Mavzu: Fanga kirish va asosiy tushunchalar. Reja: Avtomatlashtirishning texnik vositalari faninig maqsadi va vazifalari



Yüklə 143,85 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/4
tarix14.12.2023
ölçüsü143,85 Kb.
#179510
1   2   3   4
1-mavzu

Oltinchi bosqich. 
TJ ni boshqaruvchi mikroprosessorlarning tez ishlash qobilyati va 
boshqa resurslarining oshishi hozirgi vaqtda boshqarishning intellektual tizimlarini yaratish 
bosqichiga o`tish haqida so`z yuritish imkonini berdi. Bunday tizimlar ma‘lumotli noaniqlik 
sharoitlarida, ya‘ni korxonani daromad olishiga ta‘sir qiluvchi omillar haqidagi zaruriy 
ma‘lumotlarni yetishmasligida korxonani boshqarishga oid natijaviy yechimlarni qabul qilishga 
qodir.
Avtomatlashtirshning texnik vositalari iste‘mol qiluvchi energiya turiga quyidagi asosiy 
turlarga bo`linadi:

elektrtli texnik vositalar;

pnevmatik texnik vositalar;

gidravlik texnik vositalar. 
Sanoat ishlab chiqarishida aralash turdagi texnik vositalar juda keng ishlatiladi. Bunday 
texnik vositalar ikkita turli texnik vositalarni o`z ichiga oladi va kombinatsiyalashgan texnik 
vositalar deb ataladi. Ushbu texnik vositalarga elektropnevmatik, pnevmogidravlik hamda 
elektrogidravlik texnik vositalarni misol qilish mumkin.
 
Texnik vosita komplekslari 
Avtomatlashtirishning texnik vositalari ATV va asbob va avtomatlashtirsh vositalarining 
Davlat 
tizimi 
(ADT) 
lariga 
ta`aluqli 
umumiy 
savollarni 
o`rganish 
zaruriyati 
avtomatlashtirishning texnik vositalari ADTning ajralmas qismi hisoblanishini takidlaydi. ATV 
ishlab chiqarishning sanoatlashgan va sanoatlashmagan soxalarida information-boshqarish 
tizimlarini amalga oshirish asosini tashkil qiladi. ADTning tashkil qilish tamoyillari ko`p 
darajada texnologik jarayonlarni boshqarishning avtomatlashgan tizimlari texnik ta‘minotini 
loyihalash bosqichi mohiyatini belgi laydi. O‘z navbatida, ADT asosini texnik vositalarning 
muammoli-taxminiy agregat komplekslari tashkil etadi. 
Avtomatlashtirishning tipik vositalari texnikaviy, apparatli, dasturiy-texnik va 
umumtizimli bo`lishlari mumkin.
Avtomatlashtirishning texnik vositalariga quyidagilar tegishli: 

Datchiklar; 

Ijro mexanizmlari; 

Rostlash organlari; 

Aloqa liniyalari; 

Ikkilamchi asboblar(ko`ratuvchi va qayd etuvchi); 

Analog va raqamli rostlash qurilmalari; 

Dasturiy-beruvchi bloklar; 

Mantiqiy-buyruqli boshqarish qurilmalari; 

Ma‘lumotlarni yig`ish va ularga birlamchi ishlov berish hamda boshqarishning 
texnologik ob‘ekti(BTO) holatini nazorat qilish moduli; 

Galvanik yechim va signallarni me‘yorlashtirish modullari; 

Signallarni bir shakldan boshqasiga o`zgartiruvchi qurilmalar; 

Boshqarish signallarini ishlab chiqarish va qayd etish, indikatsiyalash, ma‘lumotlarini 
ko`rsatish modullari; 

Buferli hotira qurilmalari; 

Dasturlashgan taymerlar; 

Maxsus mo`ljallangan hisoblash qurilmalari; 
Avtomatlashtirishning dasturiy-texnik vositalariga quyidagilar tegishli: 

Analog-raqamli va raqamli-analog o`zgartirgichlar;



Boshqaruvchi vositalar; 

Ko`p konturli analog va analog-raqamli rostlagich bloklari; 

Ko`p aloqali dasturli mantiqiy boshqarish qurilmalari; 

Dastur yoziladigan mikrokontrollerlar; 

Lokal-hisoblash tarmoqlari. 
Umumtizimli avtomatlashtirish vositalariga quyidagilar tegishli; 

Biriktirish qurilmalari va aloqa adapterlari; 

Umumiy hotira bloklari; 

Magistrallar(shinalar); 

Umumtizimli diagnostika qurilmalari; 

Ma‘lumotlarni to`plash uchun to`g`ridan-to`gri ruhsat etilgan prosessorlar; 

Operator pultlari. 

Yüklə 143,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin