Mavzu: Pulning tarixiy shakllari va turlari reja: Pul, uning kelib chiqishi va zarurligi. Qiymat shakllarining evolyusiyasi



Yüklə 1,42 Mb.
səhifə9/11
tarix16.05.2023
ölçüsü1,42 Mb.
#114160
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Pulning tarixiy shakllari va turlari

Metall pullar
Kishilar o‘rtasida ayirboshlash jarayonlarining tezlashuvi va mehnat taqsimotining chuqurlashuvi ayirboshlash hajmining ortishiga olib keldi. Iqtisodiy munosabatlarning takomillashuvi natijasida kishilar metalni kashf etdilar, undan turli xil mehnat qurollarini yasab kundalik hayotida foydalandilar. Shu bilan birga, ushbu mehnat qurollari to‘lov vositasi vazifasini ham bajardi. Keyinchalik esa metalldan tanga pullarni zarb qilish yo‘lga qo‘yildi. Bularning barchasi ayirboshlash munosabatlari jarayonida foydalanib kelinayotgan natural pul shakllarini metall pul shakliga o‘tishiga zamin tayyorladi.
Metaldan yasalgan mehnat qurollarining to‘lov vositasi sifatida foydalanganligining xususiyati shunda ediki, kishilar metaldan tayyorlangan bolta va shunga o‘xshash narsalardan to‘lov vositasi sifatida foydalangan bo‘lsada, ular boshqa maqsadda, ya’ni kundalik hayotda foydalanish uchun yaratilgan edi. Masalan, kishilar metaldan yasalgan boltadan ayirboshlash vositasi sifatida keng foydalangan, lekin u to‘lov vositasini bajaradigan tanga ko‘rinishiga ega bo‘lmagan. Odamlar stixiyali ravishda metalldan yasalgan boltani to‘lov vositasi o‘rnida foydalanishgan.
Pulning natural ko‘rinishidan metall tanga shakliga o‘tishi, yuqorida ta’kidlanganlardan tashqari quyidagi omillar muhim ahamiyat kasb etgan.
1.Kishilar metallarga turli shaklda ishlov berishni kashf etilishi. Ta’kidlaganimizdek, bolta va shunga o‘xshash temir qurollardan pul vositasi sifatida foydalanilgan, lekin ularni puldan foydalnishning metall davri deb yurita olmaymiz. Chunki, ushbu mehnat qurollarining funksiyalari boshqa bo‘lgan. Kishilar metalni kashf qilganlaridan keyin oradan juda ko‘p davrlar o‘tishi bilan unga ishlov berish yo‘llarini o‘rgandilar. Bu o‘z – o‘zidan metall tangalarni zarb etishga turtki bo‘ldi.
2.Davlatchilikning paydo bo‘lishi. Metall kashf etilib, odamlarga unga ishlov berish yo‘llari ma’lum bo‘lgandan so‘ng, ma’lum hudud va qabilalar alohida kishilarning hukmronligi, xonligi va qirolligi ostida boshqarila boshlandi. Bu o‘z o‘zidan o‘sha davrning hukmroni, xoni yoki qirolining maqieni oshirish, o‘zining chegaralarini mustahkamlash va qonunlarini yuritish zaruriyatini keltirib chiqardi. Bularning barchasi turli tasvirlar va yozuvlar tushirilgan tangalarni zarb etishga asos bo‘ldi.
3.Kishilar o‘rtasida tovar ayirboshlash hajmining ortib borishi natijasida ushbu jarayonning murakkablashuvi. Masalan, dehqon bir qop bug‘doyni bitta boltaga ayirboshlashi uchun temirchi kosibning hoxishi dehqonning hoxishiga mos kelishi lozim. Ya’ni mazkur holatda, temirchining bir qop bug‘doyga ehtiyoji bo‘lishi kerak. Biroq, temirchiga bir qop bug‘doy emas, balki bitta qo‘y kerak bo‘lsa, u holda dehqon bug‘doyni qo‘yga almashtirishi, so‘ngra qo‘yni temirchiga olib kelib bitta boltaga almashishi zarur bo‘lar edi. Ko‘rinib turibdiki, kishilar o‘rtasida mehnat taqsimotining chuqurlashuvi va ayirboshlash hajmining ortishi natural pullarni to‘lov vositasi sifatidagi vazifasini amalga oshirish imkoniyatlarini chegaralab qo‘ydi.
4. Natural shakldagi pullarni saqlash va olib yurishning qiyinligi. Alabatta, o‘sha paytlarda pulning vazifasini bajargan bolta yoki boshqa mehnat qurollarini saqlash qiyin bo‘lmagan bo‘lsada, lekin ularni olib yurish va xavfsizligini ta’minlash odamlarga turli noqulayliklarni keltirib chiqargan. Pulning vazifasini bajargan bug‘doy, jun, qo‘y yoki boshqa shunga o‘xshash narsalar esa vaqt o‘tishi bilan buzilgan, o‘zining dastlabki xususiyatini yo‘qotgan. Shu bilan birga, ularni olib yurish, ayniqsa saqlash ham odamlarga qo‘shimcha tashvish keltira boshlagan.
Bularning barchasi natural pullar o‘rniga metall pullarni muomalaga to‘lov vositasi sifatida kirib kelishiga zamin yaratdi.
Dastlab metall tangalar qora rangli temirlardan slitka ko‘rinishida tayyorlangan bo‘lsa, keyinchalik to‘rtburchak, uchburchak, yumaloq ko‘rinishdagi tanga shaklini olgan.

Vaqt o‘tishi bilan temir tangalar o‘rnini bronza, kumush va oltin egalladi, 3–rasmga qarang. Temir metallardan yasalgan tanga to‘lov vositasini bajarganda ularning baho masshtabini tanganing og‘irligi bilan anqilangan. Keyinchalik bronza, mis va oltin tangalar to‘lov vositasini bajarganda esa baho masshtabi qimmatbaho metallarning nafaqat og‘irligi, balki ularning xossalari orqali ham aniqlanadigan bo‘ldi.


Muomalada metall tangalar, ayniqsa oltin tangalar pulning vazifasini bajarganda iqtisodiyotda pul muomalasini tartibga solishga ehtiyoj bo‘lmaydi. Chunki, qimmatbaho metallar haqiqiy qiymatga ega bo‘lgan asl pul hisoblanib, uning hajmi tovar massasasiga nisbatan avtomatik tarzda tartibga solinib boriladi. Ya’ni, agar iqtisodiyotda tovar massasi oltin massasi (qiymati)ga nisbatan kam bo‘lsa muomaladagi ortiqcha oltin tangalar boylik sifatida xazinaga joylashtiriladi. Agar, aksincha, muomalada oltin tangalar massasi tovar massasiga nisbatan kam bo‘lsa boylik sifatida xazinaga joylashtirilgan mablag‘lar muomalaga chiqarish orqali o‘zaro muvozanat ta’minlanadi.


Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin