1-Laboratoriya Texnik spirtning konsentratsiyasini va tarkibini aniqlash usullari



Yüklə 79,14 Kb.
səhifə1/5
tarix15.09.2023
ölçüsü79,14 Kb.
#143767
  1   2   3   4   5
1-




1-Laboratoriya
Texnik spirtning konsentratsiyasini va tarkibini aniqlash usullari.

Ishdan maqsad. etil spirti va texnik spirti quvvatini va sifatini aniqlash




Asosiy tushuncha: Spirt ishlab chiqarish korxonalarida undirilgan don
quritilmasdan unib chiqqan davrda (zeleney solod) ishlab chiqarish jarayoniga yuboriladi. Pivo ishlab chiqarish korxonalarida esa, undirilgan arpa quruq holatda ishlatiladi. Bunda unib chiqqan arpa maxsus quritish uskunalarida quritilib, nishlardan tozalanib, ma`lum muddat saqlangach, ishlab chiqarishga tavsiya etiladi. Undirilgan arpani quritish jarayonida rang beruvchi va hid beruvchi moddalar hosil bo`ladi. Quritilgan, undirilgan arpani uzoq muddat saqlash mumkin. Nonli kvas ishlab chiqarishda quruq undirilgan javdari bug`doy va fermentlanmagan undirilgan don ishlatiladi. Fermentlangan undirilgan don tarkibida amilolitik fermentlar deyarli yo`q, sababi fermentatsiyalash jarayonida ular parchalanib ketadi. Nonli – kvas ishlab chiqarishda javdari bug`doy uni bilan fermentlangan undirilgan don kvas sharbatini asosiy xom ashyosi hisoblanadi, fermentlanmagan undirilgan javdari bug`doy va och rangli undirilgan arpa esa ferment manbai sifatida ishlatiladi. Etil spirti – xalq xo`jaligining turli sohalarida keng qo`llanilib kelinmoqda. Uning asosiy iste`molchisi oziq–ovqat sanoati hisoblanadi. Etil spirti asosan kuchli spirtli ichimliklar tayyorlashda, sharoblarni quvvatlantirishda, sirka tayyorlashda, hid berishda qo`llaniladi. Tibbiyot va farmatsevtika sanoatida vitamin ishlab chiqarishda, dori-darmon tayyorlashda va dezinfeksiya qilish maqsadida ishlatiladi. Etil spirti shuningdek, kimyo sanoatida va boshqa sanoatlarda ham ishlatiladi.
Spirt ishlab chiqarishda tarkibida kam qiymatli uglevodlarga ega bo`lgan qishloq xo`jaligi o`simlik xom ashyolari kimyoviy reaksiya orqali spirt ishlab chiqarishga yo`naltiriladi.
Spirt ishlab chiqarish korxonalarida undirilgan don tarkibidagi kraxmalni shira tortirish orqali spirt ishlab chiqariladi.
Spirt miqdorini eritmada solishtirma og`irligi bo`yicha aniqlash to`g`ri natijalar bermaydi, shuning uchun haydalgan spirtni solishtirma og`irligi bo`yicha aniqlanadi.

Yüklə 79,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin