Mavzu: boshqaruv faoliyatida nizolar va



Yüklə 101,86 Kb.
səhifə1/15
tarix20.01.2023
ölçüsü101,86 Kb.
#79887
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
2 MAVZU Boshqaruv faoliyatida nizolar Muloqot madaniyati Karyera


  1. MAVZU: BOShQARUV FAOLIYaTIDA NIZOLAR VA ULARNI BARTARAF ETISh YO‘LLARI.

Reja:





  1. Boshqaruv faoliyatida nizolar.

  2. Nizolarni bartaraf etish yo‘llari.

  3. Shaxsning o‘z-o‘zini baholashi nizolarni bartaraf etishdagi ahamiyati.

Tayanch so‘z va iboralar:
Faoliyat, psixologiya, boshqaruv, boshqaruv psixologiyasi, nizo, nizolarni bartaraf etish, o‘z-o‘zini baholash, rahbarlik faoliyati, tadqiqotlar.



    1. Boshqaruv faoliyatida nizolar.

Nizo tabiati. Odatda, nizo deb, qarama-qarshi yo‘nalgan qarashlarga, noxush hissiy kechinmalar bilan bog‘liq guruhlararo yoki shaxslararo
munosabatlar orkali ifodalanuvchi to‘qnashuvlarga aytiladi.
Psixologik nuqtai nazardan qaraganda, odamlarga halokatli ta’sir etadigan xolat nizolarning o‘zi emas, balki ularning oqibatidir. Nizolar oqibatida inson ruhiyatida qo‘rqinch, vahima, adovat kabi salbiy xislar yuzaga keladi. Agar mazkur kechinmalar kuchli bo‘lsa va uzoq muddat davom etsa, odamda himoya reaksiyasi paydo bo‘lishi va mustahkamlanishi mumkin.
Nizo natijasidagi salbiy xolatlar shaxsning hissiyoti, hatti- harakatlari, tafakkur va hatto xarakterida ma’lum o‘zgarishlar sodir etadi. Bu o‘zgarishlar shaxsning xulq-atvorida namoyon bo‘lib, mazkur sub’ekt qatnashayotgan boshqa vaziyatlarga ham tarqaladi va o‘zaro munosabatlarning keng sohalarini egallay boshlaydi. Masalan, qo‘rquv va xavf muhitida tarbiyalangan odam keyinchalik xuddi shunday muhitning manbaiga aylanishi ehtimoldan holi emas. U hatto o‘z bolalarini ham shunday muhitda tarbiyalaydi yoki qo‘l ostidagi xodimlarni shu uslubda boshqaradi.
Aniqlanishicha, mehnat jamoalarida nizodan so‘nggi kayfiyatning buzilishi va tinchlanguncha o‘tadigan vaqt shu nizoga tayyorlanish davriga nisbatan uch baravar ko‘proq muddatni egallar ekan.
Jamoalarda nizo sabablarini tadqiq etish natijasida ziddityalarni yuzaga keltiruvchi qator omillar aniqlandi. Bular qatoriga mehnat resuslarining chegaralanganligi, ishlab chiqarishga oid masalalarning uzviy bog‘liqligi, xodimlarning tashkilot kelajagi haqidagi tasavvurlarining noaniqligi, tashkilot ichidagi kommunikatsiyalardan qoniqmaslik, kadrlarni tayyorlash darajasining pastligi va shu kabi sabablar kiradi.

Yüklə 101,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin