Mavzu: Pulning tarixiy shakllari va turlari reja: Pul, uning kelib chiqishi va zarurligi. Qiymat shakllarining evolyusiyasi



Yüklə 1,42 Mb.
səhifə5/11
tarix16.05.2023
ölçüsü1,42 Mb.
#114160
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Pulning tarixiy shakllari va turlari

5. Qiymatning qog‘oz – pul shakli. Dastlabki qog‘oz pullarni muomalaga chiqarilishi taxminan X asrning oxiri XI asrning boshlariga to‘g‘ri keladi. SHu davrdan boshlab, muomaladagi oltin va kumush pullar o‘rnini qog‘oz pullar egallay boshladi. Muomalada oltin va kumush amal qilgan sharoitda ular bilan parallel ravishda to‘lov vositasi sifatida qog‘oz pullarni kirib kelishining sabablari sifatida quyidagilarni ta’kidlash lozim:

  • qimmatbaho metallarni olib yurish, saqlash va xavfsizligini ta’minlash yuzasidan muammoli holatlarning vujudga kelishi;

  • oltin va kumush muomalada qo‘ldan qo‘lga o‘tishi natijasida edirilib, o‘zining dastlabki hajmi va xossasini yo‘qotishi;

  • qimmatbaho metallar zebu ziynat va boylik timsolida muomaladan chiqib ketishi;

  • iqtisodiy taraqqayotning yuqori darajada rivojlanishi natijasida tovar va xizmatlar massasining qimmatbaho metallar (oltin, kumush) massasiga nisbatan shiddat bilan ortib borishi.

Dastlab muomalaga chiqarilgan qog‘oz pullarning asosi oltin bilan ta’minlangan bo‘lib, ushbu pullar bilan birgalikda oltin tangalar ham muomalada ishtirok etgan.
Qog‘oz pullar mustaqil qiymatga ega bo‘lmasdan, ular davlatning qonuniy hujjatlari asosida mamlakatda to‘lov va muomala vositasi rolini bajaradi. SHuning uchun qog‘oz pullarning qiymati o‘zgaruvchanlik xususiyatiga ega bo‘lib, u mamlakat ichki bozorida chet el valyutasiga bo‘lgan talab va taklif, milliy iqtisodiyotning barqarorligi hamda ijtimoiy – iqtisodiy holatlar ta’sirida o‘zgarib turadi. Bu uning sotib olish qobiliyatining mustahkamligi, inflyasiya darajasi va boshqa iqtisodiy ko‘rsatkichlarda namoyon bo‘ladi.


2.4.Pulning mohiyati. Pulning o‘ziga xos xususiyatlari.
Pulning iqtisodiy mohiyati xususida iqtisodiy adabiyotlarda turli ta’riflar va talqinlar mavjud bo‘lib, uning mohiyatiga nisbatan yagona yondoshuv mavjud emas. Chunki, jamiyatda xo‘jalik yuritish tuzumining va ijtimoiy – iqtisodiy sharoitning o‘zgarishi pulning mohiyatini turlicha talqin etilishini talab etmoqda. Jumladan, iqtisodchi olimlar va soha mutaxassislari pulni – iqtisodiy kategoriya sifatida, qiymat o‘lchovi vositasi, umumekvivalent tovar, maxsus tovar, ayirboshlash vositasi ekanligini e’tirof etadi.
Pul jamiyatda sodir bo‘layotgan ijtimoiy – iqtisodiy munosabatlarda, jami ijtimoiy mahsulotni yaratish, taqsimlash va qayta taqsimlashda, bozordagi talab va taklif asosida tovarlar bahosini aniqlashda bevosita qatnashishi uning mohiyatini namoyon qiladi.
Pulning iqtisodiy mohiyati va uning zaruriyatiga xorij iqtisodchilari alohida e’tibor qaratgan bo‘lmasalarada1, iqtisodiy nazariyachilarning asarlarida unga nisbatan berilgan fikrlarini uchratish mumkin. Masalan, A.Smit pulni iqtisodiy kategoriya darajasiga ko‘tarib, unga “pul – bu muomalaning buyuk g‘ildiragi“, “savdo sotiqning yuksak quroli” sifatida ta’rif beradi2.
D.Yum A.Smitning pul xususidagi qarashlariga e’tiroz bildirib, “Pul bu – savdo – sotiqning g‘ildiragi emas, balki u yog‘, shu savdo – sotiq g‘ildiragini erkin va yumshoq yurishiga imkoniyat yaratadigan vositadir” degan fikrni bildiradi3.
Rossiyalik iqtisodchi olimlar ham pulning iqtisodiy mohiyatiga alohida e’tibor qaratishgan. Jumladan, iqtisod fanlari doktori, professor B.I.Sokolov pulning mohiyatiga “pul mehnat taqsimoti chuqurlashib borayotgan ushbu jamiyatda tovarlarni ayirboshlash va to‘lovlarni amalga oshirish ishlarini engillashtiradi” deya ta’kidlaydi4.
O‘zbekistonlik iqtisodchi olima Sh.Z.Abdullaeva pul, kredit va banklar masalasiga bag‘ishlangan iqtisodiy adabiyotlarda pulning mohiyatini ochishda uchta jihatiga e’tibor qaratish lozimligini ta’kidlaydi. “Birinchidan, pulning iste’mol qiymatida boshqa tovarlarning qiymati o‘z aksini topadi. Ikkinchidan, pulda ifodalanadigan aniq mehnat asosini abstrakt mehnat tashkil etadi. Uchinchidan, pulda ifodalanuvchi xususiy mehnat ijtimoiy mehnat sifatida namoyon bo‘ladi. Shunga asoslangan holda, pul ham tovar, lekin boshqa tovarlardan farq qiluvchi xususiyatlarga ega bo‘lgan maxsus tovar degan xulosaga kelish mumkin”5.
Tovarlarni sotib olish va turli xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish natijasida uni «sotadi».
Pulning mohiyati uning turlarida va funksiyalarida yanada aniqroq namoyon bo‘ladi, keyingi paragraf va boblarda ushbu masalalarga atroflicha o‘rin beriladi.


Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin