Mavzu: Iqtisodiy yondoshuv: mulk huquqi, tashqi aloqalar va ekalogik muammolar reja


Ekalogiy va tashqi savdoda muvaffaqiyatsizliklar



Yüklə 1,53 Mb.
səhifə2/6
tarix25.08.2023
ölçüsü1,53 Mb.
#140466
1   2   3   4   5   6
Mavzu 2

2.2.Ekalogiy va tashqi savdoda muvaffaqiyatsizliklar
Ekologiya fanining ta’rifini birinchi marta nemis olimi E. Gekkel "Organizmlarning umumiy morfologiyasi" deb nomlangan asarida(1866) bergan.Ekologiya (oikos-uy, yashash joyi; logos-o‘rganish, fan) deyilganda organizmlarning o‘zaro va tashqi muhit bilan aloqadorliklarini o‘rganadigan biologik fan tushuniladi.Ekologiya «tabiiy uyimiz»ni o‘rganish, unda yashovchi barcha tirik organizmlar va bu «uy»ning hayot uchun yaroqli qiluvchi barcha funksionaljarayonlarni o‘z ichiga oladi. Boshqacha qilib aytganda, ekologiya organizmlarning «yashash joyi» to‘g‘risidagi fan bo‘lib, unda asosiy e’tibor organizmlarning o‘zaro va tashqi muhit orasidagi bog‘lanishlar xarakteriga qaratiladi.Ekologiya antropogen va har xil omillar ta’sirida tabiatdagi bog‘lanishlarning buzilishi to‘g‘risida ma’lumot beradi. U tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va tabiatni muhofaza qilishda ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.Ekologiya bir necha fanlar majmuidan iborat bo‘lib, unda biologik fanlar asosiy bo‘lib qoladi. Chunki odam, hayvonlar va o‘simliklar dunyosi biologik ob’ektlar bo‘lib, ular bir—birlari va tashqi muhit bilan doimo aloqada. Hozirgi vaqtda ekologiyaning ma’nosi kengayi, u ekosistemalar to‘g‘risidagi fanga aylangan.Tirik tabiat qanday tuzilgan, qaysi qonunlar asosida mavjud va rivojlanadi, inson ta’siriga qanday javob beradi-bularning barchasi ekologiyaning predmeti hisoblanadi.
Sistema deganda, bir-biriga tartibli ta’sir qiladigan va bir—biri bilan bog‘langan komponentlar butunligini tushunamiz. Ekologiyaorganizmlarni, ekosistemalar va biosferagacha bo‘lgan ob’ektlarni o‘rganadi. Organizmlar birgalikda o‘sib, populyatsiya hosil qiladi. Populyatsiyalar esa biotsenozga kiradi, biotsenozlar abiotik muhit bilan aloqaga kirib, ekologik sistemani tashkil qiladi. Eng katta ekologik sistema- biosferadir.
Populyatsiya bir turga mansub individlarning ma’lum bir territoriyadagi tarqalganligidir. Biosfera — tirik organizmlarning yer fizik muhiti bilan hosil qilgan birligidir.Ekologiya quyidagi qismlarga bo‘linadi: autekologiya — organizmlar ekologiyasi, sinekologiya —jamoalar, populyatsiya ekologiyasi, ekosistema ekologiyasi, evolyusion ekologiya, qishloq xo‘jaligi ekologiyasi, radiatsion ekologiya, kosmik ekologiya, biosfera ekologiyasi, fiziologik ekologiya,embriologik ekologiya, anatomik ekologiya va boshqalar.Hayvon va o‘simliklar hayotining tashqi muhit bilan bog‘liqligi va tarqalishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar qadim zamonlardan ma’lum. Bu ma’lumotlarni umumlashtirishni birinchi bo‘lib, eramizgacha yashagan Aristotelning ishlarida uchratamiz. U hayvonlarning 500 turini o‘rganib,__ ularning xulq—atvori, ko‘chib yurishi, qishda uyquga ketishi va qushlar to‘g‘risida ma’lumotlar qoldirgan.O‘simliklarning tashqi muhit bilan bog‘liqligi to‘g‘risidagi masalalarni eramizgacha bo‘lgan 372—277-yillarda yashagan Teofrast va yangi eraning 23—79 yillarida yashagan Katta Pliniy o‘rgangan. Teofrasto‘simliklarning shakli, o‘sishi iqlim, tuproq sharoitiga bog‘liqligini aniqladi. U o‘simliklarning hayotiy formalari ekologik tasnifini berdi.O‘rta asrlarda yashagan Abu Ali Ibn Sino dorivor o‘simliklarning morfologiyasi, nomlarining kelib chiqishi, tarkibi va geografiyasini o‘rganib,ular to‘g‘risida ma’lumotlar qoldirgan.Ekologik ma’lumotlarni XI asrda Sharqiy Turkistonda yashagan Mahmud Qoshg‘ariyning ishlarida uchratamiz. Uning yozgan kitoblarida 200 ta o‘simlik to‘g‘risida ekologik, morfologik va geografik ma’lumotlar bor.O‘rta Osiyo o‘simliklari va hayvonlariga doir botanik va geografikma’lumotlarni Z. Bobur asarlarida uchratamiz.O‘rta asrlarda ekologiya masalalari bilan Albert Velikiyshug‘ullangan. U o‘simliklarning tinim holiga o‘tishini o‘rgangan. Tabiiy resurslardan noto‘g‘ri foydalanish, atrof muhitning ifloslanishi, ekosistemalarga me’yoridan ortiqcha bosim oqibatida ekologik muammolarning keskinlashuvi, mahalliy, milliy, regional va global ekologik xalokatga olib kelishi muqarrardir.

Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin