Mavzu: maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy faolligini oshirish texnologiyalari


Oilada bolalarni jismoniy tarbiyalash



Yüklə 29,1 Kb.
səhifə3/4
tarix16.09.2023
ölçüsü29,1 Kb.
#144233
1   2   3   4
KURS JUMISI 10 MAVZU 2 CHI

1.2 Oilada bolalarni jismoniy tarbiyalash

Oilada bolalarni jismoniy tarbiyalash Bolalarni oilada va davlat muassasalarida jismoniy tarbiyalashning vazifalari yagonadir, ular ota-onalar va maktabgacha ta’lim muassasalarining umumiy harakati bilan hal qilinishi lozim. Ishchi va xizmatchilarga dam olish kunlari, ko‘p bolali oilalar va yosh bolasi bo‘lgan ayollarga qo‘shimcha imtiyozlar yaratilishi - bularning hammasi ota-onalarga o‘z bolalarining tarbiyasiga ko‘p vaqt ajratish imkonini beradi. Oilada jismoniy tarbiyani to‘g‘ri amalga oshirish uchun ota-onalar bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalarida, shuningdek, bolalarning sport maktablarida qanday jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishlarini va kun hamda butun hafta davomida qanday jismoniy yuklama bajarayotganligini bilishlari zarur. Maktabgacha ta’lim muassasasiga qatnamaydigan bolalarning ota-onalari ularning to‘liq jismoniy rivojlanishini ta’minlashga majburdirlar. Oilada tarbiyalanayotgan bolalarga jismoniy tarbiya vositalari kompleksi qo‘llanishi muhim. Ular uchun eng qulay gigiyena sharoitlarini yaratish, tabiatning tabiiy omillari (quyosh, havo, suv)dan foydalanish muhimdir. Oila tarbiyachisi bola bilan ertalabki gimnastika, jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari, harakatli o‘yinlarni hovlida, maxsus jismoniy tarbiyaga oid jihozlangan xonalarda yoki imkoniyatlardan kelib chiqib jixozlanmagan xonalarda ham tashkil etishi mumkin. Bunda havoning haroratiga qarab ochiq havoda o’tkazilishi maqsadga muvofiqdir. Hozirgi davrda, Mustaqil O‘zbekistonda ko‘pgina oila bolalarining tarbiyasiga oila tarbiyachisini yollamoqdalar. Oilatarbiyachisi oilada bolalar tarbiyasida yetakchi o‘rin egallaydi. U oilada bolalarni yakka tartibda hayotga har tomonlama yetuk va barkamol insonlar qilib tarbiyalashga javobgar shaxsdir. Oila 2-3-4 farzanddan iborat bo’lishi mumkin. Oila tarbiyachisi oiladan ota-onalar va bolalar haqida ma’lumot oladi, bolalar soni, yoshi, sog‘lig‘i, rivojlanish darajasi, egallagan harakat, malaka va ko‘nikmalari va jismoniy sifatlarini rivojlanganlik darajasini o’rganib chiqadi, so‘ng “Maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablari” asosida bola bilan tashkil qilinadigan jismoniy tarbiya ishlarini rejalashtirib oladi. Oila tarbiyachisi jismoniy tarbiya bo‘yicha olib boriladigan ishlarga puxta tayyorlanishi, bolani faollikka, mustaqillikka, undaydigan ta’lim metodlarini tanlashi lozim. Oilada bolalarni jismoniy tarbiyalash o’ziga xos xususiyatga ega. Tarbiyachi ertalabki badan tarbiyani bolalarning yosh xususiyatlaridan kelib chiqib (ayniqsa, 3-4 yosh) ularni she’rlar, musiqa sadolari, ashulalar, turli xil hayvon obrazlari harakatlari orqali jismoniy harakatlarni bajarishga undaydigan mashqlarni rejalashtirishi kerak. Tarbiyachi ota-onalardan o‘z bolalari bilan birgalikda badantarbiya mashqlarini bajarishda, ota-onalar va bolalar bilan sport musobaqalarini tashkil etish, bunda bolalar ota-onalari bilan birgalikda harakat qilishlari ularga ijobiy ta’sir etadi va ularni rag’batlantiradi. Masalan, “Ota-onam va men – sportchi oilasi”.


Bolalarning kun bo‘yi kechadigan mustaqil harakat faoliyati ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bola o‘zida harakatga kuchli ehtiyoj sezadi, biroq bu harakat maqsadsiz va tasodifiy bo‘lib qolmasligi uchun tarbiyachining maqsadga yo‘naltiruvchi rahbarligi zarur. Bolaga o‘z vaqtida qiziqarli faoliyatni taklif etish, uning faoliyatini vaqti-vaqti bilan chetdan yo‘naltirib, vaqtni me’yorlab turishi zarur. Bola mustaqil shug‘ullanar ekan, diqqatni o‘zini qiziqtiruvchi, maqsadga eltuvchi harakatlarga qaratadi. Uni muvaffaqiyatli amalga oshirgach, harakat usullarini o‘zgartiradi, ularni solishtiradi va eng maqsadga muvofig‘ini tanlaydi. Shunday ekan, bu jarayon fikr yuririshni, qat’iylikni, maqsadga intiluvchanlikni faollashtiradi. Maktabgacha ta’lim muassasalari oldida kichkintoylarning kundalik hayotini maroqli tashkil etish vazifasi turadi. Shunday qilish kerakki, bolalar har kuni faol(aniq) harakat qilish imkoniyatiga ega bo‘lsinlar. Bolalar ixtiyorida ularning rang-ba rang harakatli faoliyatlarini rag‘batlantiruvchi jismoniy inventarlar o‘yin vositalari bo‘lishi lozim. Masalan, bolalar “Dengizchilar” o‘yinini o‘ynasalar, ularga narvon, arqon va shunga o‘xshash narsalar kerak bo‘ladi. Mustaqil harakatli faoliyat bolalarning harakat qobilyatlarini qo‘zg‘atadi, harakatning yangi turlarini egallab olishga yordam beradi. Guruh joylarini hamda sayr maydonlarini kerakli uskunalar bilan maqsadga muvofiq ravishda jihozlash zarur. Bu jihozlarni bolalarning harakat faolligini oshirishga yordam beradigan tarzda joylashtirish to‘g‘risida o‘ylab ko‘rish kerak. Bolalar ixtiyoriga bir yo‘la barcha jismoniy inventarlarni berib qo‘ymasdan, ularni vaqti-vaqti bilan almashtirib turish zarur. Jismoniy tarbiyaga kundalik pedagogik rahbarlikni amalga oshir ganda bolalar faoliyatini haddan tashqari chegaralab qo‘ymaslik lozim. Ularga ko‘proq mustaqillik berib, bundan bolalarning harakat qobilyatini o‘stirishga, tashkilotchilik iste’dodlarini rivojlantirishga intilish zarur. O‘yinlarda tarbiyachining ham ishtirok etishi maqsadga muvofiqdir: kattalarning shaxsiy namuna ko‘rsatishi bolalarning harakat faoliyatiga qiziqishini oshirishga yordam beradi, butun guruh harakatini uning ishiga aralashmasdan ustalik bilan kuzatib turish va har bir bolaning faoliyatini to‘g‘ri yo‘lga solib turish imkonini beradi. Tarbiyachi faol harakatlarni dam olish bilan oqilona almashinib turishini ta’minlash maqsadida butun guruh faoliyatini kun bo‘yi kuzatib boradi: bunda u rasm chizib, kitob o‘qib, shashka o‘ynab charchagan bolalarni harakatli o‘yinlarga, qiziqarli sport o‘yinlariga jalb qilish imkoniyatlarini qo‘ldan chiqarmaslikka harakat qiladi. Uzoq vaqt velosipedda yurgan, chilvirda sakragan bolalarning diqqatini sinf-sinf o‘yini singari sokin o‘yinlarga tortadi. Bolalarning mustaqil harakatini faollashtirishga mohirlik bilan pedagogik rahbarlik qilinganda bolalarning harakat imkoniyatlari ortadi. Bu esa o‘z navbatida jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida dastur materiallarini muvaffaqiyatli o‘tish uchun imkoniyat yaratadi.
Bolalarning mustaqil harakat faoliyatida qoidali harakatli o‘yinlar katta o‘rin tutishi lozim; ular ijodiy tashabbusni, tashkilotchilik malakalarini rivojlantiradi, o‘yin ishtrokchilari xatti-harakatlarini va qoidalarining bajarilishini baholash me’zoni hosil qilinadi, bolalarni bir-biriga yaqinlashtiradi, ajoyib do‘stlik paydo bo‘ladi. Kechki salqinda aniqlik va epchillikning rivojlanishiga yordam beradigan shashka va boshqa sport o‘yinlaridan foydalanish mumkin. Agar katta va maktabga tayyorlov guruhlarining bolalari mantiq va fikr yuritish faolligi, diqqatini to‘plash, maqsadga yo‘naltirishni rivojlantiruvchi shaxmat o‘yinini o‘ynay olsalar, ularni rag‘batlantirish maqsadga muvofiqdir. Bolalarning yuqorida ko‘rsatilgan xilma-xil mustaqil harakat faoliyatlari tarbiyachi rejasida ko‘zda tutiladi.
Eng oddiy turizm jismoniy tarbiyaning muhim vositasidir. Bolalar bog‘chasida turizm deganda bog‘cha hovlisidan tashqaridagi joylarda sayr qilish tushuniladi. Bundan maqsad bolalarda harakat malakalarini takomillashtirish, joylarda to‘g‘ri yurishga o‘rgatish va shunga o‘xshash ko‘nikmalar hosil qilishdan iborat. Bunday mashqlar ahil jamoani tarbiyalash, bolalar bilan kattalar o‘rtasida o‘zaro yaxshi munosabatlar o‘rnatish uchun katta ahamiyatga egadir.
Bolalar ko‘pincha bolalar bog‘chasi xonasi yoki maydonida turli mashqlarni bajarayotib, yangi vaziyatda o‘zlarini yo‘qotib qo‘yadilar. Tabiatning bolalarning sayr paytida duch keladigan o‘zgarib turuvchi sharoiti joylarda zarur mo‘ljal olishni, qat’iyatlikni, botirlikni, umumiy chidamlilikni tarbiyalashga, do‘stona munosabatlarni mustahkamlashga yordam beradi. Shuning uchun bunday sayr va ekskursiyalar muntazam amalga oshirilishi va u kichik guruhlardan boshlanishi, bunda mazkur guruh bolalarning yosh xususiyatilari va imkoniyatlari, sog‘lig‘ining ahvoli, yakka ko‘rsatkichlari hamda shifokor tavsiyalari hisobga olinishi lozim. Sayr maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lishi uchun tarbiyachi ularni kalendar-rejasida oldindan belgilab oladi va o‘tkazishga puxta tayyorgarlik ko‘radi. Yoz – sayrlarni o‘tkazishning eng qulay vaqti. Tarbiyachi bolalarni muassasa joylashgan tumanni: shaharda (agar bolalar bog‘chasi dala hovlida bo‘lmasa) park, bog‘, xiyobonlarni; dala hovlida, yaqin atrofdagi o‘rmon, yaylov, soy, gullagan o‘tloq, daryo, ko‘lni oldindan o‘rganadi. Bolalar bilan qaysi yo‘ldan borish maqsadga muvofiqligini aniqlash, ayrim marshrutlarning uzoqligini belgilash juda muhimdir. Bolalarni yo‘lda dam oldirish mumkin bo‘lgan joylar aniqlanadi, harakat ko‘nikmalarini takomillashtirish mashqlarini o‘tkazish imkonini beradigan barcha tabiiy sharoit – irmoqchalar, qirg‘oq, do‘ngalaklar, tepaliklar, yiqilgan va egilib qolgan daraxtlar, yaylov va hokazolarning mavjudligi hisobga olinadi. Sayrlar mazmuniga o‘yinchoqlar va kichikroq inventarlardan foydalanib amalga oshiriladigan harakatli o‘yinlar, shuningdek, qoidali harakatli o‘yinlar kiritiladi. Yalanglikda jismoniy tarbiya mashg‘uloti, harakatli o‘yin o‘tkazilishi, shundan so‘ng bolalar dam olishlari, sayr etishlari, xotirjam o‘ynashlari mumkin. Qish faslida bolalar bog‘chasidan tashqariga sayr uyushtirish ham muhim bo‘lib, u ham ish rejasiga kiritiladi. Agar muayyan guruhdagi barcha bolalar konkida ucha oladi gan bo‘lsalar yaqin oradagi muz maydoniga (uning ma’muriyati bilan oldindan kelishilgan holda) borish maqsadga muvofiq.
Kichik guruh bolalari yaqin atrofdagi xiyobonda sayr qilishlari mumkin. Bunday sayrlar bardoshlilik, chidamlilikni hosil qilishga, bola organizmining qarshilik ko‘rsata olishini oshirishga, asab tizimi faoliyatini mo‘tadillashtirishga, bolalarda tetik, quvnoq kayfiyatni yuzaga keltirishga yordam beradi. Sayr vazifalari rejaga muvofiq bolalarni oldindan ogohlantirish, ularda sayrni quvonib kutish hissini uyg‘otish, sayr maqsadini quyidagi ko‘tarinkilikda ma’lum qilishdan iborat: “Yalanglikda o‘ynaymiz, so‘ng cho‘milamiz”, “Yalanglikka mashg‘ulotlar bajargani boramiz”, “Ayiqchalarni olib ketamiz va ular bilan o‘ynaymiz”, “Turistik poxodga jo‘naymiz”. O‘rta va katta guruh bolalari sayrga tayyorgarlik ko‘rishda ishtirok etishlari lozim. Ular tarbiyachi bilan birga kerakli jihozlarini tayinlaydilar, ko‘tarib borish oson bo‘lishi uchun ularni o‘zaro taqsimlab oladilar. Tajriba bunday sayrlarning sog‘lomlashtirish va ta’limtarbiyaviy ahamiyatga ega ekanligini, bolalarda turizmga nisbatan qiziqish, tetik ruh, chidamlilik, jamoa hissi paydo bo‘lishini tasdiqlaydi. Sayrda barcha yosh guruh bolalari erkin, istasalar guruhguruh bo‘lib yurishlari mumkin (odatda juft bo‘lib yurish bir bolani ikkinchisiga bog‘liq qilib qo‘yadi va asab tizimi holatiga noxush ta’sir etadi, salbiy emotsiya uyg‘otadi, erkin harakat qilishga tabiat va uning go‘zalligini his etishga imkon bermaydi). Faqat muayyan sharoitlarda, masalan, bolalar transport yuradigan shox ko‘chadan kesib o‘tishlari kerak bo‘lganidagina juft bo‘lib saflanishi mumkin. Kichik guruh bolalarini tarbiyachidan tashqari yana kattalardan biror kishi kuzatib borishi kerak: u bolalarni yo‘ldan o‘tkazishga, yalanglik, o‘rmonda o‘yin uyush- tirishga ko‘maklashadi. Agar sayr paytida jismoniy tarbiya mashg‘ulotini o‘tkazish belgilangan bo‘lsa, unga tabiiy omillardan foydalanib amalga oshiriladigan mashqlar (qiya daraxtga sur’atni o‘zgartirib chiqish va pastga sakrash, kim o‘zarga yugurish, jilg‘adan hatlab o‘tish va hokazo), tik turgan, o‘tirgan, yotgan holatda buyumlar bilan bajariladigan mashqlar kiritiladi.
Sayr va mashg‘ulot sof havoning bolaning yalang‘och badaniga bevosita ta’sir etishi tufayli (bolalar faqat trusi, mayka, panamka, kepka va sayrga mos oyoq kiyimida bo‘lishlari lozim) harakatda qabul qilinadigan tabiiy havo vannasi hisoblanadi. Sayr qish faslida ham rejalashtiriladi: bolalar oldindan ogohlantiriladilar va tarbiyachi bilan birgalikda kerakli narsalarni (o‘yinchoqlar, belkuraklar, o‘yin uchun atributlar, chanalar, chang‘ilar, konkilar, va hokazo) tayyorlaydilar. Sayrlarni muntazam o‘tkazish bolalarning harakat ko‘nikmalarini takomillashtiradi, organizmni chiniqtiradi, chidamlilikni tarbiyalaydi, hayotiy taassurotlarni yangilaydi, atrof-muhitni bilishga yordam beradi, sayohatlarga qiziqish uyg‘otadi, zavq-shavq baxsh etadi.

II bob. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI JISMONIY SIFATLARINI SHAKLLANTIRISHDA OILA VA MAKTABGACHA TA’LIMNING HAMKORLIGI.


2.1 Maktabgacha ta’lim muassasalarida va oilada ertalabki gimnastikani o‘tkazish metodlari va ularning ahamiyati

Ertalabki gimnastika bolaning oila, maktabgacha ta’lim muassasasida kundalik tartibining majburiy qismidir. Uning kattalar rahbarligida o‘tkazib turilishi bolalarda asta-sekin yoqimli muskul sezgisi, ijobiy emotsiyalar, xushchaqchaqlik kayfiyatini uyg‘otadigan jismoniy mashqlarga nisbatan ko‘nikishni tarbiyalaydi. Ertalabki gimnastikaning ahamiyati rang-barang: u organizmning hayot faoliyatini yaxshilaydi, uyqudan so‘ng asab tizimini harakatga keltiradi, bedorlikka o‘tish vaqtini qisqartiradi, ijobiy emotsiyalar uyg‘otadi. Uyqudan so‘ng maxsus tanlangan jismoniy mashqlardan iborat ertalabki gimnastika bolaning butun organizmini astasekin faoliyat holatiga jalb etadi. Jismoniy mashqlarni bajarish bosh miya po‘stlog‘i qo‘zg‘aluvchanligini, shuningdek, butunmarkaziy asab tizimi faolligini kuchaytiradi. Ko‘rish, eshitish, tayanch-harakat, teri kabi barcha retseptorlardan bosh miyaga keladigan butun impulslar oqimi asab tizimi ish qobiliyatini va organizmning hayot faoliyatini tiklaydi. Yuqorida aytilganlarning barchasi ertalabki gimnastikaga yoki amaliyotda qabul qilingan gimnastikaga tegishlidir. U bolaning oilada va internat tipidagi muassasada uyg‘ongan zahoti o‘tkaziladi. Ertalabki gimnastika to‘g‘ri qomatni tarbiyalashga ta’sir etib, nafas olishni chuqurlashtiradi, qon aylanishini kuchaytiradi, modda almashinishiga yordam beradi. Ertalabki gimnastika bolalarda diqqatni, maqsadga intiluvchanlikni tarbiyalaydi, aqliy faoliyatning oshishiga yordam beradi, emotsiya va quvonch tuyg‘ularini uyg‘otadi. Bolalarning jismoniy mashqlarning ochiq havoda yoki darcha, derazalari ochiq xonada suv muolajalari (artinish, suv quyish, dush) bilan o‘tkazishlari sog‘lomlashtirishga katta samara beradi: asab tizimining umumiy holati va funksional imkoniyatlarini yaxshilaydi, uni mustahkamlaydi va chiniqtiradi, qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlarining muqobillashuviga yordam beradi, modda almashinish reaksiyalarini yaxshilaydi, shamollash va yuqumli kasalliklarga nisbatan immunitet hosil qiladi, bolalarda tetiklik, yengillik, quvonch sezgilarini uyg‘otadi. Bolalar organizmini chiniqtirish maqsadida suv harorati asta-sekin pasaytirib boriladi; bunda shifokor ko‘rsatmasi asosida har bir bolaga alohida yondashishga rioya qilinadi. Shunday qilib, ertalabki gimnastika chiniqish muolajalari bilan o‘zaro aloqadorlikda bolaning xushchaqchaq kayfiyatini kun davomida saqlovchi va oshiruvchi muhim, har tomonlama jismoniy-sog‘lomlashtirish jarayoni hisoblanadi. Harakatlarni bajarishdagi yutuqlar va kamchiliklarni tarbiyachi hamda bolalar tomonidan tahlil qilinishi va baholanishi jismoniy mashqlarni ongli ravishda o‘zlashtirib olinishiga yordam beradi. Bilim va malakalarning baholanishi ta’lim jarayonini to‘g‘ri tashkil etish uchun muhim ahamiyatga egadir. Chunki tarbiyachi yangi materialni o‘rgatishga kirishishdan oldin avvalgi mashg‘ulot bolalar tomonidan o‘zlashtirib olinganligiga ishonch hosil qilishi kerak. Tarbiyachi baho yordamida o‘zi qo‘llayotgan metodikaning samaradorligininazorat qiladi. Bolalar harakatini rivojlantirishda miqdoriy hamda sifat natijalarining o‘zgarishini kuzatib boradi. Tarbiyachi harakatlarning to‘g‘ri bajarilishini kuzatish va ko‘rsatmalar berish yo‘li bilan, mashg‘ulot jarayonida tahlil qilib yoki nazorat topshiriqlari yordami bilan, maxsus tekshirish o‘tkazish yo‘li bilan baholab boriladi. Hatto katta guruhlarda ham mashg‘ulotlarga yakun yasash har bir mashg‘ulotda alohida-alohida o‘tkazilmasligi kerak. Garchi bolalar bog‘chasida jismoniy tarbiyaning asosiy ta’limiy vazifalari avvalo mashg‘ulotlar vaqtida hal etilsa-da, bolalar bu hal akatlarni egallash jarayonida, mashqlarni o‘rganish mobaynida jismoniy tarbiyaning: ertalabki gimnastika, o‘yinlar, harakatlarni ko‘p marta takrorlash, mustaqil faoliyat singari boshqa juda ko‘p shakllari orqali o‘z malakalarini takomillashtirishlarini ham unutmaslik kerak. Bolalarni oilada va maktabgacha ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiyalashning vazifalari yagonadir, ular ota-onalar va maktabgacha ta’lim muassasalarining umumiy harakati bilan hal qilinishi lozim. Oilada jimoniy tarbiyani to‘g‘ri amalga oshirish uchun otaonalar bolalarning maktabgacha ta’lim muassasalarida, bola larning sport maktablarida qanday jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishlarini hamda butun hafta davomida qanday jismoniy yuklama bajarayotganligini bilishlari zarur. Bolani bog‘chadan qaytgandan keyingi vaqtda, dam olish va bayram kunlaridagi mashg‘ulotlari (ertalabki gimnastika, harakatli o‘yinlar va boshqalar)ni rejalashtirish talab etiladi. Maktabgacha ta‘lim muassasalari ota-onalarga bolalarning jismoniy tarbiyasi haqida bilimlarni egallashlarida katta yordam berib borishadi. Bolalar bog‘chasiga qatnamaydigan bolalarning ota-onalari ularning to‘liq jismoniy rivojlanishini ta’minlashga majburdirlar. Ayrim oilalarda ana shunday vazifani oila tarbiyachisi – amalga oshiradi. Oila tarbiyachisi oilada o‘z ishini rejalashtirar ekan, har kungi mashg‘ulotlar jadvalini tuzib oladi. Oila tarbiyachisi bolalarning jismoniy yuklamalaridan xabardor bo‘lishi lozim. Avvalo, bolalarni to‘g‘ri rivojlantirish uchun har-xil ish shakllaridan foydalanishi kerak. Ertalabki gimnastikani o‘tkazishda, uyda, hovlilarda turli sport buyumlaridan foydalanib, dars mashg‘ulotlari o‘rtasida, oxirida arg‘amchilardan sakrash, devoriy gimnastika narvonchaga chiqish, velosiped, roliklardan foydalanish kerak. Ayniqsa, to‘plardan ko‘p foydalanish lozim: voleybol, basketbol, futbol, koptokni yerga urib sakrash, aylanish va hokazo. Shunda bolalarning harakat faolligi o‘sib boradi. Bu esa ochiq havoda o‘tkazilgan jismoniy tarbiya mashg‘ulotlar bola organizmini chiniqishiga katta ta’sir etadi.



Yüklə 29,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin