Mavzu: Kompyuter o`yinlari haqida.
Darsning maqsadi:
Ta`limiy maqsadi: Xavfsizlik texnikasi qoidalari va sanitariya – gigiyena talablari bilan ishlashni o`rgatish.
Tarbiyaviy maqsad: O`quvchilarga jamoa bo`lib muammoni hal etish malakasini shakllantirish. Ajdodlarimiz meroslarini asrab – avaylab, ular ishlarining davomchilari bo`lish ruhida tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi maqsadi: Xavfsizlik 0texnikasi qoidalari va sanitariya – gigiyena talablari malaka ko`nikmalarini hosil qilish.
Darsning jihozi: 5-sinf informatika darsligi, plakat, texnika vositasi, (kompyuter),
chizmalar, rangli qog`ozlar.
Darsning uslubi: Aqliy hujum interfaol mashqlar yordamida o`quvchilar orasida rivojlantiruvchi muhit hosil qilish.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism: O`quvchilar bilan salomlashib davomat aniqlanadi, o`quvchilar diqqati darsga jalb qilinadi.
Yangi mavzu bayoni:
Aksariyat o`yinlarni o`ynash uchun sizga bitta yoki bir nechta sherik kerak bo`ladi. Masalan, futbol yoki oddiy quvlashmachoq o’yinini bir o’zingiz o’ynay olmaysiz. Kompyuter sizga turli tuman o’yinlarni o’ynash imkoniniberib, kerak bo’lsa sizga sherik vazifasini ham bajaradi.
|
O`yinlar juda qadim zamonlardan odamlarga xamroh bo’lib kelmoqda. Ular insonning bo`sh vaqtini maroqli o`tkazish bilan birga jismoniy va aqliy ribojlanishiga yordam beradi. Qadimda o`yinlar yoshlarda jamoa bo`lib ov qilish, o`zini dushmanlardan himoya qila olish kabi qobiliyatlarni shakllantirgan. O`yinlar vaqt o`tishi bilan takomillashib, zamon talabiga moslashib bordi. Kompyuterlar yaratilishi bilan o`yinlarning yangi turi kompyuter o’yinlari vujudga keldi. Kompyuterlarning rivojlantirishi bilan kompyuter o’yinlari vujudga keldi. Kompyuterlarning rivojlanishi bilan kompyuter o’yinlari ham takomillashib bordi. Hozirgi kunda kompyuter o’yinlari bir nechta turlarga ajratish mumkin. Misol sifatida quyidagilarni keltirish mumkin. Arcade (arkada). Bu turdagi o`yinlarda ko`p o`ylamasdan tez harakat qilish kerak bo`ladi. Ularga avtomobil poygalarini misol qilish mumkin.
Scrollers (siljish, harakatlanish). Bu turdagi o`yinlarda ekrandagi tasvir bir tomonga to`xtovsiz harakatlanib turadi. O`yinchadan esa uchragan to`siqlardan o`tishi talab etiladi.
Simulation (simulyatorlar). Bu turdagi o`yinlarda biror murakkab texnik qurilmani (avtomobil, samolyot, va hokazo) boshqarish amalga oshiriladi.
Strategy (strategiya). Bu turdagi o’yinlarda biror maqsadga erishish uchun reja ishlab chiqish talab etiladi. Bunda o`yinchi birgina personaj emas, balki, harbiy bo`linma, biror tashkilot yoki davlatni boshqarishi kerak bo`ladi.
Sport (sport). Bu turdagi o`yinlarda biror sport o`yini (futbol, basketbol va hokazo) tasvirlanadi.
Adventure (sarguzasht). Bu turdagi o`yinlarda o`yinchi boshqarayotgan qaxramon syujet bo`yicha harakatlanadi. Yo`lda boshqa personajlar bilan muloqotga kirishadi, mantiqiy masalalarni hal qiladi va turli sarguzashlarni boshidan kechiradi.
Puzzle (boshqotirmalar). Bu turdagi o`yinlarda har xil boshqotirmalarni hal qilish kerak bo`ladi. Masalan, bo`laklarga ajratib yuborilgan rasmni tiklash, minalashtirilgan maydondagi minalashtirilgan maydondagi minalarni topish va hokazo.
Bu ro`yxatni yana davom ettirish mumkin. Lekin kopgina o`yinlarni biror turga qo`shish juda mushkul. Chunki ularda bir necha turdagi o`yinlarning xususiyatlari mujassamlangan bo`ladi.
Hozirgi kunda kompyuter o`yinlarining yana bir turi o`quvchi yoshlar e`tiborini o`ziga jalb qilib bormoqda. Bu o`quv (o`rgatuvchi) o`yinlardir. Ular o`quvchiga o`quv materialini o`zgartirishga yordam beradi. Albatta, tovush, harakatli tasvirlar, videolavhalar yordamida tashkil etilgan o`quv o`yinlari o`quv jarayonini qiziqarli bilib, mavzuni o`zlashtirishni yengillashtiradi.
Tadqiqotlar shuni ko`rsatibdiki, kompyuter o`yinlari ko`rish, aniqrog`i, atrofdagi o`zgarishlarni tezroq payqash, tovushlarni bir biridan farqlash kabi qobiliyatlarni kuchaytirar ekan. Ba`zi kompyuter o`yinlari aynan shu maqsadda ishlab chiqiladi. Masalan, “Memory” (xotira) o`yini xotirani kuchaytirishga xizmat qiladi. Bu o`yin 4x4 o`lchamli maydonga ega bo`lib, unda 8 juft (16 ta) rasm kvadrat shaklidagi kataklar bilan berkitilgan. Bitta juftlikda bir xil rasm bo`lib, ular har safar har xil joylashtiriladi. Sichqoncha yordamida rasmlarni ochish mumkin. Ochilgan rasm bir soniyadan so`ng yana yopiladi. Maqsad: har bir rasmning juftini topish. Buning uchun rasmlarning joylashishini eslab qolish kerak bo`ladi.
O`yin 6 bosqichdan iborat bo`lib, har bir bosqichda turli mavzudagi rasmlar chiqadi. Har bir bosqichdan so`ng multfilmdan parcha namoyish etiladi.
Dostları ilə paylaş: |