Mаvzu: orgаnik erituvchilаrdаn o’tkir vа surunkаli zаxаrlаnish (4 soat) аmаliy mаshg’ulotni o’qitish texnologiyasi



Yüklə 420,5 Kb.
səhifə4/16
tarix15.10.2023
ölçüsü420,5 Kb.
#155992
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
ORGАNIK ERITUVCHILАRDАN O’TKIR VА SURUNKАLI ZАXАRLАNISH

II. NАZАRIY QISM


Kirish. “Organik erituvchilar taʼsirida yuzaga keluvchi kasbiy kasalliklar” mavzusini oʼqitishda amaliy mashgʼulotda “Keys-stadi”ga asoslangan oʼqitish texnologiyasi kullanildi. Hozirgi sharoitda respublikamizdagi ishlovchi aholining sogʼligʼini muhofaza qilish muhim vazifalardan biri xisoblanib, uning yechimi ekologik, ijtimoiy-iqtisodiy, tibbiy biologik va boshqa vazifalarni hal qilish bilan bogʼliqdir. Bu masalalarning xal qilishda kasb kasalliklarini, jumladan benzol va uning gomologlaridan o’tkir va surunkali zaxarlanishlarni barvaqt aniqlash va oldini olish katta ahamiyatga egadir. Аynan ana shu muammolarni oldini olish yoʼllarini ishlab chiqish “Keys stadi”ga asoslanagan oʼqitish texnologiyasining asosiy maqsadi hisoblanadi. Ushbu texnologiya amaliy vaziyatlarni hal etish jarayonida oʼrganilgan oʼquv mavzusi boʼyicha bilimlarni mustahkamlashga, muammolarni tahlil qilish va qirralarni yakka tartibda yoki guruhlarda qabul qilish koʼnikmalarini egallashga, ijodiy va oʼrganish qobiliyatlari, mantiqiy fikrlash, nutq va muhit sharoitlariga moslashish qobiliyatlarini rivojlantirishga hamda qarorlarni mustaqil qabul qilishga va oʼz-oʼzini nazorat qilishga yordam beradi.
Quyidagi keys - chuqur va zamonaviy bilim, keng dunyoqarash, mustaqil fikrlash salohiyatiga ega boʼlishni va kasallikni tashxislay olish yoʼllarini toʼgʼri va aniq oʼrganishga imkon yaratadi.
Ushbu keysni mavzu buyicha muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun ishlab chikarishdagi benzol va uning gomologlarining zararli taʼsiri xususiyatlari, ulardan zaharlanishning patogenezi, klinik belgilari, diagnostikasi, shoshilinch yordam koʼrsatish va davolash printsiplari haqida bilim va koʼnikmalarga ega boʼlish zarur.
Tavsiya etilgan keysni yechish quyidagi natijalarga erishishga imkon yaratadi:
• oʼzlashtirilgan mavzu boʼyicha bilimlarni mustahkamlash;
• muammoning hamda qabul qilingan yechimning individual va guruhiy tahlilida bilim va koʼnikmalarni qayta topshirish;
• mantiqiy fikrlashni rivojlantirish;
• mustaqil ravishda qaror qabul qilish koʼnikmalarini egallash;
• oʼquv axborotlarini oʼzlashtirish darajasini tekshirib koʼrish.

ORGАNIK ERITUVCHILАR TАSIRIDАN RIVOJLАNGАN O’TKIRVА SURUNKАLI ZАXАRLАNISH


Organik erituvchi moddalar organizmga taʼsiri bilan bogʼliq muammoning oʼta muhimligi sanoatning koʼpgina sohalarida keng qoʼllanilishi va ishchilar bevosita aloqada boʼlishi bilan tushuntiriladi. Organik erituvchilar atrof muhitni ifloslantirayotgan eng zararli moddalar qatoriga kirishi muammoning dolzarbligini yanada yaqqol namoyish etadi. Ushbu holat ishchilar sogʼligʼiga salbiy taʼsirni kuchaytiradi, chunki ishchilar “ikki tomonlama taʼsir” ostida qoladilar (ishlab chiqarishda va yashash muhitida), ayniqsa ekologik noxush tumanlarda bu yaqqol bilinadi.
Organik erituvchi vositalarning qoʼllanilish doirasi juda keng. Аsosan lok-boʼyoq, kimyoviy, radioelektron, temir qayta ishlanadigan, avtomobil, vagon qurish, mebel sanoatida, uskunalar qurish va qurilishda keng qoʼllaniladi. Аyrim erituvchilar nashriyot sanoatida tipografiya boʼyoqlarini eritish uchun qoʼllanilsa, ayrimlari – kinotasmalar ishlab chiqarishida, maishiy xizmat uylarida kiyimlar, matolar, moʼynalarni tozalashda qoʼllaniladi. Аvtomobil sanoati korxonalarida va taʼmirlash sexlarida, asosan, benzin, ksilol, xlorlangan uglevodorodlar, uayt-spirit va kerosinlardan foydalaniladi. Ular yordamida avtomobil qismlarini tozalash, yuvish va yogʼsizlantirish mumkin.
Bu moddalarning oʼziga xos xususiyati ularning organik tabiatidir. Koʼpgina erituvchi vositalarning kelib chiqishi neft mahsulotlaridan boʼladi. Bizning hududda organik erituvchi vositalar ogʼir iqlim sharoitlariga yuqori moslashuvchanligi hisobiga keng qoʼllaniladi.
ETIOLOGIK OMILLАRNING UMUMIY TАSNIFI
Sanoatda qoʼllaniladigan organik erituvchi moddalar kimyoviy tarkibiga koʼra turli kimyoviy moddalar sinfiga kiradi: spirtlar, uglevodorodlar, neft mahsulotlarining uchuvchi aralashmasi, nitroparafinlar, gidroaromatik uglevodorodlar va h.
Erituvchi vositalarning organizmga kirishi, tarqalishi va chiqib ketishi ularning fizik-kimyoviy xususiyatlariga bogʼliq boʼlib, shu asnoda bu organik erituvchi suyuqliklarni uch turga ajratish mumkin.
Spirt turi” erituvchilariga quyidagi organik erituvchilar kiradi: bir atomli spirtlar (etil, metil, propil, izopropil va b.), etilenglikolь, atseton, nitro-parafinlar (nitro-metan, nitro-etan va b.), kislota amidlari (dimetilformamid) va b. Bu birikmalar suvda yuqori eruvchanligi bilan taʼriflanadi. Shu munosabat bilan organizmning “spirt” kabi moddalarni toʼplovchi sohasi ancha katta boʼlib, organizm unga sekin toʼyinadi.
Efir turi” erituvchilariga etil efiri, alkil atsetatlar, ketonlar, alьdegidlar kiradi.Bu guruh moddalari suvda yaxshi erishi bilan farqlanadi, biroq ular suv bilan aralashib ketmaydi. Bu tur moddalarini organizm toʼplovchi sohasi kichik boʼladi.
Organik erituvchilarning uchinchi guruhi “benzol va xloroform turi” erituvchilari tashkil etadi, ularga aromatik uglevodorodlar (benzol va uning mahsullari, solьvent - nafta), benzinlar – erituvchilar (uayt-spirit, benzin BR-1, BR-2, B-70), gidroaromatik uglevodorodlar (tetralin, dekalin), hamda xlorni oʼrnini bosuvchi uglevodorodlar (xlorlangan metil, xlorlangan metilen, xloroform, toʼrt hujayrali xlor uglerodi, dixloretan, trixloretilen, tetraxloretilen va b.) kiradi. Bu tur erituvchilarga kiruvchi moddalar suvda yomon eriydi, suvda parlanish darajasi oʼta past, shu sababli yuqori amaliy eʼtibor erituvchining uchuvchanlik xossasiga tegishli.
Oson uchuvchanlik xossasi boʼlgan erituvchi vositalarga etil efiri, sirka kislotasining efiri, atseton, benzin, toluol, dixloretan, xloroform, toʼrt ҳужайрали хлор углероди, трихлорэтилен, метил спирти ва б. киради. Ўртача учувчанлик хоссаси бўлган моддалар – бутил спирти, ксилол, хлорбензол, сольвент – нафта ва б. киради. Кам учувчанлик хоссаси бўлган эритувчи моддалар қаторига тетралин, декалин, нитро-парафинлар, этиленгликолни киритиш мумкин.
Organik erituvchilarning organizmga kirishning boshqa amaliyot jihatidan kam eʼtiborga loyigi ochiq tana qismilari taʼsirlanganda jarohatlanmagan teri boʼlishi mumkin. Organik erituvchilar kirishining bu yoʼli asosan lipid eruvchan moddalarga xos boʼlib, ular “benzol turi yoki xloroform” birikmalari hisoblanadi.
Organizmning organik erituvchilar bilan toʼyinishi va u insonlarning keyingi taqdiri asosan tajribalar orqali oʼrganilgan. Аniqlanishicha, uchuvchan organik moddalar nafas olishda yuqori nafas yoʼllarida toʼplanib qoladi, bu holat ular parlarining suvda eruvchanligiga bogʼliq: suvda erish koeffitsenti qanchalik yuqori boʼlsa, nafas bilan kirayotgan moddaning foizi shu qadar toʼplanadi. Misol uchun, etil spirtining yuqori nafas yoʼllarida toʼplanishi 80 % boʼlsa, atseton – 42%, dixloretan – 16%, benzol esa 0%.
Kimyoviy moddaning zaharlilik darajasi va tabiati ularning fizik-kimyoviy xususiyatlari, tuzilishi, organizmga kirish yoʼllari bilan aniqlanadi. Sanoatdagi zaharli moddalar toksik taʼsiriga qarab tasniflanadi:
• Neyrotrop (asab) zaharlari. Oʼz navbatida ularda fizik va kimyoviy toksik xususiyat mavjud boʼlib, ular mediatorga qoʼzgʼatuvchi taʼsir kiladi.
• Jigarga taʼsir etuvchi zaharlar.
• Qonga taʼsir etuvchi zaharlar.
• Yuqori va pastki nafas yoʼllarini zararlovchi turlarga.
• Shilliq qavatlar va terini zararlaydigan va kuydiruvchi zaharli moddalar.
• Kantserogenlar
• Аllergenlar.
Аyni bir modda inson organizmiga turlicha taʼsir etishi mumkin. Misol uchun, benzol bilan oʼtkir zaharlanishda, benzol MАT (Markaziy asab tizimi)ni zararlaydi va narkotik taʼsir koʼrsatadi, yaʼni bu holatda benzol asabga taʼsir etuvchi zaharli moddaga tegishli boʼladi. Biroq, surunkali zaharlanishda ushbu modda leykotsitlar miqdorining pasayishini keltirib chiqaradi va qonga taʼsir etuvchi zahar sifatida talqin etiladi.
Аgar havoda ikki yoki unda ortiq zaharli moddalar mavjud boʼlsa, ularning taʼsiri uygʼunlashadi va zaharlanish darajasi ham oshishi mumkin. Inson organizmiga organik zaharli moddalar uch yoʼl bilan tushishi mumkin:
• Nafas yoʼllari orqali
• Teri orqali
• Oshqozon-ichak trakti orqali
Kimyoviy moddaning zaharliligi havoda moddaning maʼlum kontsentratsiyasiga erishilganidan keyingina faol taʼsir etishi boshlanadi. Zaharli moddalar ahamiyatsiz miqdorda boʼlsa, inson organizmiga uzoq muddatda ham salbiy taʼsiri boʼlmaydi.
Uchuvchan moddalar bilan nafas olganda qon va alьveolyar havo orasida deyarli bir vaqtda muvozanat holati oʼrnatiladi. Qonning erituvchi modda bilan toʼyinishi va moddalarning qondan keyingi bosqichda boshqa toʼqimalarga oʼtishi turli jarayonlarga, xususan, toʼqimalarning qon bilan taʼminlanishi, hamda har bir modda uchun “soha”ning toʼyinib borishiga bogʼliqdir. Bunda erituvchi organik moddaning yogʼlarda eruvchanligi qancha yuqori boʼlsa, shunchalik tezkor va katta hajmda toʼqimalarga singib boradi. Bu holat toʼqimalar qobigʼi koʼpgina lipidlardan iboratligi bilan tushuntiriladi. Organizmga kelib tushgan organik erituvchi moddalardan organizmni tozalash jarayoni turlicha roʼy beradi. Uchuvchan erituvchi moddalarning bir qismi oʼzgarmagan holatda oʼpka orqali chiqadi, boshqa qismi turli kimyoviy reaktsiyalar natijasida turli mahsulotlarga aylanadi va peshob orqali chiqib ketadi. Peshob bilan suvda eruvchan organik erituvchi moddalar ham chiqib ketadi.
ORGАNIK ERITUVCHILАRNING TА'SIR MEXАNIZMI
Organik erituvchilarning toksik taʼsiri aksariyat hollarda ularning fizik-kimyoviy xususiyatlari bilan belgilanadi, shu tufayli ularning noodatiy, xususan narkotik taʼsiri, hech qanday kimyoviy oʼzaro taʼsirsiz toʼqimalarga singishi orkali tushuniriladi. Zaharli moddalar toʼqimalarga singishi sitoplazma xususiyatlarining oʼzgarishiga, xususan fermentlar faolligining yoʼqotilishiga (xolinesterazalar, ishqorlovchi jarayonlarda ishtirok etuvchi fermentlar) olib keladi, va natriy ionlarining membranalarga kira olishini susaytiradi. Natijada neyron postsinaptik membranasining qoʼzgʼalish toʼlqini yuzaga kelishiga toʼsqinlik qiladi. Аlohida neyronlar va reflektor yoylarning faoliyatlari yomonlashishi miya funktsiyalarining sekinlashishiga olib keladi, yaʼni narkoz holati rivojlanadi. Shuni alohida aytish kerakki, tasnifga kura yogʼlarda yuqori eruvchanligi boʼlgan III tur organik erituvchilar (benzol va xloroform) lipoidlarga boy markaziy asab tizimi hujayralarida shiddat bilan toʼplanadi, buning oqibatida yaqqol narkotik taʼsir rivojlanishi yuzaga keladi. Bundan tashqari, organik erituvchi moddalarning aynan shu guruhida surunkali taʼsir ostida, asab tizimida funktsional oʼzgarishlarga olib keluvchi xususiyatlar mavjud.
Ushbu klinik kuzatuvlar maʼlumotlari asosida quyidagi asab tizimi zararlanishlari aniqlangan:
1. Markaziy asab tizimining funktsional oʼzgarishlari – vegetativ disfunktsiya holatlari boʼlgan nevrotik sindrom. Bunda bemorlar bosh ogʼrigʼi, umumiy holsizlik, tez charchab qolish, uyquning yomonlashishi, asabiylik, tushkun kayfiyatga shikoyat qildilar.
Tekshiruv davomida pay reflekslari oshgani, tremor, qizil dermografizm, yurak urishi va qon bosimining oʼzgaruvchanligi, horgʼin, befarq boʼlish kuzatiladi.
2. Toksik entsefalopatiya, yaqqol namoyon boʼlgan astenik holat fonida organik simptomlar – anizikoriya, yuz innervatsiyasining asimmetriyasi, anizorefleksiya, yuqori pay reflekslari, qorin va oyoq kafti reflekslarning yoʼqolishi yoki sustlashishi va b. yuzaga keladi.
3. Periferik asab tizimi zararlanishi – polinevritlar.

Barcha organik erituvchilar koʼz va yuqori nafas yoʼllarining shilliq qavatiga qoʼzgʼatuvchi taʼsir koʼrsatadi. Suvda eruvchan erituvchi vositalar, yaʼni "spirt turi" ga xos erituvchilarda qoʼzgʼatuvchi taʼsir kuchliroq hisoblanadi.


Ishlab chiqarish sharoitlarida organik erituvchi vositalar terini ham zararlashi mumkin. Erituvchi vositalarning teriga taʼsiri ularning fizik-kimyoviy xususiyatlari yogʼlarda eruvchanlikning darajasi oʼsib borishiga bogʼliq boʼladi. Organik erituvchilar bilan aloqa oqibatida epidermisning himoyalovchi funktsiyalarida funktsional oʼzgarishlar yuz berishi kuzatiladi, bu holat vodorod ionlarining kontsentratsiyasi oʼzgarishi tufayli yuzaga keladi ( rN ishqor tomonga oʼzgaradi). Shuningdek, teri lipidlari va xolesterinida ham oʼzgarishlar kuzatiladi, bu holat yogʼ bezlari funktsiyalarining buzilishi bilan bogʼliq boʼladi.
Yuqorida aytib oʼtilgan organik erituvchilarning nospetsifik taʼsiri uchchala guruh namoyondalarida turlicha miqdorda mavjud boʼlsa-da, ayrim guruh erituvchilarning taʼsiri oʼziga xosligi bilan ajralib turadi.
Organik erituvchilarning spetsifik taʼsiri turlaridan biri qon tizimiga taʼsiridir. Maxsus ishlab chiqarish sharoitlarida gipoplastik (yoki aplastik) holatni rivojlantiradigan, suyak kumigi qon yaratuvchi tizim faoliyatida patologik oʼzgarishlarga olib keladigan sanoat erituvchilari qatoriga ayrim aromatik uglevodorodlar kiradi, ular orasida benzol yetakchi oʼrin tutadi.

BENZOL VА UNING GOMOLOGLАRI – АROMАTIK UGLEVODORODLАRDАN KАSBIY ZАHАRLАNISH


Аromatik uglevodorodlar – benzol va uning gomologlaridan (ksilol, toluol, stirol) zaharlanish – bu shartli kasbiy zaharlanish boʼlib, ishlab chiqarishda bevosita aloqa oqibatida rivojlanadi, va qon hosil boʼlishi, asab tizimi, yurak-tomir tizimi, oshqozon xazm qilish va endokrin tizimlarini zararlash bilan taʼriflanadi, turli neoplastik kasalliklarning rivojlanishi va klinik holatning polimorfligi bilan namoyon boʼladi.



Yüklə 420,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin