Mavzu: Qadimgi Xitoy



Yüklə 420,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/16
tarix12.05.2023
ölçüsü420,19 Kb.
#112172
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Davlat tuzumi. In podsholigining dastlabki bosqichlarida davlat tuzumida urug`-qabila harbiy 
demokratiyasi qoldiqlari saqlanib qolgan. Lekin vaqt o`tgan sari podsho asta-sekin butun hokimiyatni o`z 
qo`liga olib borgan. Shan (In) oqsoqollari qabila boshliqlaridan yakka hukmdorlarga aylanganlar. Fuqarolar 
orasida ular to`g`risida go`yo ular hokimiyatni ilohiy kuch irodasi bilan olgan. "Osmon o`g`li" bo`lganligi 
haqidagi tasavvurlar mustahkamlangan. 
Podsho birinchi va eng yirik quldor, oliy harbiy boshliq, eng oliy sudya va eng katta ruhoniy 
hisoblangan. Din uni xalq ommasi ko`zi o`ngida ilohiy kelib chiqqanligini tasavvur etgan. Podsho davlat 
apparatiga boshchilik qilgan, o`ziga yaqin kishilardan va qarindosh urug`laridan oliy mansabdor shaxslarni 
tayinlagan. Ancha mayda mansablarni o`zlariga kasb qilib olgan qator chinovniklar: kotiblar, mirzalar, soliq 
yig`uvchilar, sudyalar va boshqalar egallab turgan. 
Mansabdor shaxslar uchta asosiy toifaga: oliy fuqarolik chinovniklari; harbiy chinovniklar; turli xil 
maslahatchilar, avliyolarga bo`lingan. Shuningdek davlatning muhim ajralmas qismi hisoblangan armiya va 
turmalar ham mavjud bo`lgan. 
Miloddan avvalgi XII asrda Shan (In) davlati ichki ziddiyatlar kuchayishi natijasida tushkunlikka 
uchragan. In davlati kuchsizlangach, u tomondan bo`ysundirilgan qabilalar, jumladan, chjou qabilasi ham 
unga itoat etmay qo`ygan. Chjou qabilasi rahbarligida qator qabilalar birlashib, In davlatiga qarshi kurash 
boshlab yuborganlar. Miloddan avvalgi 1076 yilda Chjou qabilasi in armiyasini tor-mor etgan, Shan davlati 
qulagan, uning o`rniga Chjou podsholigi tashkil topgan. 
Chjou davlati(miloddan avvalgi xi-iii asrlar). Chjou podsholigi Xitoy tarixida quyidagicha uchta 
davr: g`arbiy Chjou (miloddan avvalgi 1122-742 yillar); Sharqiy Chjou (miloddan avvalgi 770-403 yillar); 
"urushqoq podsholiklar" davri (miloddan avvalgi 403-221 yillar)ga bo`linadi.
8
G`arbiy Chjou davlatining chegarasi Vey daryosi boshidan Sharqda Sariq dengizgacha davom etib
uning poytaxti Xao shahri bo`lgan. 
G`arbiy Chjou podsholigi hukmdorlari davrida ular atrofdagi qabilalar, xususan junlar bilan urush 
olib borganlar. In podsholigini bosib olgan chjou qabilalari inlar qo`lga kiritgan xo`jalik, harbiy va moddiy 
madaniyat sohasidagi yutuqlarni o`zlashtirganlar. Bu davrda ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojlanishining 
ancha yuqori darajasiga erishilgan, yirik yer egaligi rivojlangan, qulchilik ham o`sgan, davlat ancha 
mustahkamlanib, uning tarkibiy tuzilishi murakkablashgan. 
8
www.referatlar.uz 




Yüklə 420,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin