2.3.Inson va atrof muhit o’rtasidagi munosabatlar. O'zbekiston Respublikasi o'z mustaqilligini e’lon qilgungaqadar tabiiy atrof-muhitni himoya qilish va tabiiy resurslardanfoydalanish bo'yicha ishlab chiqilgan qonun va me’yoriyhujjatlarga sobiq ittifoq manfaatlari doirasida amal qilinar edi.
Atrof-muhitni muhofaza qilish bo'yicha boshqaruv va nazoratishlari bir necha tashkilotlar vakolatiga yuklatilgan bo'lib,tabiatni muhofaza qilish tashkilotlari bir tizimga birlashmagan,aksariyat hollarda bir-birlari funksiyalarini takrorlashar, kuchva mablag'lardan foydalanish tarqoq holda edi. Natijada tabiatni muhofaza qilish ishlarining samaradorligi pasayib ketdi.O'zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi va respublikaning ijtimoiy yo'naltirilgan bozor munosabatlariga o'tishi munosabati bilan tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni boshqarish tizimi va uning huquqiy asoslarini kafolatlovchi qonunlar va me’yorlar ham tubdan o'zgardi. O'zbekiston Respublikasi hududida atrof-muhit muhofazasini tashkil etish Respublika Vazirlar Mahkamasi,Respublika va viloyatlardagi tabiatni muhofaza qilish Davlat qo'mitalari, Davlat boshqaruvining tegishli mahalliy organlari tomonidan amalga oshiriladi. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tabiat muhofazasini tashkil etishdagi vakolatlari quyidagilardan iborat: Tabiatni muhofaza qilishga doir yagona siyosat yuritish.
• Tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni tartibga solish.
• Tabiiy resurslami baholash va respublika ahamiyatiga molik tabiiy resurslar zaxiralarini tasdiqlash.
• Ekologik jihatdan tang vaziyatlar, tabiiy ofatlar va falokatlarning oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqarish.Tabiiy ofatlar va yirik halokatlar oqibatlarini tugatish chora-tadbirlarini amalga oshirish.
• Tabiiy resurslardan foydalanganlik, atrof-muhitni ifloslantirganlik, chiqindilar, zararli ta ’sir etuvchi moddalarni joylashtirib tashlaganlik uchun haq to'lash tartibini, shuningdek,tabiiy resurslardan foydalanish, chiqindilami joylashtirish,chiqindilami joylashtirish limitlarini belgilash.
• Ekologiik ta’lim-tarbiya tizimini yaratish va uning amal
qilishini ta ’niinlash.
• Tabiatdan maxsus tartibda foydalaniladigan hududlaming chegaralarini va xo'jalik faoliyati rejimlarini tasdiqlash.
• Tabiatni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasida davlatlararo munosabatlami rivojlantirish.
O ‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashiga bo'ysunadi hamda vazirliklar, Davlat qo'mitalari, idoralar, korxonalar,muassasalar va tashkilotlar, shuningdek, ayrim shaxslar tomonidan yer, yer osti boyliklari, suv, o'rmon, hayvonot va o'simliklar dunyosidan, atmosfera havosidan foydalanish hamda ulami muhofaza qilishga doir qonunlarga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi. Shunday qilib, O'zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish Davlat qo'mitasi O'zbekiston hududida faoliyat ko'rsatadigan barcha tashkilotlar ustidan ish ko'ruvchi organ bo'lib, tabiatni muhofaza qilish va resurslardan samarali foydalanish bo'yicha tarmoqlararo boshqaruv va davlat nazoratini amalga oshiradi. U o'z funksiyasini mahalliy boshqaruv organlariga bog'liq bo'lmagan holda bajaradi va tabiatdan oqilona foydalanish, tabiatni muhofaza qilish, ishlab chiqarish korxonalari holati va tabiiy resurslami himoya qilish bo'yicha texnik va iqtisodiy masalalarni hal etishga ko'maklashadi. O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasining vakolatlari, O'zbekiston Oliy Kengashi tomonidan tasdiqlangan nizom bilan belgilanadi.O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi o'z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlar davlat idoralari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqa Davlat hokimiyati va boshqaruv mahalliy idoralari tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha quyidagi vakolatlarga ega:
•o‘z hududida tabiatni muhofaza qilishning asosiy yo‘nalishlarini belgilash, mintaqaning ekologiya dasturini tasdiqlash;
•tabiiy resurslami hisobga olish va baholash, ekologik jihatdan zararli bo‘lgan obyektlami ro‘yxatga olish;
• tabiatni muhofaza qilishga doir tadbirlami moddiy-texnik tomondan ta ’minlash;
•tabiiy resurslardan foydalanish huquqini beruvchi, sanoat va uy-ro‘zg‘or chiqindilarini to‘plash yoki ko‘mib tashlashga ruxsatnomalarni belgilangan tartibda berish yoki ularni bekor qilish;
• tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun to ‘lovlar undirish;
•tabiatning muhofaza qilinishi ustidan nazorat o‘rnatish,atrof-muhitga zarar yetkazayotgan mahalliy ahamiyatga molik obyektlar faoliyatini vaqtincha yoki butunlay to‘xtatish yoki qayta ixtisoslashtirish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish.
Hozirgi avlod ko‘z o‘ngida mahalliy va regional ekologik inqiroz vaziyatlari kuzatilmoqda. Bunda inson tomonidan o‘zgartirilgan tabiatning ijtimoiy taraqqiyotga ta’sirining keskin ortishi kuzatiladi.Insoniyat tarixida ekologik inqirozlar ko‘plab kuzatilgan. Ularning natijasida millionlab gektar yerlar cho‘lga aylangan, minglab o‘simlik va hayvon turlari qirilib ketgan, o‘rmonlarning maydoni qisqargan, gullab yashnagan sivilizatsiyalar inqirozga yuz tutgan.Atrof muhitdagi katta ko‘lamidagi salbiy ekologik o‘zgarishlar XVII asrdan boshlangan va XX asrning boshlariga kelib yer yuzidagi ekologik sistemalarning 20% buzilgan. XX asrning ikkinchi yarmiga kelib qisman va to‘la buzilgan ekosistemalar hissasi 63% dan oshdi.1960-yillar oxirida rivojlangan g‘arb mamlakatlarda atrof muhitning ifloslanishiga qarshi kuchli jamoatchilik harakati vujudga kelgan, dastlabki ekologik qonunlar qabul qilingan, mingga yaqin ekologiya va rivojlanish masalalari bilan shug‘ullanadigan tashkilotlar tuzildi.1968- yili 10 ta davlatdan 30 kishidan iborat fan, madaniyat, maorif,biznes vakillari «Rim klubi» deb nomlangan nodavlat tashkilotinituzishdi. Klub a’zolari insoniyatning hozirgi va kelajakdagi murakkab ahvolini muhokama qilish va inqirozdan chiqish yo‘llarini o‘rganishni asosiy maqsad deb belgiladilar. 1972 -yil 13 -martda «Rim klubi» uchun tayyorlangan «O‘sish chegaralari» ma’ruzasi e’lon qilindi. Ma’ruzada sayyoramiz kelgusi ekologik holatini bashorat qilish bo‘yicha global model tahlil qilingan. Modelda sayyorada o‘sishni va uning chegarasini belgilaydigan besh asosiy omil: aholi soni, qishloq ho‘jalik ishlab chiqarishi, tabiiy resurslar, sanoat ishlab chiqarishi va atrof muhitning ifloslanishi asos qilib olingan. Ma’ruzada aholi sonining ortishi sur’atlari va iste’mol modeli o‘zgarmasa XXI asrning 30-yillariga kelib chuqur ekologik inqirozlar bashorat qilingan.Ekologik rivojlanish davlatlar o‘rtasidagi munosabatlar va iqtisodiyotdagi chuqur o‘zgarishlar, resurslarni taqsimlash va foydalanish strategiyasida, dunyoning rivojlanishida tub burilishni ko‘zda tutadi.Ekologik rivojlanishning asosiy talablari Konferensiyada qabul qilingan 26 prinsipdan iborat «Stokgolm deklaratsiyasi»da keltirilgan.Bu prinsiplardan birida « Har bir inson qulay atrof muhitda yashash huquqiga ega, uning sifati esa insonlarni munosib hayot kechirishga va taraqqiyotga erishadigan darajada bo‘lishi kerak» deb ta’kidlanadi. Qabul qilingan «Tadbirlar rejasi» 109 banddan iborat bo‘lib, unda alohida davlatlar va halqaro hamjamiyat o‘rtasida atrof-muhitni muhofaza qilishning tashkiliy, siyosiy va iqtisodiy masalalari yoritilgan. Halqaro tashkilotlar faoliyatini oshirishga alohida e’tibor ko‘rsatilgan.Konferensiya qarori bilan uning ochilish kuni- 5 iyun Butunjahon atrof muhitni muhofaza qilish kuni deb belgilandi.Konferensiyadan so‘ng, belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun BMTning Bosh assambleyasi atrof muhit bo‘yicha mahsus dasturi-YuNEP(UNEP)ni tuzdi. YuNEP birinchi navbatda eng dolzarb muammolar-cho‘llashish, tuproqlar degradatsiyasi, chuchuk suv zaxiralarining kamayishi,okeanlarning ifloslanishi, o‘rmonlarning kesilishi, qimmatli hayvon va o‘simlik turlarining yo‘qolishi muammolari bo‘yicha takliflar ishlab chiqishi kerak edi. Butunjahon atrof-muhit jamg‘armasi tashkil etildi.Jamg‘arma BMTga a’zo davlatlarning badali hisobiga rivojlanayotgan mamlakatlardagi turli ekologik muammolarni hal qilish bo‘yicha loyihalarni moliyalashtirishi belgilandi.Stokgolm Konferensiyasidan keyin jahon hamjamiyati ekologik yo‘naltirilgan taraqqiyotga erishish bo‘yicha dastlabki qadamlarni tashladi.1975-yili aholi soni 4 milliard, 1987-yili 5 milliarddan oshdi. Dunyoning turli chekkalaridagi ekologik inqiroz vaziyatlari chuqurlashdi. Orol dengizining qurishi, Shimoliy Afrika mamlakatlaridagi qurg‘oqchilik, Chernobil AES halokati, okeanlarning neft mahsulotlari bilan ifloslanishi, «ozon tuynuklari» muammolari chegara bilmasligi, regional va global oqibatlari bilan namoyon bo‘ldi.1983-yili BMT Bosh Kotibining tashabbusi bilan Atrof-muhit va rivojlanish bo‘yicha xalqaro komissiyasi tuzildi. Norvegiya bosh vaziri G.X.Bruntland boshchiligidagi komissiya 1987-yili «Bizning umumiy kelajagimiz» deb nomlangan ma’ruzani e’lon qildi. Ushbu hujjatda yirik ekologik muammolarni iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy muammolardan ajralgan holda hal qilib bo‘lmasligi bayon qilindi. Komissiya atrof muhit uchun havfsiz bo‘lgan iqtisodiy-ekologik rivojlanish davriga o‘tish zarurligini yoqlab chiqdi. Ma’ruzada ilk bor jamiyatning barqaror rivojlanish yo‘liga o‘tishi zarurati rad qilib bo‘lmaydigan hulosalar asosida isbotlab berildi.