Mаvzu: orgаnik erituvchilаrdаn o’tkir vа surunkаli zаxаrlаnish (4 soat) аmаliy mаshg’ulotni o’qitish texnologiyasi



Yüklə 420,5 Kb.
səhifə6/16
tarix15.10.2023
ölçüsü420,5 Kb.
#155992
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
ORGАNIK ERITUVCHILАRDАN O’TKIR VА SURUNKАLI ZАXАRLАNISH

Gemopoez depressiyasining kuchlilik darajasi quyidagilarga bogʼliq:
 benzol taʼsirining kuchi va davomiyligi;
 benzol taʼsiriga organizmning shaxsiy sezuvchanligi;
Gemopoezga taʼsiri boʼlgan endogen omillarning holati:
 temir moddasining latent yoki manifest tanqisligi;
 qalqonsimon bez disfunktsiyasi;
 tuxumdonlar disfunktsiyasi va b.

Benzol intoksikatsiyasida asab tizimi benzolning MАTga toʼgʼridan toʼgʼri taʼsiri oqibatida zararlanadi, soʼngisi esa, qon hosil boʼlishiga reflektor ravishda taʼsir koʼrsatadi. Surunkali intoksikatsiyada periferik qonning hosil boʼlishi va hujayraviy tarkibining buzilishi MАT funktsiyalariga taʼsir etadi. Orqa miyada neoplastik jarayonining rivojlanishi benzol va uning metabolitlarining qon hosil qiluvchi hujayralarning mitozi va xromosoma apparatiga taʼsiri bilan asoslangan. Benzol kam oʼrganilgan endogen omillarning malignizatsiyasida ishtirok etuvchi kokantserogenlar qatoriga kiritilgan. Bunda quyidagilar ahamiyatli, shaxsiy reaktivlik, konstitutsional moyillik, benzolning organizmga kirish davomiyligi va davriyligi, benzolning atrof muhitdagi kontsentratsiyasi.


Benzolning uzoq muddatli taʼsiri surunkali leykozning rivojlanishiga olib kelishi mumkin, leykozning bu turi kasbga aloqador boʼlmagan leykoz xastaligining klinik holatidan u qadar farq qilmaydi. Аksariyat hollarda bu surunkali mieloid leykoz, ayrim hollarda – limfoblast leykoz yoki eritremiya (1 rasm).
1 расм.

Moddaning yuqori kuchli toksik taʼsirida qon hosil qiluvchi aʼzolarning yanada kuchli zararlanishi mumkin: qon hosil boʼlishining total buzilishi, qon hosil qiluvchi ustun hujayralari proliferatsiyasining buzilishi, va qisman – gemopoez avvali buzilishi. Bu hujayralarning differentsiyallash mohiyatining ham buzilishi ehtimoli mavjud. Bu kabi qon hosil boʼlishining chuqur oʼzgarishlari oqibati oʼsib borayotgan pantsitopeniyadir.


Orqa miyaga yuqorida tasvirlangandan koʼra kuchsizroq toksik taʼsir qon hosil boʼlishning leykoepitik, megakariotsitar, eritropoetik oʼsmalarining differentsial hujayralari proliferatsiyasi buzilishi bilan namoyon boʼladi. Bunda granulotsitopoez (oʼsib borayotgan leykopeniya), yoki trombotsitopoez (trombotsitopeniya, gemorragik sindrom), yoki eritropoez (gipoplastik anemiya) zararlanish ehtimoli mavjud. Shuni inkor etish qiyinki, benzol intoksikatsiyasigacha qon hosil qiluvchi oʼsmalarning zararlanishi turli xastaliklar, patologik oʼzgarishlar oqibatida ham kelib chiqqan boʼlishi mumkin (fibrioma, davomiy va haddan ortiq xayz, oshqozon axiliyasi, ayrim dori vositalarining leykopoezga toksik taʼsiri) (2 rasm).

PАTOLOGIK АNАTOMIYA


Oʼtkir intoksikatsiyada – ichki aʼzolarda qon toʼplanib qolishi, oʼpka, plevra, epikard, oshqozon-ichak trakti shilliq qavatida nuqtasimon qon ketishlar, shishlar, miya va uning qobigʼida qon toʼlishi, mayda qon quyilishlar. Surunkali intoksikatsiyada – keskin umumiy kamqonlik, teri ostiga, shilliq qavatlar va seroz qavatlar, ichki aʼzolar, miya yumshoq qobigʼi, miya suyuqligi va qorinchalariga qon ketishlar. Qon tomirlarining oʼtuvchanligi oshib ketadi, perivaskulyar skleroz kuzatiladi. Orqa miya suyuqligi sargʼish-pushti rangda, shilimshiqsimon. Gipoplaziya, panmieloftiz turi boʼyicha aplaziya. Orqa miya giperplaziyasi, leykemiyagacha borish ehtimoli bor. Qorataloq gemosideroz belgilari bilan kichraygan. Jigar biroz kattalashgan, yogʼ distrofiyasi, gemosideroz, skleroz, limfoid va plazmatik hujayralardan infilьtratlar. Buyraklar burama kanalchalari epiteliysi distrofiyasi, haddan ortiq teri osti yogʼ qatlami, shilliq qavatlarda yaralar.

BENZOL INTOKSIKАTSIYASINING TАSNIFLАNISHI


Quyida zaharlanish tasniflari keltirilgan:
А. Kechishiga qarab: oʼtkir, oʼtkir osti, surunkali intoksikatsiya. Yuqorida sanab oʼtilgan zaharlanishlardan qolgan asoratli holatlar. Yuqorida sanab oʼtilgan intoksikatsiyalarning uzoq muddatli asoratlari.
B. Jarayon bosqichlariga qarab: I-bosqich-funktsional, almashinuv,qaytuvchan oʼzgarishlar. II – bosqich-strukturali, kam qaytuvchan va butunlay qaytmaydigan oʼzgarishlar. 1-engil, 2- oʼrtacha ogʼir, 3- ogʼir.
V. Benzolning organizmga kirish yoʼllari: ingalyatsion, teri orqali, aralash.

Yüklə 420,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin