Mavzu: Korrupsiya va uninga qarshi kurash. Korrupsiya so‘zining lugaviy manosini bilasizmi?



Yüklə 433,5 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/9
tarix21.12.2022
ölçüsü433,5 Kb.
#76946
1   2   3   4   5   6   7   8   9
fgkIlB9lumBQi6AHFFxR7aXvh93uMgzG4mQln61N

DAVLAT SIYOSATI  
Bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta‘minlash; 
Bolaning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish; 
Bolaning kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslik; 
Bolaning sha‘ni va qadr-qimmatini himoya qilish; 
Bolalar huquqlari va imkoniyatlarining tengligini ta‘minlash; 
Bola huquqlari kafolatlarining huquqiy asoslarini takomillashtirish; 
Bolalarning jismoniy, intellektual, ma‘naviy va axloqiy kamol topishiga 
ko‘maklashish; 
Bolalarda vatanparvarlik, fuqarolik, bag‘rikenglik va tinchliksevarlik
tuyg‘ularini tarbiyalash; 
Bolani O‘zbekiston xalqining tarixiy va milliy an‘analari, ma‘naviy 
qadriyatlari hamda jahon madaniyati yutuqlari bilan tanishtirish; 
Bolada huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantirish.  
 Bolalarni asramoq dunyoni asramoq tashkilotining hisobatiga ko‗ra 
O‗zbekiston kuchli o‗ntalikdan joy olgan. Milliy qonunchilikda bola 
huquqlarining me‘yoriy asoslari. 
Sog‘lom va bilimli yosh avlod mamlakat boyligi, millat ravnaqini 


ta‘minlaydigan mustahkam poydevordir. Shu bois yosh avlod kelajagi yo‘lida 
alohida va doimiy g‘amxo‘rlik ko‘rsatish davlatimiz siyosatining ustuvor 
yo‘nalishi sifatida belgilangan. 
Mamlakatimizda mustaqillikning ilk kunlaridanoq Islom Karimov 
rahnamoligida yoshlarning sifatli ta‘lim olishi va salomatligini mustahkamlash 
uchun har tomonlama qulay shart-sharoit yaratishga ulkan e‘tibor qaratilgan edi. 
Istiqlol yillarida ijtimoiy-gumanitar sohada amalga oshirilayotgan izchil islohotlar 
jarayonida aholini ijtimoiy himoya qilish uchun yo‘naltirilgan davlat xarajatlari 5 
barobar ko‘paydi, xalqimiz turmush darajasi sezilarli ravishda oshdi. Buning 
natijasida onalar o‘limi 2 barobardan ko‘proq, bolalar o‘limi 3 barobar kamaydi 
(Ma‘rifat gazetasi 2011 yil 11 sentyabr). Xususan, ―Bolalarni asraylik‖ xalqaro 
tashkiloti tomonidan tuzilgan jahon reytingida O‘zbekiston bolalar salomatligini 
mustahkamlash borasidagi katta g‘amxo‘rlik ko‘rsatayotgan eng ilg‘or etakchi o‘n 
mamlakat qatoridan joy oldi. 
Mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki yillaridanoq inson huquqlariga 
oid xalqaro huquqning umume‘tirof etilgan tamoyillariga tayanib, bola huquqlarini 
himoya qilish tizimini bosqichma-bosqich isloh etish, bola huquqlariga oid xalqaro 
huquq normalarini milliy qonunchilikka implementatsiya qilish va qonunchilikni 
takomillashtirishga jiddiy e‘tibor qaratildi. Bu borada voyaga etmaganlarni moddiy 
va ma‘naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlashni ko‘zda tutuvchi muhim islohotlar 
amalga oshirildi. Ayniqsa, ―Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida‖gi 
Qonunning amalga kiritilgani mamlakatimizda bola huquqlariga oid yaxlit, 
kodifikatsiyalashgan milliy qonunchilik tizimining yaratilishiga huquqiy poydevor 
vazifasini o‘tadi. 
O‘zbekistonda B
ola huquqlari 
bo‘yicha 100 dan ziyod qonunlar, 
Prezident farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va boshqa me‘yoriy- 


huquqiy hujjatlar qabul qilingan. Eng muhimi, mamlakatimizda bola huquqlari va 
manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha kompleks huquqiy asoslar yaratildi. 
Ayniqsa, 2008 yil 8 yanvarda amalga kiritilgan ―Bola huquqlarining 
kafolatlari to‘g‘risida‖gi Qonun O‘zbekistonda bola huquqlariga oid birinchi 
tarixiy hujjat bo‘ldi. 
Mazkur Qonunning qabul qilinishi, birinchidan, bola huquqlariga oid qonun 
hujjatlarining kodifikatsiya qilinishiga zamin yaratishga, ikkinchidan, BMTning 
Bola huquqlari to‘g‘risidagi konventsiyasida belgilangan bola huquqlarini himoya 
qilishga oid xalqaro standartlarga milliy qonunchilikning mosligini ta‘minlashga 
xizmat qiladi. Uchinchidan, bola huquqlarini himoya qilish mexanizmining 
oshkora va samarali bo‘lishi uchun bola huquqlari himoya qilinishining aniq 
kafolatlarini belgilab olishga imkoniyat berdi. 
Shuningdek, 2010 yil 
30 sentyabrda ―Voyaga etmaganlar o‘rtasida 
nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida‖gi Qonunning 
amalga kiritilishi bola huquqlari va manfaatlarini himoya qilishning huquqiy 
asoslarini yanada mustahkamladi. Ya‘ni ushbu Qonun voyagaetmaganlarning 
nazoratsizligini va ular o‘rtasida huquqbuzarliklar kelib chiqishining oldini olishga 
qaratilgan kompleks huquqiy chora- tadbirlar tizimini belgilab berdi. 
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda bolalarni ijtimoiy- iqtisodiy va 
madaniy jihatdan qo‘llab-quvvatlash hamda ularga keng imkoniyatlar yaratishga 
qaratilgan o‘ta muhim umummilliy davlat dasturlari qabul qilindi. Endilikda ular 
bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. 
Xususan, ―Sog‘lom avlod‖ (2000 yil), ―Ona va bola‖ (2001 yil), ―Ayollar va 
ulg‘ayayotgan avlod sog‘lig‘ini mustahkamlash bo‘yicha qo‘shimcha chora- 
tadbirlar to‘g‘risidagi davlat dasturlari (2012 yil), shuningdek, ―Yoshlar yili‖ (2008 
yil) va ―Barkamol avlod yili‖ (2010 yil), ―Sog‘lom bola yili‖ 


(2014 yil), ―Sog‘lom ona va bola yili‖ (2016 yil)ga bag‘ishlangan davlat dasturlari va 
milliy harakat rejalari ishlab chiqildi. 
Bugungi kunda bolalar va yoshlar masalalari davlat siyosatining asosiy 
diqqat markazida turganligini ―Yoshlarga oil davlat siyosati to‘g‘risida‖gi (2016yil 
15 sentyabr), ―Bolalarni ularning salomatligiga zarar keltiruvchi axborotdan 
himoya qilish to‘g‘risida‖gi (2017 yil 9 sentyabr) Qonunlarning qabul qilinishi 
ham yaqqol ko‘rsatib turibdi. 
Bunday muhim hujjatlar yurtimizda inson huquqlari, shu jumladan, bola 
huquqlari va manfaatlarini har tomonlama himoya qilish borasida o‘ziga xos 
huquqiy taraqqiyotga erishilganligining yorqin amaliy ifodasidir. 
Umuman aytganda, bugungi kunda O‘zbekistonda bola huquqlari va 
manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha o‘ziga xos milliy-huquqiy tizim shakllangan 
bo‘lib, ayni paytda mamlakatimiz bu yo‘lda dadil qadam tashlayotgan davlatlardan 
biridir. 
Nima uchun O‘zbekistonda Bola huquqlariga katta e‘tibor qaratiladi? 
Buni quyidagilar bilan izohlash mumkin. 
Aholimizning 
40% ni 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar tashkil etadi, 64%ni esa – 30 yoshgacha 
bo‘lgan yoshlar. 
Shu sababli, inson huquqlari va erkinliklari sohasida davlat siyosatining 
ustuvor yo‘nalishi bolalar va yoshlarning jismoniy, intellektual va ma‘naviy 
rivojlanishi uchun qulay va eng yaxshi sharoitlarni yaratish, shuningdek ko‘p bolali 
oilalarni, etim bolalarni va oila muhitidan mahrum bo‘lgan bolalarni har 
tomonlama qo‘llab-quvvatlash hisoblanadi. 
Mamlakatimizda bolalar huquqini himoya qilishning zarur huquqiy bazasi 
yaratilgan. Ta‘kidlash joizki, mustaqillikka erishilgandan so‘ng O‘zbekiston 
qo‘shilgan ilk xalqaro shartnomalardan biri BMTning Bola 


huquqlari 
to‘g‘risidagi konventsiyasidir.
Inson huquqlarini himoya qilishning qonunchilik asosi avvalo O‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan me‘yorlar va qonunlarga tayanadi. 
Milliy qonunchilikdagi ustuvor yo‘nalishlardan biri – bu bolalikni muhofaza qilish 
bo‘yicha BMT xalqaro konventsiyalari qoidalarini implementatsiya qilishdan 
iborat bo‘lib, mazkur yo‘nalishda YuNISEF bilan faol hamkorlik olib borilmoqda. 
O‘zbekiston Respublikasi 1992 yil 9 dekabrda BMTning Bola huquqlari 
to‘g‘risidagi konventsiyasini ratifikatsiya qilishi bola huquqlariga oid davlat 
siyosatining shakllanishi uchun zamin yaratdi va ushbu siyosat bola huquqlarini 
amalga oshirish va himoya qilish bilan bog‘liq munosabatlarni huquqiy tartibga 
solish uchun samarali mexanizmni yaratishga qaratilgan davlat organlari va 
mahalliy davlat hokimiyati organlarining izchil olib borilayotgan faoliyatida 
namoyon bo‘lmoqda. Shu bois, bola huquqlarini ta‘minlash va himoya qilish 
uchun zarur bo‘lgan huquqiy va tashkiliy sharoitlar va kafolatlar yaratish 
O‘zbekiston davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. 
Mamlakatimiz XMTning ―Ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh 
to‘g‘risida‖gi (Jeneva, 1973 yil 26 iyun) hamda Bolalar mehnatining og‘ir 
shakllarini taqiqlash va ularga barham berishga doir shoshilinch choralar 
to‘g‘risidagi konventsiyasiga (Jeneva, 1999 yil 17 iyun) ham qo‘shildi va ushbu 
hujjatlar qoidalaridan kelib chiqadigan o‘z majburiyatlarini izchil bajarib 
kelmoqda. 
Shu bilan birga, Xalq ta‘limi, Sog‘liqni saqlash, Mehnat va aholini ijtimoiy 
muhofaza qilish vazirliklari, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar, mahalliy 
hokimiyat organlarining oilaviy muhitdan mahrum bolalarning ta‘lim olishi, 
davolanishi va ularning boshqa huquqlarini himoya qilish borasidagi sa‘yi-
harakatlarini muvofiqlashtirish borasida institutsional mexanizmni yo‘lga qo‘yish 
bugun tobora dolzarb ahamiyat kasb 


etmoqda. Bunda kompleks idoralararo komissiyani tuzish, oilaviy muhitdan 
mahrum bolalar tarbiyasi bilan shug‘ullanuvchi barcha davlat muassasalarida asab 
tizimi va jismoniy rivojlanishdagi nuqsoni bor bolalar uchun tabaqalashtirilgan 
davolash dasturlarini ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega. 
Shuni ta‘kidlash joizki, mamlakatimizda oila muhitidan mahrum bo‘lgan 
bolaraning huquqlarini ta‘minlash tizimi yaratilgan. Xalq ta‘limi vazirligi tizimida 
bugungi kunda jami 25 ta mehribonlik uyi, 2 ta bolalar shaharchasi, 6 ta oilaviy 
bolalar uyi, kam ta‘minlangan hamda boquvchisini yo‘qotgan oila farzandlari 
uchun mo‘ljallangan 18 ta maktab- internat hamda 88 ta maxsus maktab-internat 
faoliyat olib bormoqda (Ma‘rifat gazetasi 2011 yil 11 sentyabr). 
O‘zbekistonda bola huquqlari va erkinliklari 100 dan ortiq qonunlar bilan 
tartibga solinishiga qaramay, 2008 yil 8 yanvarda ―Bola huquqlarining kafolatlari 
to‘g‘risida‖gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni kuchga kirdi. 
―Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida‖gi Qonun O‘zbekistonning 
huquqiy tarixida bola huquqlariga oid birinchi alohida qonun bo‘ldi. Mo‘ljalangan 
maqsadga ko‘ra, u bolaning huquqiy ahvolini belgilashga doir munosabatlarni 
tartibga solishga, bola huquqlarini va erkinliklarini yuridik kafolatlashga 
qaratilgan. Qonunning maqsadiga binoan, bola huquqlari va manfaatlarini amalga 
tatbiq etilishini ta‘minlaydigan kafolatlarni belgilash qonun bilan tartibga 
solinadigan asosiy ob‘ekt hisoblanadi. Ta‘kidlash joizki, qonun moddalarining 
yarmidan ko‘pi bola huquqlarining kafolatlarini belgilashga bag‘ishlangan. 
―Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida‖ O‘zbekiston Respublikasining 
Qonuni 07.01.2008 y. N O‘RQ-139. Qonunchilik palatasi tomonidan 2007 yil 23 
noyabrda qabul qilingan; 
Senat tomonidan 2007 yil 1 dekabrda ma‘qullangan; 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2008 yil 7 yanvarda 


imzolagan; 
Matbuotda rasman 2008 yil 8 yanvarda e‘lon qilingan va kuchga kirgan. 
Ushbu qonun 4 bob, 32 moddadan iborat: 
I – bob: Umumiy qoidalar (1-6- moddalar) 
II – bob: Bola huquqlarining asosiy kafolatlari (7-23- moddalar) 
III – bob: Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar huquqlarining qo‘shimcha 
kafolatlari (24-29- moddalar) 
IV – bob: Yakunlovchi qoidalar (30-32- moddalar) 
Mazkur Qonunga O‘zR 25.12.2009 y. O‘RQ-239-son Qonuniga muvofiq 
o‘zgaritirishlar kiritilgan. 
Ushbu qonunning 3- moddasida asosiy tushunchalar berilgan bo‘lib, unda 
bola, bolaning qonuniy vakillari, vasiy, homiy, ijtimoiy himoyaga muhtoj bola, 
etim bola va shu kabi qonunda uchraydigan tushunchalarga batafsil ta‘rif berilgan. 
Qonunning 2-bobida ―Bola huquqlarining asosiy kafolatlari‖ to‘g‘risidagi 
qoidalar belgilab qo‘yilgan bo‘lib, unda jumladan bolaning quyidagi huquqlari: 
Bolaning yashash huquqi, individuallikka va uni saqlab qolishga bo‘lgan 
huquqi, erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqi, himoyaga bo‘lgan huquqi, 
oilaviy muhitga bo‘lgan huquqi, g‘ayriqonuniy ko‘chirilishdan himoyalanish 
huquqi, o‘z fikrini ifoda etish huquqi, axborot olish huquqi, fikrlash, so‘z, vijdon 
va e‘tiqod erkinligi huquqi, xususiy mulkka bo‘lgan huquqi, 
turar joyga bo‘lgan huquqlari, mehnat qilish huquqi, dam olish va bo‘sh 
vaqtga bo‘lgan huquqi, sog‘lig‘ini saqlash huquqi hamda bilim olish huquqi 
kafolatlari haqida gap boradi 
Qonunning ahmiyatli jihati shundaki, uning 3-bobida ―Ijtimoiy himoyaga 
muhtoj bolalar huquqlarining qo‘shimcha kafolatlari‖ belgilab qo‘yilgan bo‘lib, 
unda ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning: 


 
oila muhitiga bo‘lgan huquqi kafolatlari 
 
jamiyatga uyg‘unlashish huquqi kafolatlari 
 
turar joyga bo‘lgan huquqlari kafolatlari 
 
ijtimoiy yordam olishga bo‘lgan huquqi kafolatlari 
 
Nogiron bolalar, jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsonlari 
bo‘lgan bolalarning tibbiy-ijtimoiy yordam olishga bo‘lgan huquqi kafolatlari 
 
ta‘lim olish huquqi kafolatlari mustahkamlangan. 
1989 yil 20 noyabrda BMT Bosh Assambleyasining 44G‘25-sonli rezolyu- 
tsiyasi bilan qabul qilingan, 1990 yil 2 sentyabrdan kuchga kirgan ―Bola huquqlari 
to‘g‘risidagi Konventsiya‖ shartnoma kuchiga ega bo‘lgan xalqaro huquqiy xujjat 
bo‘lib, muqaddima, 3 qism, 54 ta moddadan iborat. Konventsiyaning 1-41 
moddalari bolalarning huquq va erkinliklari to‘g‘risida, 42 – 54 moddalari 
ishtirokchi davlatlarning majburiyatlari to‘g‘risida. 
―Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konventsiya‖ning printsiplari: 

Bolaga nisbatan har qanday kamsitishlarning oldini olish. Barcha 
huquqlar hech qanday istisnosiz barcha bolalarga nisbatan qo‘llaniladi. Davlatning 
vazifasi – bolani kamsitishning barcha shakllaridan himoyalanganligini ta‘minlash 
va hamda uning huquqlarini ta‘minlab berish uchun barcha zarur choralarni 
ko‘rish. 

Bolaning manfaatlarini har tomonlama etarli ta‘minlash. Bolalarga 
nisbatan barcha xatti-harakatlarda bolaning manfaatlari yaxshiroq ta‘minlanishiga 
birinchi darajali e‘tibor beriladi. Agar ota- ona yoki vasiy bu vazifalarni bajara 
olmasalar, davlat bolani uning farovonligi uchun zarur hisoblangan himoya va 
g‘amxo‘rlik bilan ta‘minlash vazifasini o‘z zimmasiga oladi. 

Bolaning yashab ketish va sog‘lom rivojlanishini kafolatlash. Har bir 
bola yashash uchun ajralmas huquqqa ega va davlat bolaning yashab ketishi va 
sog‘lom rivojlanishi uchun mumkin qadar yuqori darajada 


imkoniyat yaratib berish majburiyatini oladi. 

Bolaning huquqlarini tan olish. Bola o‘zining fikrini erkin ifoda etish 
huquqiga ega, jumladan, bolaga taalluqli har qanday muhokama paytida uning fikri 
e‘tiborga olinishi shart. 

Yüklə 433,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin