1. Yaxshisi, bugun uyingga bor. Gap boshidagi so‘zning turkumini aniqlang



Yüklə 334,29 Kb.
səhifə1/2
tarix21.07.2022
ölçüsü334,29 Kb.
#62863
  1   2
majburiylar


Ona tili
1. Yaxshisi, bugun uyingga bor.
Gap boshidagi so‘zning turkumini aniqlang.
A) modal so‘z B) undov so‘z
C) sifat D) ravish
2. Qaysi qatorda shakldoshi bor so‘zlargina berilgan?
A) tor, keng B) lahim, asr C) qo‘y, yoz D) tuz, shoh
3. Sifatdosh qo‘llangan gapni aniqlang.
A) Uxlash vaqting bo‘ldi, bolam.
B) Bo‘ladigan bola boshidan ma’lum.
C) Qani edi, orzularim ushalsa.
D) Tong otgach, hammasi ayon bo‘ldi.
4. Qaysi so‘zlar talaffuzida so‘z oxiridagi jarangli undosh tushib qoladi?
1) gramm; 2) poyezd; 3) go‘sht; 4) kilovatt.
A) 1 va 2 B) 1, 2, 3 C) 1, 2, 3, 4 D) 3 va 4
5. Qaysi gapda tinish belgilarini qo‘llash bilan bog‘liq xato mavjud?
A) Qamchibek – a’lochi o‘quvchi.
B) Sezdim: nimadandir norozi edi.
C) Ota rozi – xudo rozi.
D) Bildim – o‘shanda meni ayagan ekansiz.
6. So‘zlovchining o‘zgalar fikriga ajablanish munosabatini bildiruvchi modal so‘zni belgilang.
A) iye B) nahotki C) ajabo D) voy-bo‘
7. Xonadagi havo sog‘lig‘ingizga zarar yetkazishi mumkin.
Fe’l qaysi nisbat shaklida ekanini aniqlang.
A) o‘zlik B) majhul C) orttirma D) birgalik
8. Qaysi qatorda bir turga mansub olmoshlar keltirilgan?
A) birov, allaqaysi, qachondir
B) kimdir, qaysi, negadir
C) ayrim, allakim, har kim
D) sen, u, o‘zing
9. Kumushbibining yuqorida “Siz o‘shami!” deb so‘rashi shunga binoan bo‘lib, ammo unga masalaning anglashilmay qolishi va chin baxtni bil’aks kutib olinishi qiziq edi.
Ushbu gapda qanday bog‘lovchi ishtirok etgan?
A) ayiruv bog‘lovchisi B) aniqlov bog‘lovchisi
C) inkor bog‘lovchisi D) zidlov bog‘lovchisi
10. Qaysi qatordagi birlik juft so‘z hisoblanadi?
A) yonma-yon B) apil-tapil
C) odam-podam D) rang-barang

Matematika
11. 120 va 48 sonlarining eng kichik umumiy karralisi, eng katta umumiy bo‘luvchisidan necha marta katta?
A) 2,5 B) 5 C) 7,5 D) 10
12. Sonni 21 ga bo‘lganda bo‘linma 15 ga, qoldiq 4 ga teng bo‘lsa, bo‘linuvchi qancha?
A) 311 B) 315 C) 319 D) 323
13. Hisoblang.

A) 0,3 B) 0,9 C) 3,0 D) 9,0
14. Natural sonlar uchun quyidagi mulohazalar qaysi biri noto‘g‘ri?
A) Berilgan sonlar bo‘linadigan sonlarning eng kattasi ularning eng katta umumiy bo‘luvchisi bo‘ladi.
B) Agar ikki qo‘shiluvchidan biri 11 ga bo‘linib, ikkinchisi 11 ga bo‘linmasa, ularning yig‘indisi 11 ga bo‘linmaydi.
C) Raqamlari yig‘indisi 3 ga bo‘linadigan juft son 6 ga bo‘linadi.
D) 3 ga bo‘lingan son 9 ga ham bo‘linadi.
15. Tenglamadagi x ning qiymatini aniqlang.
6,4 · (2 – 3x) = 6 · (0,8x – 1) + 6,8
A) -1 B) -0,5 C) 0,5 D) 1
16. Ona 50, qiz 28 yoshda. Necha yil oldin qiz onasidan 2 marta kichik bo‘lgan? A) 3 B) 4 C) 5 D) 6
17. 2 dm2, 1 cm2 va 3 mm2 jami qancha cm2?
A) 21,3 B) 201,03 C) 210,03 D) 213
18. O‘lchamlari 8 ˟ 5 ˟ 3 cm bo‘lgan parallelepi-pedning to‘la sirtini (cm2) toping.
A) 120 B) 132 C) 158 D) 164
19. MATEMATIKA so‘zidan tavakkaliga “A” harfining chiqish ehtimolligi qancha?
A) 30% B) 40% C) 50% D) 60%
20. A mulohaza “har qanday toq son 2 ga qoldiqsiz bo‘linadi”, B mulohaza “6 soni 4 ta natural bo‘luvchiga ega”. Ushbu mulohazalar asosida to‘g‘ri javobni toping.
A) A yolg‘on va B rost B) A va B yolg‘on
C) A va B rost D) A rost va B yolg‘on
O’zbekiston tarixi
_______________________________________
21. Eron hukmdori shoh Abbos yordamida taxtni egallagan Xiva xoni kim?
A) Asfandiyorxon B) Arab Muhammadxon
C) Eltuzarxon D) Abulg‘oziy Bahodirxon
22. Toshkent shahrining 2200 yilligi qachon nishonlangan?
A) 2002-yil B) 2007-yil C) 2009-yil D) 2013-yil
23. Turkiston general-gubernatorligi tarkibida 1868-yil tashkil etilgan Zarafshon okrugining boshlig‘i lavozimiga kim tayinlangan?
A) Chernyayev B) Romanovskiy
C) Skobelev D) Abramov
24. G‘arbiy Turk xoqonligining markazi VII asrning birinchi choragida qaysi hududga ko‘chirilgan?
A) Choch B) Naxshab C) So‘g‘d D) Farg‘ona
25. 1395-yil Shimoliy Kavkazdagi Terek daryosi yonida bo‘lgan jangda Amir Temur kimning qo‘shini ustidan g‘alaba qozongan? A) Usmonlilar sultoni Boyazid Yildirim B) Oltin O‘rda xoni To‘xtamishxon C) Mo‘g‘uliston xoni Ilyosxo‘ja D) Balx hokimi Amir Husayn
26. Quyida berilgan qo‘zg‘olonlarning qaysi biriga Nazirxo‘ja eshon umumiy rahbar sifatida boshchilik qilgan?
A) Andijon B) Namangan C) Jizzax D) Baljuvon
27. Ikkinchi Jahon urushi yillarida barpo etilgan O‘rta Osiyodagi birinchi metallurgiya kombinati qaysi shaharda joylashgan?
A) Toshkent B) Angren C) Chirchiq D) Bekobod
28. Zardushtiylik diniga ko‘ra quyosh va yorug‘lik xudosi?
A) Ahuramazda B) Mitra C) Ahriman D) Anaxita
29. “Al-Kashshof” va “Al-Mufassal” asarlari muallifi hamda dastlabki ko‘p tilli lug‘at asoschisi kim?
A) Abu Nasr Farobiy B) Mahmud az-Zamaxshariy
C) Abu Mansur al-Moturidiy D) Burhonuddin al-Marg‘inoniy
30. 2007-yil Islom Hamkorligi Tashkilotining ta’lim, madaniyat va fan masalalari bo‘yicha tashkiloti – AYSESKO tomonidan qaysi shahar “Islom madaniyatining poytaxti” deb e’lon qilingan?
A) Toshkent B) Samarqand C) Buxoro D) Shahrisabz

Yüklə 334,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin