Mavzu: Sovuq olgan oftob urgan, issiqlik eltgan va gazandalar chaqqanda birinchi tibbiy yordam ko'rsatish Mundarija Kirish



Yüklə 260,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/10
tarix28.04.2023
ölçüsü260,02 Kb.
#104383
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
FERUZA

Quturgan hayvonlar tishlashi
Quturish g`oyat xavfli virusli kasallik. Bunda virus bosh miya va orqa 
miya hujayralarini zararlantiradi. Kasallik quturgan hayvonlar 
tishlaganda yuqadi. Virus itlar, ba`zan mushuklar so`lagi bilan ajralib, teri 
yoki shilliq pardadagi jarohat orqali qonga tushadi. Yashirin davri 1260 
kun davom qiladi, avj olgan kasallik 35 kun davom etadi va aksari o`lim 
bilan tugaydi. Hayvon tishlagan paytda kasallikning tashqi belgilari 
bo`lmasligi mumkin, shuning uchun bunday hodisalarning ko`pchiligini 
quturish kasalligi yuqishi jihatidan xavfli, deb hisoblash kerak.Birinchi 
yordam. Hayvon tishlagan kishilarning hammasini Paster stansiyasiga 
olib borish lozim. Bu joyda shikastlanish yuz bergan kundan boshlab 
antirabik emlashlar kursi o`tkaziladi. 
Birinchi yordam ko`rsatishda qon oqishni tezlik bilan to`xtatishga 
harakat qilmaslik kerak, chunki qon oqishi jarohatdan hayvon so`lagining 
oqib tushishiga yordam beradi. Hayvon tishlagan joy atrofini dezinfeksiya 
qiladigan eritmalar (yod eritmasi, kaliy permanganat eritmasi, vino spirti 
va boshqalar) bilan kengroq qilib artish so`ngra aseptik bog`lam qo`yish 
va birlamchi jarrohlik tozalash uchun zararlangan kishini davolash 
muassasasiga olib borish zarur. 


30 
Zaharli ilonlar chaqishi. 
Ko`zoynakli ilon, kobra, qora ilon, gyurza va boshqalarning chaqishi 
hayot uchun nihoyatda xavfli. Ilon chaqqan hamono shu joy qattiq 
achishib og`riydi, qizaradi, momataloq bo`ladi va shishib chiqadi. O`z 
orada limfatik tomirlar bo`ylab taram-taram qizil izlar paydo bo`ladi 
(limfangit). Shu bilan deyarli bir vaqtda umumiy zaharlanish simptomlari: 
og`iz qurishi, tashnalik, uyquchanlik, qusish, ich ketishi, talvasaga tushish, 
nutq va yutinishning buzilishi, ba`zan kobra chaqqanda harakat 
a`zolarining falajlanishi kuzatiladi. O`lim ko`pincha nafas to`xtashi 
oqibatida yuz beradi. 

Yüklə 260,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin