Mavzu: Qadimgi Xitoy



Yüklə 420,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/16
tarix12.05.2023
ölçüsü420,19 Kb.
#112172
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Ijtimoiy tuzum. Jamiyatda quldorlar aristokratiyasi hukmron mavqega ega bo`lgan. Quldorlar 
aristokratiyasiga nasliy va harbiy chjou oqsuyaklari, in quldorlik aristokratiyasining bir qismi (bosqinchilik 
urushlari natijasida ko`chib kelib o`rnashganlar) kirgan. 
Barcha yerlarning egasi ilgarigidek podsho (van) hisoblangan. Podsho yerlarni tasarruf qilgan: 
xohlasa in‘om qilgan, xohlasa qaytarib olgan. Yirik yer egaligi rivojlanib borgan. Quldorlar aristokratiyasi 
o`zlariga tegishli yerlarni erkin tasarruf qilganlar. Mavjud ma‘lumotlarga qaraganda, yerni sotish, ijaraga 
berish, garovga qo`yish mumkin bo`lgan. Bu davrda garchi yerga egalik qilishda podsho irodasiga bog`liqlik 
rasman saqlanib qolgan bo`lsada, egalikdagi yerlarni xususiy mulkka aylantirishga moyillik paydo bo`lgan. 
Keyinchalik, chjou podsholarining hokimiyati zaiflashishi bilan yirik quldorlarning yerga egalik huquqining 
yerga xususiy mulkchilik huquqiga aylanishi sodir bo`lgan. 
G`arbiy Chjou podsholigi davrida jamoalarning yerdan foydalanish tartibi ilgarigidek katta o`rin 
tutgan. Yuqorida eslab o`tilgan "quduqli maydonlar" tizimi saqlanib qolgan. Umuman dehqonlar (nunfu) 
arang kun kechirgan. Ularning ko`pchiligi yersiz ijarachilarga aylangan. 
Jamiyatning eng quyi qismini qullar tashkil etgan. Ularning soni harbiy asirlar, tinch aholini bosib 
olish, davlat jinoyatchilari hisobiga ko`paygan. Ayniqsa xususiy qullarning soni ortgan. Qul mehnatidan 
xo`jalikning turli sohalarida va og`ir, iflos ishlarda keng foydalanilgan. 
Davlat tuzumi.  Oliy hokimiyat nasldan naslga meros bo`lib o`tadigan podsho (van) qo`lida bo`lgan. 
Chjou podsholigida saroy boshqaruv tizimi mavjud bo`lgan. Saroy xizmatchilari bir vaqtda 
mansabdor shaxslar ham hisoblanganlar. Bu vaqtda turli vazifalarni amalga oshiradigan ko`p sonli 
chinovniklar mavjud edi. 
Bularning ichida vanning ot-ulovini yurituvchi chi-novnik, mirza (kotib), podsholik arxivi boshlig`i, 
xazinabon, marosimlarning o`tkazilishini kuzatib turuvchi chinovnik va boshqalar muhim o`rin tutgan. 
Davlat apparati vanga yaqin shaxsiy xizmatchilardan, ba‘zan esa ishonchli qullardan tashkil etilgan. 
Davlat apparatiga oliy martabali amaldor (syan) boshchilik qilgan. Syan ma‘muriy apparat boshlig`i va 
mamlakatni boshqarishda podsho (van)ning yaqin yordamchisi bo`lgan. Oliy chinovniklar (dafu) uchta: 
katta, o`rta va kichik darajalarga bo`lingan. 
Rivoyatlarga qaraganda, podsho Chen van (1115-1079 yillar) davlat apparatini tashkil etish va 
mustahkamlash tadbirlarini amalga oshirgan. Podshoning asosiy maslahatchilari "uchta gun": "buyuk 
murabbiy", "buyuk ustoz" va "buyuk homiy" hisoblangan (syan aynan shularning ichidan tayinlangan). 
Bundan tashqari, davlatda muhim rol o`ynagan uchta boshqaruvchi bo`lib, ulardan biri diniy marosimlarni 
yuritgan, boshqasi jamoat ishlari mahkamasiga boshchilik qilgan (uning ixtiyorida yer fondi va sug`orish 
tizimi bo`lgan), uchinchisi harbiy mahkamani boshqargan. G`arbiy Chjou podsholigida kohinlar va folbinlar 
ham muhim o`rin tutgan. Oliy kohin va buyuk folbin degan mansablar mavjud edi. 
Armiya asosan urushlar vaqtida yig`iladigan xalq qo`shinlaridan va uncha katta bo`lmagan doimiy 
xizmatdagi otradlardan iborat edi. Xitoy qo`shinlarining asosini jangovar arava, otliq qo`shin va piyodalar 
tashkil etgan. Jang aravasi o`sha davrda qo`shinda eng asosiy hujum qiluvchi kuch edi. Jang aravasida 
haydovchi, kamonboz va nayzabardordan iborat uch kishi bo`lgan. 
Chjou podsholigi davrida markazlashgan davlat tashkil etilmagan edi. Van faqat poytaxt viloyatini 
bevosita boshqarib turgan. Mamlakatning boshqa hududlari vorislik huquqiga ega bo`lgan knazlar - 
chjuxoular tomonidan idora etilgan. Bu davrda beshta toifa: gun, xou, bo, szi, inan deb nomlanadigan 
knazlik unvonlarining bosqichma-bosqich bo`ysunishiga asoslanadigan tizimi batamom rasmiylashgan. Quyi 
mansabdorlarning yuqori mansabdorlarga bosqichma-bosqich bo`ysunishi tartibi (iyerarxiya) qat‘iy 
o`rnatilgan. Hukmdorlar o`z hududlarini Chjou podshosining qo`lidan olganlar va ma‘lum muddatda saroyda 
xizmatda bo`lishlari lozim edi. Demak, ular podshoga qaram bo`lganlar. 
Knazlik hududi urug`-qabila bo`linishi asosida tashkil topgan ancha kichikroq ma‘muriy birliklarga 
bo`lingan. Eng quyi zvenodagi ma‘muriy-hududiy birlik qishloq jamoasi hisoblangan. Ma‘lumotlarga 
qaraganda, turli knazliklarda qishloq, jamoalarining tuzilishi har xil bo`lgan. Bularning ichida eng ko`p 
tarqalgani quyidagicha bo`lgan: beshta oila qo`shni jamoa - linni tashkil etgan, beshta shunday jamoalar 
qishloq - li, to`rtta li szu "klani" (urug` jamoasi)ni, beshta szu guruhni - danni, beshta dan okrug - chjouni 
tashkil etgan, beshta chjou syanni tashkil etgan. Syan tepasida uning boshqaruvchisi - sin turgan. Eng quyi 
ma‘muriy mansab qishloq jamoasi oqsoqoli bo`lgan. 
Miloddan avvalgi IX asrda markaziy hokimiyatning tobe knazliklar hukmdorlari bilan aloqalari 
zaiflashgan. Knazliklarning hukmdorlari saroyga kelmay qo`yganlar, o`lponlar jo`natmaydigan bo`lib 
qolganlar. Katta yer-mulkka ega bo`lgan nufuzli kishilar, viloyat hokimlari podsholarga itoat etmay 



qo`yganlar. Ekspluatatsiyaning kuchayishi xalq ommasining noroziligini keltirib chiqargan. Ko`chmanchi 
junlar bilan olib borilgan muvaffaqiyatsiz urushlar ham g`arbiy Chjou davlatining yemirilishiga o`z hissasini 
qo`shgan. Mamlakat bir qancha mustaqil davlatlarga bo`linib ketgan. Miloddan avvalgi 770 yilda podsholik 
poytaxti Xaodan Loyanga ko`chirilgan. Shundan keyin Sharqiy Chjou podsholigi davri boshlangan. 
Sharqiy Chjou podsholigi davri mamlakatning iqtisodiy va siyosiy hayotida yirik o`zgarishlar bilan 
xarakterlanadi. Hunarmandchilik va savdoning rivojlanishi ijtimoiy hayotda savdogarlar rolining o`sishiga 
sabab bo`lgan. Quldor zodagonlar o`zlarining merosiy urug`chilik yer egaliklaridan mahrum bo`lganlar, 
bunday yerlar harbiy boshliqlar, xizmatchi kishilar, savdogarlar qo`liga o`tgan. Bu urug` aristokratiyasining 
merosiy yer eagiligining zaiflashishiga va quldorlarning yerga nisbatan xususiy mulkchilikning 
mustahkamlanishiga olib kelgan. Xizmatchi zodagonlar qo`lida anchagina yer egaliklari to`plangan. Yirik 
yer egaligi faqat doimiy xizmat va alohida xizmatlar uchun beriladigan in‘omlar, tortiqlar hisobiga emas
balki kuchlilar tomonidan kuchsizlarni zo`rlik yo`li bilan bosib olish hisobiga ham tashkil etilgan. 
Miloddan avvalgi VII-IV asrlarda Sharqiy Chjou podsholigida hukmronlikni qo`lga kiritish uchun Si, 
Szin, U, Chu, Yuz kabi mayda podsholiklar o`rtasida o`zaro urushlar davom etgan. Bu davr Xitoyda besh 
hokim davri yoki Chjango ("urushqoq podsholiklar") davri deb yuritiladi. 
Bu davrda uzoqqa cho`zilib ketgan tinimsiz o`zaro urushlar iqtisodiyotning pasayishiga, sug`orish 
inshootlarining izdan chiqishiga sabab bo`lgan. Va nihoyat, odamlar tinchlik o`rnatish va Xitoy xalqlarining 
birlashishi zarurligini tushuna boshlaganlar. Odamlardagi bunday kayfiyatlar konfutsiy dini targ`ibotchilari 
tomonidan ifoda etilgan. Ular "g`araz niyatlarsiz va odamlarni yo`qotmasdan" mamlakatni birlashtirishga 
chaqirganlar. Tinimsiz davom etgan urushlarga qaramay Chjango davrida turli mintaqalar va xalqlarning 
iqtisodiy va moddiy aloqalari kuchaygan. Bu esa o`z navbatida ularning yaqinlashuviga va turli mayda 
podsholiklarning yettita yirik Xitoy podsholiklari atrofida "yig`ilishi"ga olib kelgan.
9
Miloddan avvalgi V asrda qadimgi Xitoy tarixida ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy munosabatlarda keskin 
o`zgarishlar yuz bergan. Bu vaqtda podsholikning yagona imperiyaga birlashishiga olib keladigan shart-
sharoitlar tug`ilgan. Bunda yuqorida aytganimizdek, konfutsiylik siyosiy hukmron mafkura bo`lib qolgan. 
Ishlab chiqarishda temirdan yasalgan mehnat qurollaridan foydalanilishi iqtisodiyotning birdaniga 
ko`tarilishiga sabab bo`lgan. Yangi yerlarning o`zlashtirilishi, sug`orish inshootlarining yaxshilanishi, 
qishloq xo`jalik va hunarmandchilik ishlab chiqarishining o`sishi tovar-pul munosabatlarining rivojlanishiga, 
bozorning paydo bo`lishiga, savdogarlar tabaqasining ajralib chiqishiga ko`maklashgan. Bunday sharoitlarda 
yerga nisbatan jamoa mulkchiligining yemirilishi va xususiy mulkchilikning o`rnatilishi, yirik yer 
egaligining tashkil etilishi jarayoni yanada jadallashgan. Bu vaqtda eski tipdagi jamoa yer egaligi ("quduqli 
maydonlar" tizimi) buzila borgan. Jamoa yer egaligiga qarshi qaratilgan zarbalardan biri - yer solig`ining 
joriy qilinishi bo`lgan. Dehqonlar jamoa maydonlarida ishlash o`rniga o`z yerlaridan soliq to`lashlari lozim 
bo`lgan. 
Bularning hammasi Xitoyda miloddan avvalgi so`nggi asrlarda jamiyat rivojidagi ikkita qarama-
qarshi oqimning kurashida namoyon bo`lgan. Bu vaqtda bir tomondan, ijarachi dehqonlarni, yollanma 
ishchilarni, qullarni ekspluatatsiya qilishga asoslangan yirik yer egaligi rivojlangan bo`lsa, ikkinchi 
tomondan, bevosita davlatga bo`ysunadigan qaram dehqonlarning keng ommasi shakllanib borgan. Oldinda 
olg`a borish mumkin bo`lgan ikkita yo`l turar edi. Bulardan birinchisi - yerga nisbatan yirik xususiy 
mulkchilikning g`alabasi orqali tarqoqlikka, o`zaro urushlarga olib boradigan yo`l bo`lsa, ikkinchisi - yerga 
nisbatan davlat mulkchiligini mustahkamlash orqali yagona markazlashgan davlatni tashkil etishga olib 
boradigan yo`l edi. Xitoy rivojlanishning keyingi yo`lidan yurgan. Bunda miloddan avvalgi IV asrda 
kuchayib ketgan Sin podsholigi muhim o`rin tutgan. U miloddan avvalgi 221 yilda boshqa podsholiklar bilan 
kurashda g`olib chiqadi va mamlakatni birlashtirish uchun uzoq davom etgan kurashni nihoyasiga yetkazib, 
yagona Sin podsholigiga asos soladi. 

Yüklə 420,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin