Mavzu: ona tili darslarida iboralar va tasviriy vositalardan foydalanish



Yüklə 1,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/24
tarix04.01.2023
ölçüsü1,28 Mb.
#78418
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24
Mavzu ona tili darslarida iboralar va tasviriy vositalardan foy

Frazeologik antonimiya. Antonimiya til birliklari orasidagi 
semantik munosabat asosida belgilanadigan hodisalardan biri bo‘lib, 
iboralarda ham so‘zlardagi darajada uchraydi. Anotomiyani belgilash, bir 
tomondan chuqurroq anglashga olib kelsa, ikkinchidan polisemiyada bir 
iboraning ma’nolarini o‘zaro farqlashga yordamlashadi uchinchidan, 
senonimlarni belgilashda ham foyda keltiradi. 
Barcha 
leksik 
komponentlari 
boshqa-boshqa 
so‘zlar 
bilan 
ifodalangan iboralar orasidagi antonimiyani belgilash oson: savol bermoq 
va javob qaytarmoq; yerga urmoq va ko‘kka ko‘tarmoq kabi. Birinchi 
antonimlar tarkibidagi har bir so‘z komponentlar ikkinchi antonimlar 
tarkibidagi har bir so‘z-komponentlari o‘zaro antonim. Quyidagi antonim


13 
iboralar tarkibida qatnashgan leksik komponentlar- ayni bir so‘zning 
o‘zi, ikkinchi leksik komponentlar esa antonim so‘zlar: yurag(i) keng va 
yurag(i) tor. Boshqa bir misol: ko‘ngil(i) joyiga tushdi va yurag(i)ga 
g‘ulg‘ula tushdi. Bu antonim iboralar tarkibidagi leksik, komponentlarning 
uchinchisi ayni bir so‘z, birinchisi o‘zaro sinonim, ikkinchisi esa o‘zaro 
ma’no munosabatini hosil qilmaydi. Ko‘rinadiki, antonim iboralar 
tarkibidagi antonim so‘z-komponentlari qatnashavermaydi.Antonimiya 
iboradan yaxlitligicha anglashiladigan lug‘g‘aviy ma’no asosida 
belgilanadi. Antonimik iboralardagi ana shunday ma’no nozikliklarini 
anglash o‘quvchi tafakkuri rivojida hal qiluvchi rol o‘ynaydi. O‘qituvchi 
bunday holatlarga diqqatini qaratmog‘i lozim.
Frazeologik omoniya. Til birliklari orasida shaklan teng kelish 
hodisasi omoniya-frazeologik birliklarda ham mavjud. Frazeologik 
omoniya odatda ikki ibora orasida voqe bo‘ladi: qo‘l ko‘tarmoq I va qo‘l 
ko‘tarmoq II kabi. Bu yerda omoniya ibora bilan ibora orasida voqe 
bo‘ladi, keltirilgan iboralar barcha
muqobil shakllarda teng keladi: qo‘l ko‘tardim qo‘l ko‘taradi kabi. 
Shunga ko‘ra bu ikki iborani omonimlar deyish mumkin. 
Omonik munosabatdagi iboralarning leksik tarkibi ikki xil bo‘ladi: 
1. Har ikki ibora tarkibidagi bir komponent esa ayni bir so‘zning o‘zi 
bo‘lad. Masalan: o‘ng kelmoq I va o‘ng kelmoq II iboralari tarkibidagi fe’l 
komponentlari ayni bir so‘z bilan, ism komponentlar esa omonim so‘zlar 
bilan ifodalangan: birinchi ibora tarkibidagi ters sifatining antonimi
ikkinchi ibora tarkibida esa tush otining antonimi qatnashgan. 
2. Har ikki ibora tarkibidagi barcha komponentlar ayni shu so‘zlarning 
o‘zi bo‘ladi. Bunda ikki holat bor: 
a. Iboralar tarkibidagi so‘zlar har xil leksik ma’nosi bilan qatnashadi. 
Masalan: dam bermoq I va dam bermoq II iboralari tarkibida fe’l


14 
komponentlari 
ayni 
bir 
leksik ma’nosi bilan, ot komponentlar esa 
boshqa- boshqa leksik ma’nosi bilan qatnashgan. (dam 1 –“havo”, “yel”; 
dam 2- “istirohat”) 
b. Iboralar tarkibidagi so‘zlar ayni bir leksik ma’nosi bilan qatnashadi. 
Bunday omonimiyani izohlashda so‘z komponentlarga suyanib bo‘lmaydi, 
iboralar asosida yotgan voqelikka, shu voqelikdan olingan obrazga 
suyaniladi. Masalan: ichag (i) uzildi I va ichag (i) uzildi II iboralari 
tarkibidagi so‘z komponentlar ayni bir leksik ma’nosi bilan qatnashgan, 
ammo bu iboralar asosida boshqa-boshqa obraz yotadi: birinchi iborada 
qattiq va uzluksiz kulganda ichaklar silkina-silkina uzilib ketgudek 
bo‘lishidan, ikkinchi iborada esa uzoq muddat ovqatlanmaslik natijasida 
ichaklarning torayib, ingichkalashib, uzilish darajasiga yetishidan obraz 
olingan. 

Yüklə 1,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin