Mavzu: ona tili darslarida iboralar va tasviriy vositalardan foydalanish



Yüklə 1,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/24
tarix04.01.2023
ölçüsü1,28 Mb.
#78418
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Mavzu ona tili darslarida iboralar va tasviriy vositalardan foy

Frazeologik polisemiya. Bittadan ortiq ma’noni anglata olish til 
birliklariga xos xususiyat bo‘lib, u iboralarning ham talay qismida 
uchraydi. Polisemantik iboralarning ko‘pi ikki ma’noli uch ma’noli 
iboralar anchagina; to‘rt, besh ma’noli iboralar ham uchraydi. Masalan: 
bosh (i)ga qilich kelsa ham (har qanday sharoitda ham) iborasi bitta 
ma’noni, aqli yetadi (1. idrok qilmoq uqimoq, bilmoq, 2. ishonch hosil 
qilmoq) iborasi ikkita ma’noni, bo‘yniga qo‘ymoq iborasi uch ma’noni 
1.(“ayb”ni). To‘nkamoq, ag‘darmoq. 2. (“ayb”ni). To‘nkamoq, 
ag‘darmoq. Isbotlab, e’tifof qildirmoq. 3. (biror ishni bajarishga rozi 
qilmoq) anglatadi. Misollardan ko‘rinib turibdiki iboralardagi ko‘p 
ma’nolilik nutqning o‘ta nozik ifodasi imkoniyatini yaratadi. 


12 
Frazeologik 
senonimiya. Senonimlik til birliklari orasidagi 
semantik mikro sistemalardan biri bo‘lib, iboralar orasida ham anchagina. 
Ikki iborani senonim deyish uchun ular ayni bir ma’noni anglatishi shart. 
Bu siz senonimiya haqida gapirib bo‘lmaydi. Ayni bir ma’nolilikni teng 
ma’nolilik deb tushunish yaramaydi. Har bir senonim, shu senonimiya 
uyasi uchun umumiy ma’no o‘zanidan tashqari, o

ziga xos ma’no qirrasiga 
ega bo‘ladi.
Senonimlar odatda bir yoki bir necha jihatdan farqqa ega bo‘ladi. 
Shulardan biri ma’no qirrasidagi farq bo‘lishi mumkin.Masalan: yer bilan 
yakson bo‘lmoq- yer bilan yakson qilmoq iborasi kulini ko‘kka sovirmoq-
kuli 
ko‘kka 
sovirildi iborasiga senonim: ayni bir ma’noni 
anglatadi.(“butunlay yemirmoq, yo

q qilmoq”) Bu senonimlar boshqa 
belgi-xususiyatlardan qat’iy nazar ma’no qirrasida farq qiladi: ikkinchisida 
ma’no bir qadar kuchli Frazeologik senonimlarni belgilashda ular asosida 
boshqa- boshqa obrazning yotishi ham hisobga olinadi. Masalan: bir
og‘iz, bir shingil, bir chimdim senonim iboralari asosida har xil obrazlar 
yotadi; bir bosh uzumning qismi; chimdim olinadigan miqdor. 

Yüklə 1,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin