Mavzu: kirish. Mikrobiologiya fani va uning vazifasi



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə1/89
tarix29.04.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#104627
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   89
MIKROBIOLOGIYA ma\'ruzalar



MIKROBIOLOGIYA VA VIRUSOLOGIYA
FANIDAN MA’RUZALAR MATNI


1 - MA’RUZA

MAVZU: KIRISH. MIKROBIOLOGIYA FANI VA UNING VAZIFASI

REJA:


1. Mikrobiologiya fani vazifasi


2. Mikrobiologiya fanini o’rganish obyekti
3. Mikrobiologiyaning hozirgi biologiya fanlarida tutgan o’rni
4. Mikrobiologiya fanini tabiatdagi ahamiyati
5. Mikrobiologiya fanini q/xo’jaligi, x/xo’jaligi va sanoatdagi ahamiyati.


TAYANCH IBORALAR: mikrobiologiya, tabiiy, mikoriza, gammoz, ferment, antibiotik, fiziologiya, zoologiya, genetika, emulsiya, pandemiya, rizosfera, chirish, tabiatda moddalar aylanishi, azot aylanishi, morfologiya.
Tabiatda inson, hayvonlar va o’simliklardan tashqari bir qancha tirik organizmlar ham bor. Tuzilishlari jihatidan juda kichik bo’lganligidan ularni oddiy kuz bilan ko’rib bo’lmaydi. Ularni biz faqat mikroskoplar yordamida ko’ra olamiz. Shuning uchun ham bunday kichik organizmlarni mikroblar yoki mikroorganizmlar deb yuritiladi.
Demak, mikrobioloiya ana shu mayda, ya’ni mikroorganizmlar shaklini, tuzilishini va hayotini xar tomonlama tekshiruvchi fandir. Mikrobiologiya grekcha suz bo’lib, «mikros» – mayda, «bios» – hayot, «logos» – fan degan ma’noni bildiradi. Mikrobiologiya fani mikroorganizmlarning tuzilishini va biologik xususiyatlarini, tabiatda yuz beradigan turli jarayenlarni axamiyatini, inson hayoti uchun ularning foydasini, mikroorganizmlarning murakkabroq organizmlar bilan bo’lgan munosabatini va mikroblarning zararli ta’sirotlarini yuqotish usullarini o’rgatadi.
Mikrobiologiya – bakteriyalar, ( nursimon ) achitqilar, mog’or zamburug’lari, sodda hayvonlar, viruslar va rikketsiyalar kabi mikroorganizmlarni o’rganadi.
Morfologiyasini
Sistematikasini
Fiziologiyasini
Ekologiyasini
Biokimyosini
Genetikasini
2. Mikrobiologiya fanining xalq xo’jaligida va kishilar hayotidagi ahamiyati.
Tuproqda va tabiatda boradigan biokimyoviy o’zgarishlarning ko’p qismi ana shu mikroorganizmlar ishtirokida boradi. Mikroorganizmlar tabiiy tuproq hosil qilish, yerni ishlash va o’g’it solish bilan bog’liq bo’lgan jarayenlarda va organik o’g’itlar tayyorlash, ularni saqlash va ishlash uchun juda katta ahamiyatga ega.
Yerga solingan organik o’g’itlar yoki o’simlik va hayvon qoldiqlari shu mikroblar tufayli parchalanib minerallashtiriladi va o’simliklar tomonidan uzlashtiriladi. Bundan tashqari ko’pchilik mikroorganizmlar o’simliklarning ildiz sistemasi bilan bog’lik bo’lib ularga katta yordam, ya’ni foyda keltiradi. (Mikoriza, rizosfera, ya’ni simbioz yashaydi). Ayrimlari esa, fitopotogen bakteriyalar va zamburug’lar ildiz xo’jayralarini buzadi, o’simlikni normal rivojlanishiga to’sqinlik qiladi. Mikroorganizmlar ildiz chirishi, gammoz, sarg’ayish va boshka kasalliklarga sababchi buladi. Bundan tashqari mikrobiologiya fani xalq hujaligida xam katta ahamiyatga egadir. Sanoatning yirik tarmoqlarida, ya’ni non pishirish, qatiq va yog’lar tayyorlash, pivo va vino tayyorlashda muhim rol uynaydi. Sanoatda aseton, butil va boshza spirt, turli tuman kislotalar olinadi .
Mikroorganizmlar yoki mikrobiologiya fani medisinada ham katta ahamiyatga egadir. Buning ahamiyatini L.Paster va qator olimlarning ishida ko’rish mumkin.
Bular avvalo ana shu kasalliklarning kelib chiqishi (yukishi) va oldini olish bilan kurashganlar va medisina mikrobiologiyasida muhim kashfiyotlar qilganlar. (Ibn Sino, Beruniy, Kox, Paster, E.Jenner,). Kuzga ko’rinmas mikroblar butun xalqlarni boshiga og’ir ofatlarni keltirib chiqargan.
V.L. Omelyanskiy o’zining 1909 yilda yozgan «Mikrobiologiya asoslari» kitobida shunday yozadi: «Mana shu mikroskopik, lekin shafqatsiz dushman ta’sirida butun oblastlar qirilib, yuzminglab kishilarning yostig’ini quritdi. Shuning uchun ham bularga qarshi kurash va ularning kelib chiqish o’chog’i aniqlanib mikrobiologiyada yangi davr ochildi».
Eng muhimi antibiotiklar – penisillin, streptomisin, biomisin va boshqalarni ishlab chiqarish va boshka mikroblardan foydalanishga asoslangan.
Mikrobiologiya alohida fan bo’lishi bilan birga biologiyaning boshqa qator fanlari bilan chambarchas bog’liqdir. Mikrobiologiya va zoologiya fanlarining sodda hayvonlar va hayotini o’rganish bilan bog’liq.
Fermentlarni, antibiotiklarni va vitaminlarni o’rganishda biokimyo bilan bog’lik. Gigiyena, fiziologiya, xirurgiya, veterinariya, anatomiya fanlari bilan bog’liq.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin