Darsning jihozi: 5-sinf informatika darsligi, plakat, texnika vositasi, (kompyuter),
chizmalar, rangli qog`ozlar.
Darsning uslubi: Aqliy hujum interfaol mashqlar yordamida o`quvchilar orasida rivojlantiruvchi muhit hosil qilish.
Darsning borishi: Tashkiliy qism: O`quvchilar bilan salomlashib davomat aniqlanadi, o`quvchilar diqqati darsga jalb qilinadi.
Yangi mavzu bayoni: Paintda rasm qismi faylga qanday saqlanadi ?
Bir necha rasmning bo`laklarini birlashtirib yangi mazmundagi rasm hosil qilish mumkin. Buning uchun avval rasmlarning kerakli qismlarini ajratib olib alohida fayllarda saqlash maqsadga muvofiq. Paintda rasmning istalgan qismini belgilab olib biror nom bilan saqlab qo`yish imkoniyati mavjud. Bu vazifa quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
Rasmning kerakli qismi uskunalar panelining yoki uskunasi yordamida belgilanadi (1- rasm);
Fayl nomi kiritilib (masalan “epizodi”) Saqlash (Coxранить) tugmasi tanlanadi yoki “Enter” klavishi bosiladi (3- rasm).
Natijada “epizodi” faylida (4- rasmidagi kabi) kiyikning oq fonli ko`rinishi hosil bo`ladi.
Paintda bir nechta rasm qanday birlashtiriladi ?
Bir nechta rasmdan yangi rasm hosil qilish uchun quyidagi ketma-ketlikdagi amallar bajariladi:
Paint dasturi ishga tushuriladi:
Tahrir menyusining Fayldan olib qo`yish (Вставить из файла) bo`limiga kiriladi. (5- rasm);
Kerakli fayl (birinchi rasm) tanlanib (Открыть) tugmasi tanlanadi yoki “Enter” klavishi bosiladi (6- rasm);
Oshilgan rasmni ishchi maydonning kerakli joyiga joylashtiriladi va o`lchami zaruratga qarab o`zgartiriladi (7- rasm);
Huddi birinchi rasm kabi ikkinchi (uchinchi va hokazo) rasmlar birinchi rasm ustiga fayldan ochiladi (8- rasm);
Keyingi joylashtirilganrasmlarning oq foni avval joylashtirilgan rasmlarning bir qismini to’sib qo’yiladi (8- rasmdagi ko`rinish kabi.) Bu kamchilikni bartaraf etish uchun Rasm (Рисунок) menyusining Shaffof bo`lmagan fon (Непрозрачный фон) amali inkor etiladi. Natijada oq fon shaffof fonga o`tiladi (9- rasm);
Hosil bo`lgan shaffof fonli rasmni ishchi maydonning kerakli joyiga joylashtirib, kerakli o`lchamga keltiriladi va saqlab qo`yiladi (10- rasm);