Mavzu: ko‘kalamzorlashtirishning regulyar uslubi ishning maqsadi



Yüklə 27 Kb.
səhifə1/3
tarix27.12.2023
ölçüsü27 Kb.
#200126
  1   2   3
MAVZU


MAVZU: KO‘KALAMZORLASHTIRISHNING REGULYAR USLUBI

Ishning maqsadi. Ko‘kalamzorlashtirishning regulyar uslubi asosida joylashtirish,ularni chizmalarini tayyorlash bo‘yicha ko‘nikmalar berishdan iborat.


Kerakli jihozlar. Ko‘kalamzorlashtirishning regulyar uslubi asosida ishchi chizmalarini ishlab chiqishda qo’llaniladigan texnik vositalar, ishchi qurollar, ko’rgazmali qurollar, o’quv filmlari, adabiyotlar.
Ishni bajarish tartibi. Manzarali ko‘kalamzorlashtirishda gul ko‘chatlarini etishtirish va parvarishlash muhim axamiyatga ega. Parterli va turli kompozisiyali rang-barang, chiroyli gulzorlar aloxida xususiyatga ega inshootlarni bezatishda ishlatiladi. Ko’kalamzorlashtirish elementlari va ob’ektlari muntazam yoki geometrik shaklga ega bo‘lgan klassik usulni qo’llash muhim bo‘lib, atrof- muxit va tabiatga bevosita yaqinlik tasavvurini aks ettiradi. Shaxarlar va boshqa yirik aholi punktlarida, madaniyat va dam olish bog’lari shunday tashkil qilinadiki, ularda gulzor, gazonlar, daraxt – butalar bir nechta mintaqalarda turlicha maqsad va xar xil ko’rinishda joylanishi mumkin. Ko’kalamzorlashtirishda xiyobonlar, daxalar, maxsus bog’lar – rozariyalar, sirengariyalar, georginariyalar va xakazo xam katta axamiyat kasb etadi. Gulzorlar qisqa vaqtli dam olish va bezatish uchun ishlatiladi shuningdek, joyning konfigurasiyasiga ko’ra turli shaklda – to’rt burchak, cho’zinchoq, yumaloq, to’g’ri burchak bo’lishi mumkin.Daraxt,buta va gullarning ekilish sxemalari belgilanib,birl turdagi va bir xil o‘lchamdagi manzarali daraxt,buta va gul o‘simliklari tanlanadi.Gullarni ranglari bo‘yicha alohida joylashtirish muhim axamiyatga egadir.
Agar gullarni rangi biri ikkinchisini to‘ldirsa ular chiroyli manzara hosil qiladi.Qizil,to‘q sariq va sariq ranglar-issiq,yorqin va uzoqdan yaxshi ko‘rinadi,yashil,havorang va binafsharang - sovuq va mavxum bo‘lib ko‘rinadi.Oq rang boshqa ranglar bilan mos keladi.Kumushrang va kulrang o‘simliklar neytral rang hisoblanadi.Ranglar jamlanmasi quyidagicha guruxlarga bo‘linishi mumkin:
-kontrast - qizil-yashil, havorang-to‘qsariq,sariq-binafsharang.
-garmonik - qizil-sariq,to‘qsariq-yashil,sariq-ko‘k,yashil-havorang
-disgarmonik - qizil-to‘qsariq-sariq,yashil-ko‘k-havorang-binafsharang
-nyuans - och qizildan-to‘q qizilgacha,havo rangdan-to‘q ko‘kgacha
Gulzorlar turli o’lcham va shakldagi klumbalar, maysazorlarning yashil fonidagi rabatkalar va xoshiyalardan tashkil topadi. Gulzorlar maydoni kichikroq maydonchadan (4 – 5 dan – 20 m2 gacha) 1 gektargacha va undan ko’proq bo’lishi mumkin.Gulzor anik tarkibiy qismlarga ega bo‘lib,turli shakldagi gul ekinlari,yo‘lakchalar,maysazorlardan iborat bo‘ladi









11-rasm. Ko‘kalamzorlashtirishning regulyar uslubi



Yüklə 27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin