan uch mezondan hammasi ham so‗z guruhlarini belgilashda bir xil mavqega ega emas. Bu, avvalo, so‗zlarning sintaktik vazifalarida yaqqol ko‗zga tashlanadi. Chunki biror bir sintaktik vazifani bajarish imkoniyati barcha mustaqil so‗z turkumida mavjud. Bu vazifa so‗z turkumlarini farqlash uchun emas, aksincha, ularni tenglashtirish uchun xizmat qiladi. Sintaktik vazifa nuqtayi nazaridan mustaqil va yordamchi so‗zlar ajraladi, xolos. Ammo bunda ham yordamchi so‗z vazifasida qo‗llanadigan ot yoki fe‘l haqida gap ketganda chalkashlik vujudga keladi. Nomustaqil so‗zlarning ichki tasnifida ularning sintaktik vazifalarini inobatga olish muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, muayyan sintaktik munosabatni ifodalash ularning mohiyatini, kategorial ma‘nosini tashkil etadi. Morfologik tasnifda so‗zlarning ikki muhim jihati e‘tiborga olinadi: so‗zlarning shakl yasalishiga potensial imkoniyati va muayyan grammatik kategorial ma‘no ifodalanishining ma‘lum bir so‗z guruhlari bilan bog‗liqligi. Birinchi jihatga ko‗ra morfologik o‗zgaruvchi va o‗zgarmas so‗z farqlansa, ikkinchi jihatga ko‗ra, so‗zlarning morfologik guruhlari (so‗z turkumlari) ajratiladi. So„zlarning semantik tasnifi. Bunda so‗zlar quyidagi guruhlarga ajraladi: a) mustaqil lug‗aviy ma‘noli so‗z (fe‘l, ot, sifat, son, ravish, taqlid); b) nomustaqil lug‗aviy ma‘noli so‗z (olmosh va so‗z-gap); d) lug‗aviy ma‘nosiz so‗z (ko‗makchi, bog‗lovchi, yuklama). Olmosh anglatadigan ma‘no u almashtirayotgan so‗zning ma‘nosi. Shu boisdan u nomustaqil lug‗aviy ma‘noli so‗z sifatida baholanishi lozim. So‗z-gap (tasdiqinkor, taklif, undov va modal so‗z) esa hatto bir butun gap vazifasida ham kela oladi. Bu – uning lug‗aviy ma‘nosiz so‗zdan farqi, biroq kontekst yordamida lug‗aviy ma‘no anglatadi. Masalan, – Uyga bor. –Mayli gapida mayli so‗z-gapi 19 boraman so‗zi anglatgan lug‗aviy ma‘noga teng nutqiy ma‘noga ega. Biroq bu ma‘no mustaqil emas.
So’zlarning morfologik tasnifi.
Bu tasnifga binoan, so‗zlar, aytilganidek, ikki guruhga ajraladi: a) o‗zgaruvchi leksema; b) o‗zgarmas leksema. O‗zgaruvchi leksema lug‗aviy shakl hosil qiluvchilarni qabul qila oladi. O‗zgarmas so‗z esa bunday xususiyatga ega emas.
Leksemalarning sintaktik tasnifi.
Leksemalarning sintaktik tasnifida, asosan, ularning nutqda boshqa leksemalar bilan bog‗lana olish-olmasligi, gap bo‗lagi bo‗lib kela olish-olmaslik xususiyati o‗z aksini topadi: 1) gap bo‗lagi bo‗lishga xoslanmagan so‗z: undov, modal, so‗z-gap; 2) gap bo‗lagi bo‗lishga xoslangan so‗z: fe‘l, ot, sifat, son, ravish, taqlid, olmosh; 3) sintaktik aloqa vositasi bo‗lishga xoslangan so‗z: ko‗makchi, bog‗lovchi, yuklama. So‗z-gap boshqa so‗z bilan sintaktik aloqaga kirishmaydi, o‗zi mustaqil gap bo‗lib kelish qobiliyatiga, ya‘ni ajralganlik xossasiga ega. Mustaqil va yordamchi so‗z esa bog‗lanish xususiyatiga ega bo‗lib, bulardan yordamchilar gapda alohida bo‗lak bo‗lib kela olmaydi, balki sintaktik jihatdan bog‗lash vazifasini bajaradi. Mustaqil leksema esa mustaqil ravishda gap bo‗lagi bo‗lib kela oladi.
So'z turkumlari haqida ma'lumot
So'zlar lug'aviy ma'nolari morfologik belgilari va gapda bajaradigan sintaktik vazifalariga ko'ra o'zaro farqlanuvchi turli guruhlarai tashkil etadi.
So'zlarning lug'aviy va grammatik jihatdan farqlanishiga ko'ra bunday guruhlarga bo'linishi so'z turkumlari deyiladi. Shunga ko'ra. so'zlarni turkumlarga ajratishda quyidagi uch muhim belgi asos bo'ladi.

  1. So'zlar ifodalaydigan lug'aviy ma'no turkumlarga ajratishdagi muhim belgidir. Masalan, uy, yer , daraxt, kitob, tosh so'zlari borliqdagi predmetlarni anglatadi. Ularning nomi ekanligi bilan xarakterlanadi. Bir qator so'zlar shu predmetlarning biror belgisrni: rangini, shakl-ko'rinishini, mazasini, hajm-o'lchamini ifodalaydi: oq,ko'k, katta. yumaloq, keng, uzun kabi. Shuningdek, bir qator so'zlar predmetning ish- harakatini anglatsa: bordi, yozdi, o'qidi, so'zlar ish-harakat yoki belgining belgisini bildiradi: darrov, sekin, oz, ko'p va boshqalar.

  2. So'z ma'nolaridagi mavjud bu xususiyatlar ulami turkumlarga ajratishdagi asosiy belgidir. Turkumlarga ajratishdagi ikkinchi va uchinchi xususiyat so'zning shu ma'no tomoniga bog'liq ravishda yuzaga keladi.So'z turkumlarini ajratishda morfologik belgi ham muhimdir. Bu xususiyat muayyan so'z turkumlarida maxsus qo'shimchalar tizimi mavjudligini, ularni asosan shu turkumga xoslanganini ko'rsatadi. Masalan, ot turkumi ko'plik, kelishik. egalik, shakllariga ega bo'lganidek, boshqa turkumlardan farqli ravishda ularda kichraytish -erkalash shakllari ham bor. Shunga ko'ra otlar ko'plikda keladi predmetning kimga, nimaga qarashliligini bildiradi, turlanadi. Shuningdek, maxsus ot yasovchi qo'shimchalarning mavjudligi, ot turkumi morfologik jihatdan to'la shakllangan turkum ekanligini ko'rsatadi.

    Fe'l turkumida morfologik ko'rsatkichlar boshqacha—zamon, may, nisbat, shaxs-son kabi shakllar fe'lning o'ziga xosligini ta'minlaydi. Fe'llartuslanadi, shaxs va sonni ifodalaydi. Maxsus fe'I yasovchi qo'shimchalarning mavjudligi bu turkumdagi so'zlarning ham turkumlanishi uchun to'la shakllanganligini ko'rsatsa fe'lning xoslangan shakllarini hosil qiluvchi qo'shimchalar mavjudligi fe'lning sintaktik vazifasini yana ham kengaytiradi.



So'z turkumlariga ajratishdagi belgilardan bin so'zning gapdagi sintaktik vazifasi bilan bog'liq. Masalan, bosh kelishikdagi ot ega vazifasini bajarsa, qaratqich kelishigidagi ot—aniqlovchi, boshqa kelishikdagi otlar to'ldiruvchi va hoi vazifalarida keladi. Sintaktik jihatdan biror gap bo'lagi vazifasida kelish muayyan so'z turkumi uchun qotib qolgan holat emas.
Chunonchi, sifat gapda aniqlovchi vazifasida keladi. Bu sifaming boshqa sintaktik vazifa bajarmasligini ko'rsatmaydi. Binobarin, sifatlar ham gapda to'ldiruvchi: kattani katta deydilar (Maqol), otlashganda ega: yaxshi yeydi oshini, yomon yeydi boshini(Maqol) vazifalarida qo'llaniladi.
Ko'rinadiki, so'z turkumlarining sintaktik vazifalari shu turkumdagi so'zlarning lug'aviy ma'nosiga mos holda bo'ladi. Xullas, so'z turkumlarini ajratishda shu uch belgigatayaniladi. Biroq bu belgilar barcha so'zlarda bir xil emas. Masalan, ot, fe'I turkumlari uchun bar uchala belgi yetakchi bo'lsa, olmosh va son uchun bu belgilar o'ta past darajada yoki sifat ravishda sintaktik belgi kuchli bo'lganidek, morfologik belgi u darajada emas.
O'zbek tilida so'z turkumlari 12 ta bo'lib ular quyidagi guruhlarga bo'hnadi:

  1. Mustaqil so'zlar.

  2. Yordamchi so'zlar.

  3. Modal so'zlar.4.Undov so'zlar.5.Taqlidiy so'zlar.

So'z turkumlarining barchasi grammatik shaklga ega. biroq lug'aviy, grammatik ma'nosi va vazifasiga ko'ra turlichadir. 1. So'z turkumlari ma'no ifodalashiga ko'ra quyidagicha:

  1. nomlovchi so'zlar: ot, sifat. son, fe'l, ravish.

  2. ifodalovchi so'zlar: undov, modal so'z, yuklama, taqlidiyso'z.

  3. d) ko'rsatuvchi so'zlar: olmosh, bog'Iovchi, ko'makchi.

  4. 2. Morfologik jihatidan o'zgarishiga ko'ra quyidagicha:

  5. morfologik jihatdan o'zgaradigan so'zlar : ot, sifat,son,olmosh,fe'l.

  1. morfologik jihatdan o'zgarmaydigan so'zlar: ravish,bog'Iovchi, ko'makchi, yuklama.

  2. Gapda sintaktik vazifa bajarishiga ko'ra quyidagicha:

  1. sintaktik vazifa bajaradigan so'zlar: ot, sifat, son,olmosh,fe'l, ravish, taqlidiy so'z.

  2. sintaktik vazifa bajarmaydigan so'zlar: ko'makchi,bog'Iovchi, yuklama, undov so'z. Modal so'zlar garchand gapbo'lagi bo'lmasada, gapda kirish, so'z vazifasini bajaradi.

Lug'aviy va grammatik ma'noga ega bo'lib, gapda biror gap bo'lagi vazifasini bajaradigan so'zlar mustaqil so'zlar deyiladi.\
Mustaqil so' zlarda yuqorida sanab o'tilgan bar uch xususiyat u yoki bu darajada mavjud. Masalan, ot va fe'llarda barcha turdagi (so'z yasovchi, shakl yasovchi, so'z o'zgartiruvchi) qo'shimchalarni olgan holda qo'llanish xususiyati mavjud bo'lganidek, olmosh va sonda bu xususiyatlar deyarli yo'q, yoki mustaqil so'zlardan olmosh lug'aviy jihatdan atama bo'la olmasligi bilan ham ajralib turadi. Ular gapda ot, sifat, son o'rnida qo'llanib, narsa- hodisaning nomi, miqdori belgisi bo'lmaydi.
O'zbek tilida mustaqil so'zlar: ot, sifat, son, olmosh, fe'l, ravish.
Lug'aviy ma'noga ega bo'lmagan, so'z va gaplarni o'zaro bog'lash, ularga qo'shimcha ma'no berish uchun ishlatilib, gapda biror gap bo'lagi vazifasida qo'llanilmaydigan so'zlar yordamchi so'zlar deyiladi. Yordamchi so'zlarga ko'makchi, bog'Iovchi, yuklama kiradi.
Yordamchi so'zlar lug'aviy ma'no anglatmaydi.Masalan, uchun, ammo, sayin, bilan, va deganda hech narsani tushunmaymiz. Biroq, til tizimida bu so'zlarning ham o'ziga xos o'rni bor. Binobarin. ular so'z va gaplarni o'zaro munosabatlarini uyushtiradi (ko'makchi), so'zva gaplarni o'zaro bog'laydi (bog'lovchi), so'zlarga, ba'zan gapga qo'shimcha ma'no beradi (yuklama).
\Shunga ko'ra yordamchi so'zlar hani til tizimidagi o'ziga xos xususiyatlari mavjud bo'lgan so'zlardir.
Modal so'zlar. So'zlarning fikrga yoki fikming borliqqabo'lgan munosabatini ifodalaydi. Garchand, modal so'zlar lug'aviy ma'no bildirmasa-da, turli modal ma'nolarni: tasdiq, inkor, taxmin, gumon ma'nolarini ifodalaydi.Gapda esa kirish so'z, yoki kirish gap vazifasida keladi.
\Modal so'zlar ma'no ifodalashi (modal ma'no bo'lsa ham ), gapda vazifa bajarish (kirish so'z bo'lsa ham) jihatidan yordamchi so'zlardan alohida ajratib tursa-da, gap bo'lagi bo'la olmasligi jihatidan yordamchi so'zlarga yaqindir.=
Undov so'zlar so'zlovchining his-tuyg'ularini ifoda etadi. Ular buyruq-xitob, haydash -chaqirishning atamasi bo'lmasa ham ularaing ifodasi bo'la oladi.Masalan, oh, uf, e, eh undovlari zavqlanish, charchaganlik, ajablanish, hayratlanish, kabilarni anglatsa, kisht, pisht esa haydashning ifodasidir.
Taqlidiy so'zlar tovushga, sharpaga bo'lgan shartli taqlidni anglatadi. Taqlid asosida kishida tushuncha hosil bo'ladi. Masalan, taqir-tuqur, gup-gup, g'uj-g'uj so'zlari kishi ongida qandaydir tushunclialarni olib keladi. Ular gapda biror gap bo'lagi vazifasida keladi. Umuman, undov vataqlidiy so'zlar ayrim xususiyatlariga ko'ra mustaqil so'zlarga yaqin.Shuning uchun bu so'zlar gap bo'lagi vazifasida ham, o'zi mustaqil so'z—gap shaklida ham keladi. Biroq bu so'zlarda mustaqil so'zlardagidek xususiyatlar to'la shakllanmagani holda yordamchilarga hos belgilar
Predmetning nomini bildirib, grammatik son, egahk va kelishik ma'nolarini ifodalaydigan so'zlar turkumi ot deyiladi. Otlar kirn? nima? qayer? kimlar? nimalar? so'roqlaridan biriga javob bo'ladi.
Otlar ma'no xususiyatlariga ko'ra turlicha. Binobarin otlar:
a) jonli predmetlarni: odam, qish, baliq; b) borliqdagi narsa-predmetlarni: daraxt, uy, ko'cha, bino, qir, tosh, yo'l; c) osmon jismlarini: oy, quyosh, yulduz; d) vaqt va hodisalami: yoz, qish, zilzila, bo'ron, dovul, toshqin; e)mavhum tushunchalarni: do'stlik, boylik, sevgi, sadoqat, shavq kabilarni ifodaiab, ularganom bo'ladi.0
Ot turkumiga xos muhim morfologik xususiyatlar otlarda grammatik son, egalik va kelishik kategoriyalarining mavjudligidir. Shuningdek, maxsus ot yasovchi qo'shimchalarning mavjudligi otlarning morfologik jihatdan to'ia shakllangan so'z turkumlardan biri ekanligini ko'rsatadi. Masalan, tadqiqotchilarimizning so'zidagi—chi yasovchi, -lar, ko'plik, -imiz egalik. -ning, kelishik ma'nolarini ifodalovchi shakllardir. Ko'rinadiki, otlarda so'z shakllarini hosil qiluvchi har uchala turdagi qo'shimchalar: so'z yasovchi, shakl yasovchi, so'z o'zgartiruvchi qo'shimchalar ham mavjud.
Egalik va kelishik qo'shimchalari otlarning boshqa so'zar bilan munosabatini ta'minlaydi, sintaktik qamrovini kengaytiradi.
Otlar gapda turli vazifalarda keladi. Biroq otning gapda ega vazifasida kelishi asosiy sintaktik belgidir. Domla kechasi bilan o'ylab, oxiri ilmiy kengash majlisiga borishga qaror qildi. (O.Yo.) Shuningdek, otlar gapda to'ldiruvchi: Endi onaga qo'shilib qizyig'lar, qizga qo'shilib ona yig'lardi.( Ch.). Aniqlovchi: Tog'a ot jilovini do'nglikka burdi. (S.A.) Humoyun bu suvchi yigitning irodasiga so'zsiz bo'ysundi. (P.Q.) Hoi: Katta zalda noyibning o'zi ovqat stoli ketida choy ichib va gazet ko'rib o'tirardi (Ch.) vakesim shu kabi sintaktik vazifalarni bajaradi.
Otning ma'no turlari
Otlar ma'novagrammatik xnsusiyatlarigako'raikkixil: atoqli otlar, turdosh otlar. Predmet, narsa-hodisalarga atab qo'yilgan otlar atoqli otlar deyiladi. Atoqli otlar bir turdagi predmet, narsa-hodisalardan birini ajratib ko'rsatadi.
Atoqli otlarga quyidagilar kiradi. 1. Kishi ismlari va fami-liyalar: O'tkir, Shokir, Nafisa, Fotima. 2. Geografik nomlar: Toshkent, Farg'ona, Pomir, Sharq , G'arb kabi. S.Daryo, dengiz, ko'l nomlari (gidronimlar): Amudaryo, Orol dengizi, Sevan ko'li. 4. Afsonaviy, hamda diniy tasawurlar bilan bog'liq bo'lgan nomlar (teonimlar): To'maris Shiroq, Kayumars, Iso, Muso, Zulfiqor (qilich), Duldul kabi.
5. Osmonjismlari nomlari (astraponimlar): Zuhro, Hulkar, Mirrix, Mars, Yetti qaroqchi.
6. Alioli yashaydigan kichik joy nomlari (oykonimlar, ko'chalar. bekat nomlari, (dramonimlar), tepaliklar, chuqurliklar. qir nomlari (oronimlar), uy hayvonlari va qushlarga atab qo'yilgan nomlar (zoonimlar), jurnal, badiiy asar nomlari, oliy organ va tashkilotlar, orden va medallar nomlari atoqli otlardir.
Atoqli otlar o'zbektili lug'at tarkibini boyituvchi manbalardan biri bo'lib, tilda awaldan mavjud bo'lgan so'zlar asosida hosil bo'ladi. Biroq atoqli otlar o"z xususiyati va yozilishiga ko'ra tildagi boshqa so'zlardan farqlanadi.
Atoqli otlarni turdosh otlardan farqlovchi muhim belgilardan biri ko'plik shakllarida ishlatilmasligidir.
Tilda mavjud otlaming katta qismini turdosh otlar tashkil etadi .Bir *turdagi predmet, narsa -hodisalarning umumiy nomini bildiradigan otlar turdosh otlar deyiladi. Masalan, yulduz, daraxt, tepa, ko'I, daryo, qir, ko'cha, shahar, odarn kabi.
Turdosh otlar birlik va ko'plik shakllarida ishlatiladi. Bir xildagi predmetlarni ifodalash asosida atoqli otlar turdosh otlarga o'tadi. Masalan, rentgen, amper, muslimka (bug'doy nomi), shuningdek, yakka predmetlarni ajratib ko'rsatish asosida turgan otlar atoqli otlarga aylanadi. Masalan, o'ktam (epchil). O'ktam—ism, lola (gul), Lola— ism, gulchehra (gul yuzli),Gulchehra—ism kabi.
\Turdosh otlar ifodalaydigan rushunchasining xususiyatiga ko'ra ikki xil: aniq otlar va mavhum otlarga bo'linadi .
Aniq otlar shaxsni, predmetni anglatadi.Aniq otlarni ko'rish, sanash va ushlash mumkin: uy, odam, eshik, tikuvchi, suvchi, kitob, tosh kabi.
Mavhum tushunchalar,belgilar va holatni predmet sifatida anglatadigan otlar mavhum otlar deyiladi: shodlik, baxt, zavq, shavq, ishonch, go'zallik kabi. Mavhum otlar asosan birlik shaklda qo'llaniladi,ko'plikda qo'llanilganda bunday otlaming ma'nosi nisbatan mavhumlik darajasini yo'qotadi. Masalan, tuyg'ular, ishonchlar, shodliklar kabi. Faqat so'nggi paytlarda uning dilida hatto o'zi cho'chiydigan noaniq ,mavhumroq allaqanday notinch tuyg'ular uyg'onib halovati )7o'qoldi.(O.Yo.)
Mavhum otlar tub va yasama shaklarda ham mavhumlikni ifodalayadi. Biroq tub va yasama so'zlarda mavhumlik darajasi bir xilda bo'Irnaydi. Binobarin, tub holda mavhum ma'no ifodalovclii so'zlardamavhumlik darajasi nisbatan past. Chunki, bunday otlanii aniq otlar singari sanash, ko'rish mumkin bo'lmasa-da, ularning manosida aniqlik mavjudligini sezish mumkin.
Masalan, kurash, sevgi, baxt, zavq kabi mavhum otlaming ma'nosi nisbatan aniq. Bunday otlar ko'plik sonda ham qo'llanilishi mumkin: kurashlar, zavqlar kabi.
Turdosh otlar birlik shaklda predmetlaming to'dasini yoki yakka predmetlarni anglatadi. Shunga ko'ra turdosh otlar ikkiga bo'linadi: yakka otlar, jamlovchi otlar.
Bir turdagi predmetlardan birini ajratib ifodalaydigan otlar yakka otlar deyiladi: daftar, qalam, soat, eshik kabi.Shaldanbirlikdabo'lib, mazmunan ko'plikni bildiradigan otlar jamlovchi otlar deyiladi. Masalan, el, olomon, to'da, poda, armiya, xalq kabi.
Otlaming birlik va ko'plik shakllarida ishlatilishi grammatik son kategoriyasi deyiladi. Son kategoriyasi otlaming muhim morfologik belgilaridan bo'lib birlik va ko'plik shakllari asosida son kategoriyasi vujudgakeladi. Otlaming birligi biror vositasiz ifoda etiladi. Ya'ni otning ko'plikni bildiruvclii -lar qo'shimchasi mavjud bo'lmagan holati birlikdir: kiyim, uy, ovqat, o'quvchi, kitobxon, murabbiy kabi.
Otlaming ko'pligi -lar qo'shimchasi bilan ifodalanadi: o'quvchilar, kitoblar kabi. Ko'plikning -lar qo'shimchasi orqali ifodalanishi morfologik usul bilan ifodalangan ko'pliklir. Bundan tashqari otlarda ko'plikni hosil qiluvchi boshqa vositalar ham mavjud. Chunonchi, el, olomon, xalq kabi o'zi birlikda bo'lib, mazmuman ko'plikni bildiradigan so'zlar ham mavjud. Bunday ko'plik lug'aviy -semantik usul bilan hosil bo'lgan ko'plikdir.
Otlaming ko'pligi miqdor bildiruvchi so'zlarni otlardan oldin keltirish bilan ham hosil qilinadi: ko'p oclam, bir talay ish, bir necha kun kabi. Ko'plikning bunday ifodalanishi sintaktik usul bilan ifodalangan ko'plikdir. Sintaktik ko'plik otlardan oldin sonlarni: o'n kishi, yuz xonadoni, olmoshlarni qancha ish, shuncha odam, necha kun keltirish bilan ham hosil bo'ladi.
Masalan, Jkromjon qishloqda shuncha odam borligini bilmas ekan .(S.A.) Shuningdek, otoldidan so'zlami takrorlash orqaliliam sintaktik ko'plik hosil bo'ladi: savat-savat meva, uzoq-uzoq yo'I. Otasining har qadamida allaqanday kishilar bilan uzoq-uzoq so'zlashuvidan zerikardi. (A.Q.)Lug'aviy semantik va sintaktik usul blan ifodalangan ko'plik so'zning morfologik tuzilishi bilan bog'lanmagan holda, morfologik ko'plik so'zning tuzilishi bilan bog'liq. Shuning uchun -lar qo'shimchasi bilan hosil bo'ladigan ko'plik so'zlarning ma'no xususiyati bilan bog'liqdir. Shu bilan birgalikda -lar qo'shimchasi o'zbek tilida ko'plikni hosil qiluvchi yetakchi vositadir. Biroq, bu qo'shimchabarcha otlarga qo'shilavermaydi, yoki qo'shilganda ham doimo ko'plik ma'nosini ifoda etavermaydi.
-lar qo'shimchasining barcha otlarga qo'shilmasligi hamma otlarning ham grammatik ko'plikda qo'llana olmasligini ko'rsatadi. Chunonchi, donalab sanalmaydigan otlarga -lar qo'shimchasi qo'shilganda ko'plikni emas, balki narsa-predmetning turini xilini anglatadi. Shunga ko'ra -lar qo'shimchasi ko'plikdan tashqari yana quyidagi ma'nolarni ifodalaydi.
1 .Donalab sanab bo'hnaydigan predmet nomlariga qo'shilganda ularning turli-tumanligini, har xilligini bildiradi: tuzlar, sutlar, bug'doylar, yog'lar, unlar, qirqmalar (qovun turi). Tilimi tilingni mingtilim qilgan, Qirqmalar bogladi yukin qovg'aga. (G'. G'.)
2.Mavhum otlarga qo'shilganda. shu otdan anglashilgan ma'no kuchayadi. Masalan: Ming turlik xayollarga borib qaytdi. (A.Qod.) Qizlar undan-bundan uzoq gaplashishdi, orzularga berihshdi, (O.)
S.Predmetlarning noaniq bo'lgan ko'p miqdorini ifodalaydi. Suhbatlar goh qizib. goh davom etardi. (O.) Biz bo'lajak adiblar, turmushning botqoq yerlarinigina emas, undan chiqish yo'llarini ham ko'rsatishimiz mumkin. (A.Q.)
4.Qarindoshlik ifodalovchi otlarga egalik qo'shimchalaridan keyin qo'shilib hurmat ma'nosini ifodalaydi: otamlar, onamlar kabi.
5 .Shaxsni anglatuvchi so'zlarga qo'shilib. piching, kesatish va hurmat ma'nolarini anglatadi. O'zimning bu xizmatim evaziga bir mukofat olish muddaosida bo'lmaganimdan va nimaiki janoblari yo'lida mashaqqat chekkan bo'lsam... (A.Qod.) Yangi podsho Nizomiddin hazratlarining el-yurtga osh berishi va ochlarga non ulashishi haqidagi xabarni butun shaharga tarqatdilar. (P.Q.)
6.Payt. vaqt bildiruvchi so'zlarga qo'shilib, taxniin ma'nosini ifodalaydi.Masalan: Shu gapdan birhafta chamasi keyin va chorlar kutishning beshinchi kunlari edi.(A. Qod.)
7Juft predmetlanii bildirgan so'zlarga qo'shilganda ko'plikni emas, balki ularning ikkitaligini ta'kidlash ma'nosini ifodalaydi: ko'zlar, quloqlar, qoshlar, lablar, torlar kabi. Masalan: Tanburning mo'jizakor torlaridan quyilgan musiqa mavjud havoni to'ldirdi. (O.) Beka begimning ko'zlaridagi tikanlar sal kamayganday bo'ldi. (P.Q.)
8. Kishi organizmi a'zolariga qo'shilganda ta'kid kuchayadi: yuraklar, tillar, burunlar.
9.Atoqli otlarga qo'shilganda umumlashganlik, o'xshaganlik ma'nolari anglashiladi. Ajoyib naslsiz, sizdagi talant. Amular, Sirlarning mazmunidan mo'I. (G'.G'.)
10. Aniq va mavhum otlarga qo' shilib. hurniat, izzat ma'nolarini ifodalaydi. Xotiralariga malol kelmagay, hazrat. (O.) Qadamlariga hasanot, ko'p xursand bo'ldik.(O.)

Yüklə 364,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin