Mavzu: Iqtisodiyotning globallashuvi sharoitida bozorning amal qilishi Kirish



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/10
tarix22.04.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#101493
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
- yangi bozorlar (ya’ni zamonaviy vositalar bilan tinimsiz ishlovchi o‘zaro bog‘langan moliya 
bozorlari, global iste’mol mollari bozorlari, elektron-tijorat va sh.k.); 
- yangi o‘yinchilar (ya’ni multimilliy korporatsiyalar, Jahon savdo tashkiloti, hududiy 
bloklar); 


10 
- yangi qoidalar (ya’ni savdodagi ko‘p tomonlama kelishuvlar, inson huquqlari va global 
muhit bo‘yicha konvensiyalar); 
- yangi aloqa vositalari (ya’ni, telefon, faks, elektron pochta). 
Bundan tashqari, globallashuv tovarlar va kapitallarning harakatidagi ob’yektiv va sub’yektiv 
to‘siqlarning olib tashlanishi natijasida davlatlararo aloqalarning rivojlanib borishini anglatadi. 
Ob’yektiv to‘siqlarning bekor qilinishi dengiz, havo transporti va aloqa xarajatlaridagi 
pasayish tendensiyalarida o‘z ifodasini topdi. Dengiz va bandargoh xarajatlari 1920 va 1990 
yillar orasida taxminan 60 foizga qisqardi.
(1)
Havo transporti xarajatlarida yanada keskinroq 
kamayish kuzatildi va sayohat vaqti ham sezilarli darajada qisqardi. 
Sub’yektiv, ya’ni insoniyatning o‘zi o‘ylab topgan to‘siqlar (kvota va tariflar)ga ham asta-
sekin barham berilmoqda. 1947 yillarda tovarlar importiga tariflar o‘rtacha 47 foizni tashkil 
etgan bo‘lsa, 1980 yillarga kelib ular 6 foizga tushib qoldi. 


11 
2.Iqtisodiyotning globallashuvi sharoitida bozor munosabatlarining 
rivojlanishi 
Barchamizga ayonki, globallashuv jarayoni XX asrning ikkinchi yarmidan 
boshlanib, dunyoni butunlay o`zgartirib yubordi. Globallashuv butun yer 
sayyorasi uchun yagona bo`lgan tuzilmalar, aloqalar va munosabatlarning 
shakllanishi, universallashuv jarayonidir. 
Globallashuv tushunchasi haqida so`z yuritadigan bo`lsak, globallashuv- 
“gloub”(inglizchadan “globe”, ya’ni “butun dunyoga tegishli”) va “globalizatsiya” 
(“globalize”, ya’ni “butun dunyoga tarqalishi”) so`zlaridan kelib chiqqan. Shuni 
ta’kidlash lozimki, globallashuv deganda, aksariyat mutaxassislar tomonidan 
iqtisodiy integratsiyaning kuchayishi nazarda tutiladi. Bunday qarashda 
“globallashuv iqtisodiy munosabatlar doirasida yuzaga keladi” degan xulosa kelib 
chiqadi. Vaholanki, globallashuv hayotning har bir jabhasi bilan, jumladan, inson 
ma’naviyati bilan ham bevosita bog’liqdir. 
Globallashuv turli mamlakatlar iqtisodi, madaniyati, ma`naviyati, 
odamlari o`rtasidagi o`zaro ta’sir va bog’liqlikning kuchayishi oqibatida sodir 
bo’ladigan jarayondir. 
“Globallashuv bu avvalo hayot sur’atlarining beqiyos darajada tezlashuvi 
demakdir”. 
Globallashuvning mamlakatlar iqtisodiy-siyosiyati va ma’naviyatiga 
o`tkazish mumkin bo’lgan ijobiy va salbiy ta’sirini Hindistonning mashhur davlat 
arbobi Mahatma Gandi shunday ta’rif bergan:“Men uyimning eshik va darvozlarini 
doim maxkam berkitib o`tira olmayman, chunki uyimga toza havo kirib turishi 
kerak. Shu bilan birga, ochilgan eshik va derazalarimdan kirayotgan havo dovul 
bo`lib uyimni agdar-to`ntar qilib tashlashi, o`zimni esa yiqitib yuborishini ham 
istamayman”. 
Shuning uchun ham globallashuv jarayonida uyimizni, hayotimizni toza havo 
bilan ta`minlab, ayni paytda, Hindistonning davlat arbobi Mahatma Gandi 
ta’riflaganidek “dovullar”dan saqlanishni ham bilishimiz lozim. 


12 
Birinchi prezidentimiz Islom Karimov globallashuv jarayoni hayotimizga 
tobora tez va chuqur kirib kelayotganining asosiy omili va sababi haqida to`xtalib, 
uni quyidagicha izohlaydi: “Bugungi kunda har qaysi davlatning taraqqiyoti va 
ravnaqi nafaqat yaqin va uzoq qo`shnilar, balki jahon miqyosida boshqa mintaqa va 
hududlar bilan shunday chambarchas bog’lanib boryaptiki, biron mamlakatning bu 
jarayondan chetda turishi ijobiy natijalarga olib kelmasligini tushunish, anglash 
qiyin emas”. 
Har bir ijtimoiy hodisaning ijobiy va salbiy tomoni bo`lganidek, globallashuv 
jarayonining ham ijobiy va salbiy tomonlari mavjud. 

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin