Mavzu: kirish. Mikrobiologiya fani va uning vazifasi



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə14/89
tarix29.04.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#104627
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   89
MIKROBIOLOGIYA ma\'ruzalar

SAVOLLAR:

1. Tabiatdagi azotli birikmalar qanday parchalanadi?


2.Aerob ammonifikator qaysi mikroorganizmlar?
3.Nitrifikasiya necha bosqichdan iborat, bu jarayonni kim ochgan?
4. Denitrifikasiya qanday ahamiyatga ega?
5.Tuproqda erkin yashovchi azotofiksatorlarni ko’rsating.

  1. Fosforning o’simliklar hayotidagi o’rni qanday?

  2. Tuproqda fosforli birikmalar o’simliklarning qaysi organlarida uchraydi?

  3. Tuproqdagi fosfor qanday va qaysi xolda uchraydi?

12- маъруза
Mavzu: Mikroorganizmlarda moddalar almashnuvi. Nafas olish


Reja:

              1. Mikroorganizmlarda moddalar almashnuvini ahamiyati.

              2. Metabolizm

              3. Anabolizm

              4. Nafas olishning ahamiyati

              5. Nafas olishning xillari

              6. Aerov va anaerob nafas olish



Tayanch iboralar: Metabolizm, anabolizm, nafas olish, nafas olishning xillari,aerov va anaerob nafas olish, saprofit, parazitizm, oblogat, geterotrof, xemotrof.

Tirik organizmlarning asosiy xusususiyatlaridan biri moddalar almashinuvi. Bu ikki jarayonni o’z ichiga oladi: Birinchisi mikrob kulturasidagi asosiy qismlarni sintez qilish uchun tashqi muhitdan kerakli oziq moddalarning kulturasiga kirishi.


Ikkinchisi esa mikrobning hayot faoliyatida paydo bo’lgan moddalarning tashqi muhitga chiqishi, ya’ni almashinuv jarayoni.
Almashinuv (metabolizm) ikkiga assimilyatsiya – (anabolizm) va dissimilyasiya – (katabolizm ) ga bo’linadi. Bu ikki jarayon bir-biri bilan tirik hujayrada doim chambarchas bog’liq va ajralmasdir. Mikroorganizmlarda oziq hazm qiladigan maxsus organ yo’q. Oziqni ular butun tanasi bilan ikki tomonlama osmotik hodisalar hisobiga iste’mol qiladi. Natijada ma’lum oziq moddalarning to’xtovsiz ravishda hujayraga o’tishi va moddalar almashinuvi hujayradan ayrib ketishiga sabab bo’ladi. Mikroblarning hujayrasi bir sutkada vazniga ko’ra 20-30 marta ko’p oziqlanadi. Oziq moddalar mikrob hujayrasiga diffuziya yo’li bilan o’tadi. Shuning uchun moddalar suvda erigan holda bo’lishi kerak. Buning uchun mikroblar o’zlarining bilan murakkab oziq moddalarni kimyoviy usulda oddiy moddalarga aylantiradi, natijada oziq moddalar mikrob hujayrasiga diffuziya qila boshlaydi, ammo mikrob hujayrasiga moddalarning o’tishi bu oddiy mexanizm harakatlanib o’tish emas, bu murakkab fizik-kimyoviy jarayondir. Bu jarayonda moddalar konsentrasiyasi hujayra qobig’ining o’tkazish xususiyati, moddalar izoelektrik nuqtasi va boshqalarning ahamiyati katta. Bunda anabalizm va katabalizm bir vaqtda o’tadi, chunki bitta modda assimilyasiya va dissimilyatsiya jarayonlarida birdaniga ishtirok qilishi mumkin. Mikrob hujayrasiga o’tgan oziq moddalar unda qaytadan sintez qilinib, murakkab moddalarga aylanadi, so’ng mikroblarning protaplazmasiga singadi. Qabul qilingan oziq moddalar kolloid holga aylanadi va undan sirtga diffuziyalanib chiqa olmaydi. Shu tariqa hujayrada to’plangan oziqli moddalardan mikrob o’z tanasini tashkil etadi va shu moddalar hisobiga ko’paya boshlaydi.
Bakteriyalarning normal oziqlanishi uchun hujayra ichidagi va atrof-muhitdagi tuzlarning konsentrasiyasi to’g’ri nisbatda bo’lishi katta ahamiyatga egadir.
Atrof-muhitdagi tuzlarning optimal konsentrasiyasi 0.5% li NaCl eritmasidir. Mikroorganizmlar uglerod o’zlashtirishiga va energiyaning manbaiga ko’ra 4 ta guruhga bo’linadi:

  1. Fototroflar (autotroflar) – bu turli bakteriyalar uchun energiya manbai sifatidagi yorug’likdir.

  2. Xemotroflar - bu turli bakteriyalar uchun energiya manbai sifatidagi kimyoviy moddalardir.

  3. Avtotroflar – uglerodni bevosita karbonat angidritdan o’zlashtira oladilar. Avtotroflarning ba’zilari poleetelin, fenol va boshqa noorganik moddalarni xam o’zlashtirishi mumkin.

  4. Geterotroflar – faqat tayyor organik birikmalardan uglerod manbaalari sifatida foydalanadi.

Hozirgi yangi klassifikasiyaga binoan avtotroflar litotroflar deb nom olgan. U grekcha so’z bo’lib, “litostoy” va “trofos” oziqlanish ma’nosini bildiradi.
Bu turli bakteriyalar energiyasini noorganik moddalarning ( H4CH4, NH3, Fe, S , birikmalarini) oksidlanish reaksiyasi orqali oladi. Tabiatda moddalarning almashinishiga talab katta.
II. Geterotrof ham ikkiga bo’linadi:

  1. Saprofitlar

  2. Parazitlar

Saprofitlar lotincha so’z bo’lib, o’lgan substartda yashaydigan degan ma’noni bildiradi. Tayyor organik birikmalardan foydalanadi va yer yuzasidagi mikroorganizmlarning ko’pini tashkil qiladi.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin