Mаvzu: jismonit tarbiya darsida pedagogik nazorat


I BOB. JISMONIT TARBIYA DARSIDA PEDAGOGIK NAZORAT



Yüklə 60,44 Kb.
səhifə2/8
tarix17.05.2023
ölçüsü60,44 Kb.
#115284
1   2   3   4   5   6   7   8
JISMONIT TARBIYA DARSIDA PEDAGOGIK NAZORAT

I BOB. JISMONIT TARBIYA DARSIDA PEDAGOGIK NAZORAT
Taʼlimni tashkil etish shakllari deganda, anik muddatda va tartibda oʼqituvchining oʼquvchilar bilan olib boradigan mashgʼulot turlarini tushunamiz. Xozirgi kunda, taʼlim muassasalarida taʼlimni sinf-dars shaklida olib borish keng tarkalgan. Insoniyat tarixiga nazar tashlar ekanmiz, taʼlimni tashkil etish shakllari ijtimoiy tuzum manfaatlariga mos xolda paydo bulgan va rivojlangan. Dastlabki davrlarda taʼlim berish ishlari odamlarning mexnat faoliyati, turmush tarzi bilan uzviy bogʼlangan xamda bilim berish, oʼrgatish ishlari yakka tartibda olib borilgan.
Davr oʼtishi bilan kupchilikka bilim berish extiѐji paydo buladi. Taʼlim tizimi mazmuni, bilimlarning murakkablashuvi, bolalarni gurux- guruh qilib, toʼplab oʼqitishni taqozo qilgan xamda taʼlim bilan shugullanuvchi mutaxassislar, oʼqituvchi tayѐrlash zaruriyatini keltirib chikargan.
Shu davrga kelib ukitishning maxsus tashkiliy shakllari paydo bula boshlaydi. Buning natijasida sinf-dars tizimi paydo bula boshlaydi. Xalk orasida xaѐtiy tajribaga, bilim va tarbiyaga ega bulgan kishilar murabbiy, oʼqituvchi bulib faoliyat kursatdi.
Xalkimiz tarixiga nazar tashlar ekanmiz, maktab va madrasalarda ѐshlarga bilim berish bilan shugullanganligi «Аvesto» va boshka tarixiy manbalardan maʼlum. Аmmo kadim davrlarda taʼlimni katʼiy chegaralangan vaktda, bir xil ѐshdagi bolalar bilan olib borish, taʼlim mazmunini boskichma-boskich berish masalalariga aniklik kiritilmagan edi.
Oʼquv ishlari shakli oʼqituvchining turli va koʼp qirrali uslublardan foydalanish, darsda eng yaxshi natijalarga erishish, taʼlim tarbiya ishlarini amalga oshirishda katta imkoniyatlar yaratadi.
Har bir dars biron vazifani hal qilish va uni amalga oshirishda mustaqil boʼlsada, lekin ular bir biri bilan chambarchas bogʼlangan boʼladi. Shu sababli barcha darslar oʼquvchilarni kerakli bilim koʼnikma va malakalar bilan qurollantiradi.
Jismoniy tarbiya darsi aniq va mukammal pedagogik vazifalarni oʼz oldiga vazifa qilib qoʼyish kerak. Dars vazifalari uning muhim va boshqa yoʼnalishlarini belgilab beradi, yaʼni uning mazmuni, turi, tuzilishi va darsning uslub hamda tashkil qilinishi aniqlanadi.
Dars vazifalari oʼquvchilarning yoshi, jinsi, sinfi, oʼtkaziladigan joy, mashqlarning oʼrgatilishi tartibi va vaqti kabi sharoitlar belgilanadi. Shuningdek oʼtgan dars materiallarini ham hisobga olinadi.
Jismoniy tarbiya darslarida qoʼyiladigan vazifalar xilma-xildir. Uch guruhga: oʼrgatish sogʼlomlatirish, tarbiyaviy vazifalar qoʼyiladi.*
1. Stardan chiqishni oʼrgatish.
2. Choʼnqayib oʼtirgan holda kichik toʼpni savatga tashlash.
3. Sogʼlomlashtirish. Qad – qomatni rivojlantirish.
Shu sababli bu printsipial jarayonlar doimo birga olib borilishi zarur.
Har bir oʼquvchi ongli, intizomli, jamiyat qurish uchun toʼla maʼlumotli, mehnat va mudofaa ishlariga doim tayyor boʼlishlari kerak. Bu vazifalarni ado etishda jismoniy tarbiya darslari muhim bosqichlardan biri hisoblanadi. Har bir amaliyotchi oʼzlarining faoliyatlarida shularni toʼla singdirib olishlari, uni amalda qoʼllay bilish kerak.
Bunday hollarda pedagogning rahbarlik roli, oʼquvchilarning qiziqib bajarishlari katta rol oʼynaydi. Buning uchun bilimlarni teshirish, ragʼbatlantirish, yangi vazifalarni bajarishda ularga tayana bilishdadir. Shundagina oʼquvchilarning aktivligi, ongi, intizomi va koʼrsatgan natijalari osha boradi.
Haqiqatan ham jismoniy tarbiya darslari koʼp qirrali jarayondir. Darsda didaktik printsiplar, oʼrgatishdagi turli uslublar va axloq tarbiyasi yaxshi yoʼlga qoʼyilganda maqsadga qoʼyilgan vazifalarni toʼla amalga oshirish imkonlari yaratiladi.
*Jismoniy tarbiya darslari oldiga qoʼyiladigan vazifalar bilan toʼliq ravishda tanishish uchun konespektiga qarang
Koʼrgazmalilik, texnik vositalardan foydalanish, amaliy bajarib koʼrsatish, bajarilayotgan mashqlarni kundalik tabiiy
sharoitalarda uchraydigan harakatlar, tabiatning foydali vositalaridan foydalanish yoʼllari oʼzviy bogʼlab olib borilganda oʼquvchilarda sportga qiziqish, harakatlarni tushunib bajarishga boʼlgan ehtiyojlar kuchayadi.
Buning boisi shundaki, jismoniy tarbiya darslarida oʼquvchilarning sogʼligini mustahkamlashga eʼtibor kuchaytirilishi bilan birgalikda, ularni kasb tanlash, mehnat qilishga tayyorlashdir. Shuning bilan birgalikda “Jismoniy tarbiya oʼqituvchisi” kasbiga ham oʼquvchilarni qiziqtirish koʼzda tutilmogʼi kerak. Bu ham davlat manfaatidagi eng muhim kasblardan biri hisoblanadi.
Jismoniy tarbiya oʼqituvchilari oʼz darslarini, nazariy tushuncha berish va suhbatlarida ana shularni nazarda tutmoqlari kerak.



Yüklə 60,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin