Mavzu: Ekologiya fani va uning bo’limlari, uslublari va vazifalari Reja: Ekologiyaning asosiy bo’limlari: autoekologiya, demekologiya, eydekologiya, sinekologiya haqida tushuncha



Yüklə 112,01 Kb.
səhifə3/32
tarix20.10.2023
ölçüsü112,01 Kb.
#157807
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Mavzu Ekologiya fani va uning bo’limlari, uslublari va vazifala-fayllar.org

Muhit tushunchasi – ekologik tushuncha, u majmua, ta’biiy element va voqeliklardan tashkil topgan bo’lib, tirik organizmlar ular bilan bevosita va bilvosita munosabatda bo’ladi. Muhit organizmlarni o’rab turgan hamma tabiiy ekologik omillardir. Muhit elementlari organizmlarni holati, o’sishi, rivojlanishi, ko’payishi, tarqalishiga to’g’ridan-to’g’ri yoki boshqa ikkilamchi omil orqali ta’sir qiladi. Har bir organizmni muhiti juda ham ko’p organik va neorganik tabiiy elementlardan hamda inson faoliyatidan kelib chiqadigan su’niy elementlardan tashkil topgan.
Muhitni ikkiga bo’lish mumkin: 1). Abiotik muhit- tabiatning hamma kuchi va undagi voqeliklar joyi. Ular o’zlarining kelib chiqishi bilan tirik organizmlar faoliyatiga bog’liq emas.
2). Biotik muhit- tabiatning har xil kuchlari, harakatlari va undagi voqeliklar o’zlarinig kelib chiqishi bilan hozir yashayotgan tirik organizmlarning hayot-faoliyatiga bog’liq.
Ekologik omillar klassifikatsiyasi. Tabiiy muhitda uchraydigan har xil omillarni 3 ta asosiy ekologik guruhga taqsimlash mumkin: 1. abiotik 2. biotik 3. antropogen omillar guruhi.

1. Abiotik omillar- organizmlarga ta’sir qiladigan neorganik muhitning majmua omillaridir. Bu omillarni kimyoviy (atmosferaning tarkibi, suvning sho’rligi, tuproqning tarkibi, loyqaning kimyoviy tarkibi), fizikaviy yoki iqlim (harorat, bosim, yorug’lik, namlik, shamol) omillariga bo’lish mumkin. Yer yuzasining tuzilishi (relyef), geologik va klimatik, abiotik omillarining xilma-xilligi tirik organizmlarning tarixiy rivojlanishi, muhitga moslashishida katta ahamiyatga ega bo’ladi.

2. Biotik omillar- muhitda uchraydigan organizmlarning hayot-faoliyati, bir-birlariga qiladigan ta’siri va ular o’rtasidagi munosabatlaridan iborat. Ya’ni bir tirik organizmga, uni o’rab turgan boshqa tirik jonzotlarning har xil ta’siri tushuniladi. Bu ta’sir turli xarakterda bo’lishi mumkin. Masalan: 1. Tirik organizmlar bir-birlariga ozuqa manbai (o’simliklar turli hayvonlarga ozuqa, yem-xashak, ba’zi hayvonlar yirtqich hayvonlarga ozuqa); 2. Bir tirik organizm tanasi boshqa organizmga (xo’jayin-parazit:sigir, ot, it, tanasi kana, bakteriyalarga, katta daraxtlar moxlar va boshqa epifit o’simliklarga 3). Bir organism ikkinchi organizmning ko’payishiga sabab bo’lishi; 4). Turli organizmlarning boshqa organizmlar yordamida tarqalishi; 5). Bir turning ikkinchi turga fizikaviy va kimyoviy ta’sir qilishi


Yüklə 112,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin