1. Yaxshisi, bugun uyingga bor. Gap boshidagi so‘zning turkumini aniqlang



Yüklə 334,29 Kb.
səhifə2/2
tarix21.07.2022
ölçüsü334,29 Kb.
#62863
1   2
majburiylar

Biologiya
_______________________________________
31. Ko‘p yillik o‘tlarni aniqlang.
1) sutlama; 2) kamxastak; 3) qatrong‘i;
4) yalpiz; 5) itsigak; 6) betaga.
A) 1, 2, 5 B) 1, 4, 6 C) 2, 3, 5 D) 2, 4, 6
32. Qoqio‘tdoshlar oilasiga mansub o‘simlikni aniqlang.
A) qora jusan B) javdar C) yantoq D) safsan
33. Suv qirqqulog‘i va suv nilufari uchun umumiy bo‘lgan ma’lumotlar qaysi javobda keltirilgan?
a) gidrofit organizm;
b) generativ organlari: gul, urug‘, mevadan iborat;
c) poya va bargga ega;
d) tuxum hujayrasi arxegoniyda yetiladi;
e) fitobiomassa hosil qiladi;
f) suv ustidagi barglari yaxlit, suv ostidagi barglari patsimon qirqilgan.
A) a, b, d B) a, c, e C) b, e, f D) d, e, f
34. Qaysi javobda tikanli akula uchun tegishli to‘g‘ri javob keltirilgan?
A) terisi plakoidlar bilan qoplangan
B) o‘pka va teri orqali nafas oladi
C) kislorodga to‘yingan qon qorin aortasi orqali yurak bo‘lmasiga keladi
D) suzgich pufagi, yon chizig‘i, jabralari bo‘lmaydi
35. Quyidagilarda baliqlarning (a), ikki pallali mollyuskalarning (b) qon aylanish va nafas olish sistemalariga tegishli to‘g‘ri fikrlarni aniqlang.
1) yuragi ikki kamerali;
2) bitta qon aylanish doirasiga ega;
3) yuragida kislorodga to‘yingan qon oqadi;
4) jabra orqali nafas oladi;
5) yuragi uch kamerali;
6) o‘pka orqali nafas oladi.
A) a – 1, 5; b – 3, 6 B) a – 2, 4; b – 1, 3
C) a – 3, 6; b – 1, 2 D) a – 4, 5; b – 2, 3
36. Qaysi javobda germafrodit hayvonlar keltirilgan?
A) yomg‘ir chuvalchangi, olabug‘a balig‘i, yashil temirchak
B) kolorado qo‘ng‘izi, daryo qisqichbaqasi, xasva
C) bitiniya, chuchuk suv gidrasi, shilliqqurt
D) baqachanoq, jigar qurti, askarida
37. Hayvonlarning jinsiy sistemalari haqidagi qaysi ma’lumotlar noto‘g‘ri?
1) bo‘shliqichlilarning jinsiy a’zosi
rivojlanmagan;
2) to‘garak chuvalchanglar jinsiy dimorfizm kuzatilmaydi;
3) ko‘p tukli halqalilarning erkaklarida bitta urug‘don, urug‘ yo‘li, urug‘ chiqarish nayi bor; 4) bo‘g‘imoyoqlilarda jinsiy dimorfizm yaqqol ko‘zga tashlanadi;
5) suvda hamda quruqlikda yashovchilarning spermatozoidlari bir juft urug‘donda yetiladi;
6) sudralib yuruvchilarda urug‘lanish kloakada amalga oshadi.
A) 1, 3, 5 B) 1, 4, 6 C) 2, 3, 4 D) 2, 3, 6
38. DNKning birinchi bo‘lagi EcoRI, ikkinchi bo‘lagi BamHI bilan 15 bo‘lakka bo‘lindi. Bunda vodorod bog‘lar soni 116 ta kamaygan bo‘lsa, BamHI [GATC] necha bo‘lakka bo‘lgan
A) 5 B) 6 C) 7 D) 8
39. Quyidagi sxemada qaysi o‘simlikning ko‘payish jarayoni keltilgan?
A) funariya yo‘sini B) dala qirqbo‘g‘imi
C) virgin archasi D) zuhrasoch qirqqulog‘i
40. Barcha disaxaridlar …
1) tarkibida glikozid bog‘lar bo‘ladi;
2) tarkibida glukoza bo‘ladi;
3) qand lavlagi shakari hisoblanadi;
4) gidrofob moddalardir;
5) tarkibida peptid bog‘i bo‘ladi;
6) C12H22O11 umumiy formulaga ega.
A) 1, 2, 6 B) 1, 4, 5 C) 2, 3, 6 D) 3, 4, 5
41. Quyidagi qaysi duragaylash natijasida birinchi avlodda naslning faqat 50% i ota va onaga genotip jihatdan o‘xshash bo‘ladi?
A) silliq sochli ayol va jingalak sochli erkak
B) sariq yungli sichqonlar
C) geterozigota yashil dukkakli no‘xatlar
D) daltonizm bilan kasallangan yigit va qiz
42. Oziq zanjiri zvenolari to‘g‘ri tartibda
ko‘rsatilgan javobni aniqlang.
1) mangust; 2) ilon; 3) o‘rgimchak; 4) chittak;
5) hasva qandalasi; 6) bug‘doy.
A) 6 → 5 → 4 → 2 → 1
B) 6 → 5 → 2 → 4 → 1
C) 6 → 4 → 3 → 1 → 2
D) 6 → 4 → 3 → 2 → 1
43. Taloq (a), buyrak (b), jigar (c) funksiyalari to‘g‘ri keltirilgan javobni aniqlang.
A) a – geparin ishlab chiqarilishi; b – ikkilamchi
siydik hosil qilish; c – eritrotsitlarning parchalanishi
B) a – qonning ortiqcha qismini to‘playdi;
b – ADG gormoni sintezlanishi; c – o‘t suyuqligi ishlab chiqarilishi
C) a – limfotsitlar hosil bo‘lishi; b – qonning suyuq qismini filtrlash; c – qonni zaharli moddalardan tozalash
D) a – eritrositlarni parchalanishi; b – qonni kislorod bilan to‘yintiradi; c – qon tarkibiga kiradigan gem va boshqa oqsillarni ishlab chiqaradi
44. Belyayev sun’iy tanlash yo‘li bilan yovvoyi hayvonlarni xonakilashtirish mumkinligini isbotlashda qaysi metodlardan foydalangan?
A) eksperimental, kuzatish
B) sun’iy mutagenez, sentrifugalash
C) tarixiy, genetik injeneriya
D) molekular genetik, sitokimyoviy
45. Quyidagi rasmda 2n = 8 bo‘lgan organizm-
ning meyoz bo‘linishiga oid 4 ta faza keltirilgan. Qaysi javobda rasmdagi fazalar (meyoz I, II) bosqichlari ketma-ketligi to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A) I – II – III – IV B) I – III – II – IV
C) II – I – III – IV D) II – III – I – IV
46. Son suyagi uchun tegishli to‘g‘ri fikrni aniqlang.
A) murtak varaqasining ektoderma qavatidan hosil bo‘ladi, chanoq suyagi bilan bo‘g‘im hosil qilib birikadi
B) mitozning profazasida hujayrasi 92 ta xromosomaga ega bo‘ladi
C) uzun naysimon suyak hisoblanadi, kovagi yog‘simon sariq ilik bilan, ko‘migi qizil ilik bilan to‘lgan
D) ustki tarafdan fassiya bilan qoplangan, unga to‘rt va ikki boshli muskullar birikkan
47. Golji majmuasi uchun tegishli to‘g‘ri javoblarni aniqlang.
a) o‘simliklar va sodda hayvonlar hujayralari o‘roqsimon yoki tayoqchasimon ayrim tanachalardan iborat;
b) tashqi va ichki membranalari mavjud;
c) oqsillar, uglevodlar va yog‘larni parchalay-digan gidrolitik fermentlar bo‘ladi;
d) uning faoliyati tufayli plazmatik membrana yangilanib turadi va o‘sib boradi;
e) eukariot hujayraning membranasiz organoidi;
f) assimilyatsiya jarayonlari amalga oshadi.
A) a, c, f B) a, d, f C) b, c, e D) b, e, f
48. Hayvonlarning sistematik birliklari va ularning nerv sistemasiga xos xususiyatlar o‘rtasidagi muvofiqlik qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
a) hasharotlar sinfi;
b) ssifoid meduzalar sinfi;
c) juft tuyoqlilar turkumi;
d) kiprikli chuvalchanglar sinfi.
1) butun tanani to‘r shaklida o‘rab olgan nerv hujayralaridan iborat;
2) bir juft nerv tuguni va undan tananing ikki
yoni bo‘ylab ketadigan bir juft nerv stvolidan iborat;
3) bir juft halqum usti va halqum osti nerv tuguni, halqum atrofi nerv halqasi, qorin nerv zanjiridan iborat;
4) markaziy nerv sistemasini bosh va orqa miya tashkil etadi.
A) a – 1; b – 3; c – 2; d – 4
B) a – 2; b – 4; c – 3; d – 1
C) a – 3; b – 1; c – 4; d – 2
D) a – 4; b – 2; c – 1; d – 3
49. Yil mobaynida issiqxonalarda o‘simliklardan hosil olish, manzarali gullarni yetishtirishda qaysi biologik qonuniyatdan foydalaniladi?
A) fototaksis B) fototropizm C) fotonastiya D) fotoperiodizm
50. Quyidagi sxemada odam va tashqi muhit o‘rtasidagi moddalar almashinuvi keltirilgan bo‘lib, qaysi harf ayirish organlari sistemasi faoliyatini ifodalaydi? A) A B) B C) C D) D
51. Xushbo‘y hidli no‘xat o‘simliklarini chatish-tirib, chang donasining shakli va gulining rangi keyingi avlodda mustaqil holda irsiylanmasligi-ni, duragaylarda ota-ona formalarining belgilari takrorlanishini aniqlagan olim(lar)ni belgilang.
A) Galton B) Betson va Pennet
C) Shpeman D) Morgan va shogirdlari
52. Arpa o‘simligida xlorofill pigmentini sintez-lashda 2 ta ferment qatnashadi. Ularning bo‘l-masligi pigment sintezining buzilishiga olib boradi. Har bir fermentning sintezi har xil autosomalarda joylashgan dominant (A va B) genlar bilan ifodalanadi. Agar 1-ferment bo‘lma-sa o‘simliklar oq rangda, 2-ferment bo‘lmasa sariq rangda bo‘lishiga olib keladi. Ikkala fermentning bo‘lmasligi o‘simlikning oq rangi-ni, ikkalasining bo‘lishi yashil rangini ta’minlay-di. Agar digeterozigota arpalar o‘zaro chatish-tirilsa, avlodda olingan duragaylarning qancha qismi faqat yashil rangli bo‘ladi (aB gametalar hayotchan emas deb hisoblansin)?
A) 1/4 B) 3/8 C) 5/9 D) 9/16
53. Ituzumdoshlar oilasiga mansub o‘simliklar-ning kelib chiqish markazlari qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A) qalampir – Markaziy Amerika; tamaki – Janubiy Amerika
B) kartoshka – And markazi; kofe daraxti – Janubiy Amerika markazi
C) shakarqamish – Janubiy Osiyo tropik markazi; zig‘ir – Janubiy-g‘arbiy Osiyo markazi D) beda – O‘rta yer dengizi markazi; soya – Sharqiy Osiyo markazi
54. Quyidagi xususiyatlarga ega bo‘lgan organizmlarni aniqlang.
a) oshqozoni ikki kamerali, gomoyoterm;
b) oshqozoni ikki kamerali, poykiloterm;
c) oshqozoni bir kamerali, ko‘richak o‘simtasi juda uzun;
d) oshqozoni to‘rt kamerali, birlamchi konsument.
1) ukki; 2) daryo qisqichbaqasi; 3) muflon;
4) qulon; 5) sayg‘oq; 6) krevetka; 7) tapir.
A) a – 1; b – 4; c – 2; d – 6
B) a – 6; b – 1; c – 3; d – 7
C) a – 2; b – 1; c – 4; d – 5
D) a – 1; b – 6; c – 7; d – 5
55. Quyidagi sxemada uch xil organizmning
(o‘simlik, hayvon, zamburug‘) umumiy va xususiy bog‘liqlikka oid ma’lumot keltirilgan. Bunga ko‘ra qaysi javobda 3- va 5-raqamlar uchun mos keluvchi ma’lumot keltirilgan?
A) 3 – oqsilning ribosomada sintezlanishi;
5 – erkin harakatlana olish
B) 3 – hujayrada xloroplastning yo‘qligi;
5 – mitoxondriyaning mavjudligi
C) 3 – glikolizning sitoplazmada kechishi;
5 – xloroplastning mavjudligi
D) 3 – sellulozadan iborat hujayra qobig‘i;
5 – hujayra qobig‘ining yo‘qligi
56. Transmissibl plazmidning transpozondan farqi qaysi javobda berilgan?
A) DNK zanjiridan iborat
B) asosiy xromosomaga birika oladi
C) transpozaza fermentini sintezlovchi genga ega
D) zaharli toksin parchalovchi ferment geniga ega
57. Bo‘yin umurtqalari soni bitta bo‘lgan organizm uchun tegishli javobni belgilang.
A) bolasini sut bilan boqadi
B) nafas olganda ham nafas chiqarganda ham qoni kislorod bilan to‘yinadi
C) qovurg‘alarga tayanib yuradi
D) yuragida aralash qon oqadi
58. Qaysi gen kasalligida boshlang‘ich profilak-tika choralari bajarilmagan holda mikrosefaliya kasalligi rivojlanadi?
A) albinizm B) gemofiliya
C) daltonizm D) fenilketanuriya
59. Yashash uchun kurash turlari to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni belgilang.
1) lemurlarning suvsizlikka moslanishi tufayli tungi hayot tarziga o‘tishi;
2) kulrang kalamush tomonidan qora kalamushlarni surib chiqarilishi;
3) qarag‘aylar o‘rtasida yorug‘lik uchun kurash;
4) yo‘ng‘ichqa va zarpechak orasidagi
munosabat.
A) 1 – anorganik tabiatning noqulay sharoitlariga qarshi kurash; 2, 3 – tur ichida kurash;
4 – turlararo kurash
B) 1 – anorganik tabiatning noqulay sharoitlariga qarshi kurash; 2, 4 – turlararo kurash; 3 – tur ichidagi kurash
C) 1, 3 – tur ichidagi kurash; 2, 4 – turlararo kurash
D) 1, 4 – anorganik tabiatning noqulay sharoitlariga qarshi kurash; 2 – turlararo kurash; 3 – tur ichidagi kurash;
60. Ayirish organlari evolutsiyasida paydo bo‘l-gan parenximada joylashgan uchi berk bir qavatli epiteliy to‘qimalardan iborat tarmoqlan-gan naychalar nima deyiladi?
A) metanefridiy B) bo‘yin bezlari
C) protonefridiy D) malpigi naylari
Kimyo
_______________________________________
61. Quyidagilardan qaysi biri kimyoviy modda?
A) C B) N C) O D) F
62. Quyidagilarning qaysilari kimyoviy jarayon?
1) metanning yonishi; 2) aluminiy simning cho‘zilishi; 3) muzning erib suyuq holatga o‘tishi;
4) temirning korroziyasi; 5) asetonning bug‘lanishi.
A) 1, 2 B) 1, 4 C) 3, 4 D) 3, 5
63. XBrn birikmada 40% va XBrm birikmada 50% (massa jihatdan) X bo‘lsa, uning molyar massasini (g/mol) aniqlang.
A) 40 B) 80 C) 120 D) 160
64. 2 g geliy 2 atm bosimda 11,2 litr kelsa, idishdagi temperaturani (ºC) aniqlang.
A) 0 B) 27 C) 127 D) 273
65. Vodorodning 3 xil (1H, 2H, 3H) va kislorod-ning 3 xil (16O, 17O, 18O) izotoplari yordamida necha xil molyar massalari 19 va 20 g/mol bo‘lgan suv hosil qilish mumkin?
A) 2; 3 B) 2; 4 C) 3; 3 D) 3; 4
66. 235U + 22Ne E + 3+β + xn 940 mg uran reaksiyaga kirishganda 16 mol neytron ajraldi. Hosil bo‘lgan izotop tarkibidagi neytronlar sonini aniqlang.
A) 154 B) 155 C) 156 D) 157
67. Ruteniy atomida nechtadan s- va d-elektron bor?
A) 9; 16 B) 9; 17 C) 10; 16 D) 10; 17
68. Na2S2O7 tarkibida qanday bog‘lar bor?
1) qutbli kovalent; 2) qutbsiz kovalent; 3) ion; 4) donor-akseptor.
A) 1 va 2 B) 1, 2, 3 C) 1, 2, 3, 4 D) 1 va 3
69. Sulfit kislota molekulasidagi sp2 – orbitallar sonini aniqlang.
A) 1 B) 2 C) 3 D) 6
70. Qaysi molekuladagi element atomining valentligi uchga, oksidlanish darajasi nolga teng?
A) vodorod B) azot C) kislorod D) xlor
71. Ammiak (Pt ishtirokida) oksidlandi. Bunda ammiak konsentratsiyasi 4 marta oshirilib, kislorod konsentratsiyasi 2 marta kamaytirilsa, to‘g‘ri reaksiya tezligi qanday o‘zgaradi?
A) 4 marta tezlashadi B) 4 marta sekinlashadi
C) 8 marta tezlashadi D) 8 marta sekinlashadi
72. А(g) + В(g) ↔ С(g) + D(g) reaksiya uchun B moddadan 1,2 mol/l olindi va muvozanat qaror topganda (KC = 1) D moddadan 0,8 mol/l hosil bo‘ldi. Reaksiya hajmi 4 litr bo‘lgan reaktorda o‘tkazilgan bo‘lsa, A moddaning boshlang‘ich miqdorini (mol) aniqlang.
A) 4,8 B) 6,4 C) 8,0 D) 9,6
73. 160 g suvda 40 g osh tuzi eritilsa, necha foizli eritma hosil bo‘ladi?
A) 10% B) 20% C) 30% D) 40%
74. 15% li nitrat kislota eritmasini hosil qilish uchun 600 g 10% li nitrat kislota eritmasiga 20% li nitrat kislota eritmasidan qancha (g) qo‘shish kerak?
A) 200 B) 400 C) 600 D) 800
75. 25 g mis kuporos 375 g suvda eritildi. Olingan eritmadagi mis (II) sulfatning massa ulushini (%) aniqlang.
A) 1,6 B) 4 C) 6,4 D) 16
76. 100 ml 2 mol/l li osh tuzi eritmasiga qancha (ml) suv qo‘shilsa, 0,4 mol/l li eritma hosil bo‘ladi?
A) 100 B) 200 C) 300 D) 400
77. X modda (M = 400 g/mol) to‘yingan
eritmasining molyal konsentratsiyasini
(mol/kg) aniqlang (S = 80).
A) 2 B) 4 C) 8 D) 16
78. 100 ml 2 mol/l li kalsiy bromid va 100 ml
1 mol/l li natriy bromid eritmalari aralashtirildi. Hosil bo‘lgan eritmadagi bromid ionlarining konsentratsiyasini (mol/l) hisoblang.
A) 1,0 B) 1,5 C) 2,0 D) 2,5
79. Qaysi moddalar orasidagi reaksiya oxirigacha bormaydi?
1) kaliy karbonat + xlorid kislota;
2) magniy xlorid + silikat kislota;
3) kalsiy nitrat + natriy karbonat;
4) kaliy xlorid + ichimlik soda; 5) ammoniy sulfat + kalsiy xlorid;
6) nitrat kislota + mis (II) xlorid;
7) kumush nitrat + kaliy ftorid;
8) kaliy gidroksid + nitrat kislota.
A) 1, 2, 7 B) 3, 5, 8 C) 3, 7, 8 D) 4, 6, 7
80. pH = 5 bo‘lgan eritmadagi OH- ionlarining konsentratsiyasini (mol/l) hisoblang.
A) 10-9 B) 10-8 C) 10-6 D) 10-5
81. Lakmus, fenolftalein va metil zarg‘aldog‘i ta’sirida quyidagi tuz eritmalari qanday rangga o‘tishini juflab ko‘rsating.
1) KNO3; 2) Al(NO3)3; 3) Na2CO3.
a) qizil; b) ko‘k; c) to‘q qizil; d) och pushti;
e) sariq; f) o‘zgarmaydi.
A) 1 – f, d, f; 2 – a, f, d; 3 – b, c, e
B) 1 – f, a, f; 2 – b, e, f; 3 – b, c, e
C) 1 – f, f, f; 2 – a, f, d; 3 – b, c, e
D) 1 – f, f, f; 2 – a, f, e; 3 – b, c, e
82. Aluminiy nitrat eritmasidagi anionlar soni kationlar sonidan 25/9 marta ko‘p bo‘lsa, tuz-ning gidrolizlanish darajasini (%) aniqlang.
A) 4 B) 5 C) 8 D) 10
83. MnO2 + NaBiO3 + HNO3 → HMnO4 + BiONO3 + NaNO3 + H2O reaksiyadagi barcha koeffitsiyentlar yig‘indisini hisoblang.
A) 21 B) 22 C) 23 D) 24
84. 1 mol mis (II) sulfat saqlagan eritma 3 F tok bilan elektroliz qilinganda, katod va anodda qancha (g) mahsulot ajraladi?
A) 64; 16 B) 65; 24 C) 66; 32 D) 66; 40
85. Mol nisbatlari 1:6:1 bo‘lgan alkan, kislorod va azotdan iborat gazlar aralashmasi yondirildi. Reaksiyadan keyingi gazlar aralashmasining molyar massasi 38,4 g/mol (n.sh.) bo‘lsa, alkanni aniqlang.
A) metan B) etan C) propan D) butan
86. 1,2,3-trimetilsiklopropan olish uchun necha xil digalogenalkanni rux bilan qizdirish kerak?
A) 1 B) 2 C) 3 D) 4
87. Qaysi molekulada divinildagicha σ – bog‘ bor?
A) buten-1 B) siklobutan
C) butin-2 D) metilsiklopropan
88. Noma’lum karbon kislota 100 ml natriy gidrokarbonat eritmasi (c = 0,4 mol/l) bilan ta’sirlashganda 4,4 g tuz hosil bo‘ldi. Karbon kislotani aniqlang.
A) chumoli kislota B) sirka kislota
C) propion kislota D) moy kislota
89. Glukon kislotani ko‘rsating.

90. Glitsil-alaninning molyar massasini (g/mol) hisoblang.
A) 128 B) 146 C) 182 D) 194

Yüklə 334,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin