4- mavzu. Menejment psixologiyasi: rahbarlik va liderlik



Yüklə 121,31 Kb.
səhifə1/20
tarix07.01.2024
ölçüsü121,31 Kb.
#209873
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
4-mavzu


4- MAVZU. MENEJMENT PSIXOLOGIYASI: RAHBARLIK VA LIDERLIK
1.Psixologiyada boshqaruv muammosi.
2.Guruhlarda rahbarlik va liderlik.
3.Liderlik piramidasi.
4.Liderlik kapitali
PSIXOLOGIYADA BOSHQARUV MUAMMOSI
Oxirgi yillarda inson omiliga e`tiborning ortib borishi munosabati bilan boshqarish psixologiyasi masalalariga ham qiziqish kuchaydi. Shu asosda ijtimoiy psixologiyaning maxsus bo`limi – boshqaruv psixologiyasi paydo bo`ldi. Boshqaruv psixologiyasi psixologiyaning shunday tarmog`iki, u boshqaruv faoliyati bilan bog`liq bo`lgan muammolarni, shaxs va shaxslar guruhi tomonidan boshqa guruhlar faoliyatini samarali tashkil etish va birgalikdagi faoliyatni amalga oshirishning psixologik mexanizmlarini o`rganadi.
Boshqaruv psixologiyasi – boshqaruv maqsadi va vazifalarni amalga oshirish davomida boshqaruv sub`yekti va ob`yekti o`rtasida yuzaga keluvchi munosabatni talqin etadi. Mutaxassislarning fikricha, boshqaruv psixologiyasining boshqa turkum vazifalari boshqaruv usullarini shakllantirish bo`lib, ushbu tadbir tashkilotning samarali faoliyatini ta`minlash maqsadidagi ta`sir etish imkoniyatlarini ishlab chiqishdan iboratdir.
Adabiyotlar tahlilidan ko`rinadiki, boshqaruv sub`yekti va ob`yekti masalasi – boshqaruv psixologiyasi fanidagi asosiy tushunchalardan sifatida e`tirof etiladi. Soha mutaxassislari, boshqaruv jarayonini ijtimoiy-psixologik nuqtai nazardan tahlil qilishar ekanlar, boshqaruv sub`yekti sifatida rahbarni, ob`yekt tarzida esa, xodimni va mehnat jamoasini tasavvur etish mumkin, deb ta`kidlashadi. Yana ularning fikricha, rahbar o`z faoliyatini tashkil etishi va o`zini o`zi boshqarishi, uni nafaqat boshqaruv sub`yekti, balki ob`yekti sifatida ham tushunish zaruratini kun tartibiga qo`yadi. Shu bois, rahbarning kasbiy mukammallashuvi, o`zini o`zi boshqarish malakalarini egallashi, tashkilot va xodimlar boshqaruvidagi asosiy mavzulardan biriga aylanadi. Boshqaruvning sub`yekti o`rganilganda esa (3.1-jadval), odatda boshqaruvchi shaxs yoki odamlar guruhi nazarda tutiladi.


Yüklə 121,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin