Mavzu: Kompyuter grafikasi va uning turlari Reja


a) Konturli b) Hududi bo’yalgan



Yüklə 164 Kb.
səhifə5/6
tarix14.12.2023
ölçüsü164 Kb.
#178351
1   2   3   4   5   6
Kompyuter grafikasi va uning turlari

a) Konturli b) Hududi bo’yalgan
c) Hududi gradientlangan d) Hududi shtrixlangan









a) Konturli

c) Hududi gradientlangan
b) Hududi bo’yalgan
d) Hududi shtrixlangan



Vektor grafikasining asosiy imkoniyatlari Rasm. 5 Vektor grafikasining asosiy imkoniyatlari
Vektorli grafikaning imoniyatlari uni muhandislik sohasida qo’llashga imkon beradi (Rasm 6).
a) Ikki o’lchamli chizma b) Uch o’lchamli detal modeli


a) Ikki o’lchamli chizma
b) Uch o’lchamli detal modeli


Vektor grafikasining muhandislik amaliyotida qo’llanishi
Rasm. 6
Vektor grafikasining muhandislik amaliyotida qo’llanishi

Agar rastr grafikasida bazaviy element nuqta bo’lsa, vektor grafikasida chiziq hisoblanadi. Chiziq to’g’ri yoki egri (splayn) bo’lishi mumkin. Chiziq bir butun ob’ekt hisoblanib, u matematik ifodaga ega. SHuning uchun ham vektor grafikasi fayl hajmi rastr grafikasiga nisbatan ancha kam joy egallaydi. Vektor grafikasi bilan ishlaganda biron bir ob’ekt tahrirlanganda boshqa ob’ektlar tahrirlanmaydi. Ya’ni tasvirda biron bir geometrik ob’ektga osongina o’zgartirish kiritish mumkin bo’lib, shu ob’ekt ustida yoki ostida joylashgan boshqa geometrik ob’ektlar tahrirlanmasligi imkoniyatlari mavjud.


Vektor grafikasi aniq va tiniq tasvirlar yaratishga imkon beradi. Tasvirlar masshtablashtirilganda ularning sifati saqlanib qoladi. SHuning uchun ham undan dizayn, poligrafiya, reklama va animatsiyada keng foydalaniladi (Rasm 7).
Vektorli grafikaning dizayn va animatsiyada qo’llanilishi
Rasm. 7 Vektorli grafikaning dizayn va animatsiyada qo’llanilishi
Vektorli grafikaning eng qulay tomoni u chiqarish qurilmalarining barcha sifat sig’imi imkoniyatlaridan foydalanadi. Ya’ni vektor buyruqlari chiqarish qurilmasiga, aytaylik printerga berilgan masshtabdagi tasvir chiziq va ranglarini printer qancha nuqtadan iborat qilib chiza olsa shuncha nuqtalarni qo’llashni buyuradi. Agar rastrli format printerga chegaralangan nuqtalar to’plamidan foydalanib chop ettishni buyursa, vektorli format printer qancha nuqtalar to’plamini qo’llay olsa shuncha nuqtalarni qo’llashni buyruq beradi.
Vektorli tasvirlar kompyuterdan chiqarish qurilmasi (printer)ga turli vektor buyruqlarini yo’llaydi. Printerlarda o’zining mikroprotsessori bo’lib, u buyruqlarni qayta ishlaydi va ularni nuqta ko’rinishda qog’ozga tushiradi. Printerlarning turiga qarab ayrim hollarda kompyuter va printer orasidagi ikki mikroprotsessorning axborotlarni qayta ishlashida muammolar yuzaga keladi va natijada tasvir qog’ozda qisman yoki umuman chop etmasligi yoki ekranga xatolik haqidagi axborot chiqarilishi mumkin.
Imkoniyatlari:

  • Vektor grafikasi printerning barcha sifat sig’imidan foydalanib, tasvir masshtabi o’zgartirilganda ham uning sifatini saqlab qoladi;

  • Vektor grafikasi alohida ob’ektlarni tahrirlash imkonini beradi va tasvirlar oson tahrirlanadi;

  • Vektorli grafika agar tasvirda rastrli ob’ektlar qo’llanmagan bo’lsa xotirada kam joy egallaydi.

Kamchiliklari:
• Vektorli tasvirlar sun’iy ko’rinadi;

  • Rastr grafikasiga nisbatan ranglar kam tusga ega.


Yüklə 164 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin