Mavzu: Fanga kirish va asosiy tushunchalar. Reja: Avtomatlashtirishning texnik vositalari faninig maqsadi va vazifalari



Yüklə 143,85 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix14.12.2023
ölçüsü143,85 Kb.
#179510
1   2   3   4
1-mavzu

Uchunchi bosqich.
Boshqaruvchi hisoblash mashinalari(BHM) paydo bo`lishi bilan 
texnologik jarayonlarni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimi (TJBAT) bosqichiga o`tish 
boshlandi. Ushbu bosqichda BHMlardan foydalangan holda barcha murakkabroq boshqarish 
funksiyalarning iqtisodiy jihatdan ma`qul ko`rinishda avtomatlashtirish shakllanadi. Lekin, 
modomiki BHM juda qo`pol va qimmat ekan, u holda boshqarishning oddiyroq funksiyalarini 
amalga oshirish uchun avtomatikaning an‘anaviy analogli qurilmalarini keng tarzda qo`llash 
yetarli. Bunday tizimlarning kamchiligi yuqori bo`lmagan ishonchlilik, chunki texnologik 
jarayonlar(TJ)ning borishi haqidagi barcha ma‘lumot ke ladi va BHMga moslashadi, chiqishda 
buziladi, unga TJBAT ishini nazorat qiluvchi operator-texnolog olish zarur bo`lgan. Albatta, 
bunday holatlarda TJni boshqarish sifati ancha pasayib ketgan, chunki inson BHM kabi effektiv 
boshqarishni amalga oshira olmaydi.
To`rtinchi bosqich.
Bir muncha arzon va kompakt mikroprosessorli qurilmalarning 
paydo bo`lishi TJ ni markazlashgan boshqaruv tizimini rad etishga imkon berdi, o`rniga 
taqsimlangan tizimlarni teklif etdi. Ularda TJ alohida o`zaro bog‘langan operatsiyalarni bajarish 
haqidagi ma‘lumotlarni yig‘ish va qayta ishlash, shuningdek boshqarish yechimini qabul qilish 
avtonom holda mikrokontrollerlar nomini olgan olgan lokal mikroprosessor qurilmalari orqali 
amalga oshiriladi. Shuning uchun taqsimlangan tizimlarning ishonchliligi markazlashgan 
tizimlarga nisbatan yuqori.
Beshinchi bosqich.
Ushbu bosqich mahsulot ishlab chiqarishda moliyaviy, moddiy va 
energetik oqimlarni nazorat va analiz qilishni amalga oshirishga yordam beruvchi ko`p sonli va 
bir-biridan uzoqda bo`lgan kompyuterlarni yagona korporativ tarmoqqa bog`lash imkonini 
beruvchi tarmoq texnologiyasi bilan, shuningdek boshqarishning integrallashgan(yaxlit holga 


keltirish) tizimiga o`tishga yordam beruvchi TJ ni boshqarish bilan bog‘liq. Bu tizimlarda ancha 
murakkab dasturiy ta‘minot yordamida TJ ni boshqarish, rejalashtirish, hisobga olish va boshqa 
topshiriqlarni o`z ichiga olgan korxona faoliyatini boshqarish bo`yicha barcha kompleks 
topshiriqlar birgalikda hal etiladi. 

Yüklə 143,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin