Mаvzu: jismonit tarbiya darsida pedagogik nazorat


Tekshirish-nazoratning tarkibiy qismi bo`lib



Yüklə 60,44 Kb.
səhifə6/8
tarix17.05.2023
ölçüsü60,44 Kb.
#115284
1   2   3   4   5   6   7   8
JISMONIT TARBIYA DARSIDA PEDAGOGIK NAZORAT

Tekshirish-nazoratning tarkibiy qismi bo`lib , unung asosiy didaktik vazifsi o`qituvchi va o`quvchilar o`rtasida aks aloqani ta`minlash,pedagog tamonidan o`quv materialini o`zlashtirish haqida obektiv axborot olishni hamda bilimlardagi kamchilik va nuqsonlarni o`z vaqtida aniqlashdan iboratdir.
Oquvchilarning bilim va malakalarini tekshirish qo`yida ko`rsatilgan mantiqiy ketma-ketlikda olib borilishi kerak.
Tekshirish tizimidagi birinchi bo`g`in ta`lim oluvchinig bilim darajasini oldindan aniqlash hisoblanadi.Odatda, u o`quv yili boshida o`quvchilar tamonidan avvalgi o`quv yilida o`zlashtirgan bilimlari darajasini aniqlash maqsadidida o`tkaziladi.BU tekshirish, shuningdek o`quv yilinig o`rtasida yangi bo`lim(kurs)ni o`rganishga kirishilganda ham o`tkazilishi mumkin va o`rinli bo`ladi.
Bilimlarni tekshirishning ikkinchi bo`g`ini har mavzuni o`zlashtirish jarayonidagi joriy tekshirishdir. Joriy tekshirish ta`lim oluvchilar tamonidan o`quv dasturida belgilangan ayrim alohida elementlarni o`zlashtirish darajasini tashxislash imkonini beradi. Mazkur tekshirishning asosiy vazifasi o`rgatishdir. Bunday tekshirishning shakl va metodlari turlicha bo`lib, ular o`quv materiali mazmuni, murakkabligi, o`quvchilarning Yoshi va tayyorgarligi, ta`lim bosqichi va maqsadlari, muayyan pedagogik sharaitlarga bog`liq bo`ladi.
Takroriy tekshirish bilim, ko`nikma va malakalarni tekshirishning uchunchi bo`g`uni sanalib, joriy tekshirish kabi mavzuli bo`lishi mumkin. Yangi mavzuni o`rganish bilan birga o`quvchilar avval o`rganganlarini takrorlaydilar.Takroriy tekshirish bilimlarni mustahkamlashga ko`maklashadi, biroq o`quv ishlari bosqichini tavsiflash ,bilimlarni o`zlashtirish mustahkamligi darajasini tashxislash imkonini bermaydi. Ushbu tekshirish tashxisining boshqa turlari va metodlari bilan birga qo`llanilsagina kutilgan samarani beradi.
Tizimning to`rtinchi bo`g`ini o`quvchilarning bilim, ko`nikma va malakalarini yaxlit bo`lim yoki kursnnig alohida mavzusi bo`yicha davriy tekshirish hisoblanadi.
Mazkur tekshirishning maqsadi- kursning turli qismlarida o`rganilgan o`quv materialining strukturaviy elimentlari o`rtasidagi o`zaro aloqalarni o`zlashtirish sifatini tashxislash. Davriy tekshirishning asosiy vazifasi-tizimlashtirish va umumlashtirish.
Tekshirishni tashkil etishda beshinchi bo`g`in ta`lim oluvchilarninmg, ta`lim jarayoning barcha bosqichlarida egallangan bilim, ko`nikma va malakalarini yakuniy tekshrish va hisobga olishdir.O`zlashtirishning yakuniy hisobi har bir chorak vao`quv yili oxirida o`tkaziladi. U olingan baholarni qo`shib, o`rtacha arfmetik ballni mexanik tarzda chqarishdangina iborat b`lmasligi lozim.Bu, avvalo, mazkur bosqichda belgilanganmaqsadga muofiq tarzda amaldagi ta`lim olganlik darajasi (sifati) ni tashxislashdir.
Tekshirishdan tashqari nazorat o`z ichigabaholashni (jarayon sifatida) va bahoni (natija sifatida) ham oladi.Baholash deb bilim, ko`nikma va malakalarni o`quv dasturida ko`rsatilgan etalon (ko`rsatkich, qolip, o`lchagich) lar bilan solishtirishni aytamiz.Baho deb baholashning ball shaklida ko`rsatilgan son jihatdan o`lchamiga aytiladi. O`zlashtirish tabellari,sinf,guruh jurnali reyting daftarchalari va shu kabilarda baholar shartli belgilar, kod signallari, xotiralash belgilari va xakozalar baho ko`rinishida qayd etiladi.O`quvchilarning o`zlashtirish darajasini baholash uchun nazorat yakunlari(natijalari) asos bo`ladi. Bunda o`quvchilar ishining ham sifat, ham miqdor ko`rsatkichlari esa a`lo, yaxshi, qoniqarli va hakozo baholovchi fikrlar yordamida qayd etiladi.
Bahoni amalda egallagan bilim,ko`nikma, va malakalar bilan davlat t`lim standartiga ko`ra o`zlashtirishi belgilangan bilim,ko`nikma va malakalar umumiy hajmi o`rtasidagi nisbat sifatida tushunishan ta`lim darajasining miqdoriy mazmuni kelib chiqadi.
O`zlashtirish (Ta`lim samaradorligi) ko`rsatkichi B-AT*100% nisbat asosida hisoblanadi.Bunda:
B-O`zlashtirish(T`alim samaradorligi ) bahosi;
A-amalda o`zlashtirilgan bilim va malakalarning hajmi;
T-O`zlashtirish uchun taklif etilgan bilim va malakalarning to`liq hajmi.
Ko`rinib turibdiki , o`zlashtirish ko`rsatkichi(baho) bu o`rinda 1005-axborotni to`liq ozlashtirishva 0%-unung umuman mavjud emasligi o`rtasida bo`ladi. Ma`lumki, baholash funksiyasita`lim darajasini qayd etish bilangina cheklanmaydi. Baho-pedagog ixtiyoridagi o`qishni, ijobiy motivasiyanirag`batlantirishning va shaxsga ta`sir ko`rsatishning yagona vositasi.Aynan xolis (obyektiv)baholash ta`sirida, o`quvchilarda adekvat o`z-o`zini baholash, shaxsiy muvaffaqiyatlarga tanqidiy munosabat yuzaga keladi.Shu bois bahoning ahamiyati, vazifalarining xilma-xilligi o`quvchilaro`quv faoliyatining barcha jihatlarini aks ettiradigan va ularni aniqlashni ta`minlaydigan ko`rsatkichlarni izlab topishni talab etadi.
O`qituvchi o`qitish bilan bir vaqtda o`quvchilarning o`rganilayotgan mavzuni qanday qilib idrok etishini, esda saqlashda harakat qilishini va uni amalda qo`llash malakalarini egallashini hisobga olib borishi kerak. Hisobga olish-bu o`qitishning muayyan bir davrda o`quvchilar va o`qituvchi faoliyatini umumlashtirib xulosalsh.
Oquvchilarning o`zlashtirish natijalarini hisobga olishda quyidagilarga e`tiborni qaratish lozim:
1)o`quv dasturi asosida mavzu v abo`limni o`rganishda o`quvchilarning bilim, ko`nikma va malakalarini har tomonlama nazorat qilish;
2)Har bir yakunlangan mavzu bo`yicha o`quvchilarning faoliyati to`g`risida to`liq xulosa chiqarish;
3)o`rtacha arifmetik ma`lumotlarga tayanib o`quvchilarninig o`zlashtirish darajasini baholamaslik;
4) O`quvchilarning mavjud bilimlariga aniq, batafsil ma`lumot berish uchun ularning bir necha o`quv yilidagi statistic o`zlashtirish ma`lumotlariga asoslanib tahlil etish.
Demak o`zlashtirishni nazorat qilish va hisobga olish nazorat, o`qitish, tarbiyalash va rivojlantirish vazifalarini bajaradi.
2.Hozirgi davr pedagogik amaliyotida o`quvchilar o`quv faoliyatini nazorat qilishning quyidagi turlaridan foydalaniladi:
-joriy nazorat;
-oraliq nazorat;
-yakuniy nazorat;

Yüklə 60,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin